M s h. Nurmatova, s h. T. Xasanova, D. E. Azimova ustaxonada amaliy


Download 5.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/108
Sana03.11.2023
Hajmi5.38 Mb.
#1742737
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   108
Bog'liq
29ustaxonadaamaliymashgulotpdf

va muhr tayyorlash tcxnikasi. Maktabgacha ta'lim muassasasida 
har bir o'tkaziladigan mashg'ulotlarda bolalarni mustaqil ishlashga, 
qo'l muskullarini rivojlantirishga o'rgatib borish zarur. Tarbiyachilar 
har bir o'tkaziladigan mashg'ulotiga ijodiy yondashgan va o'z 
mahoratini ishga solgan holda yangilik yarata olishlari lozim. Bolalar 
bog'chasining ilk yosh guruhidan boshlab to tayyorlov guruhigacha 
ish jarayonlari oddiydan murakkabga qarab boradi. Buning uchun 
o'tkaziladigan mashg'ulotlarda ayniqsa tasviriy faoliyat, rasm, 
applikatsiya, loy ishlarini yaratishda uctaxonada amaliy ish fanining 
ahamiyati kattadir.
Bolalar bog'chada trafaret, shablon asosida chiziladigan 
buyumlarni, shakllarni chizishga, qirqish, yelimlashga, yasashga 
o'rgatiladi.
Trafaret yasash uchun kerak bo'ladigan ish qurollari:
1. Rangli suratlar;
2. Kalka qog'ozi;
3. Qora qalam;
18


4. Qaychi, pichoqcha;
5. PV A yelimi;
6. Dermantin;
7. Karton qog'oz;
8. Kleyonkadan foydalanish mumkin;
Trafaret — qalin qog'oz, yupqa karton, tunuka, plastmassadan 
tayyorlanadigan yig'indisi turli murakkablikdagi naqshni yoki 
biror yozuv matnini tarkib toptiradigan tirqishlar qilingan plastin- 
kadir. Trafaretdan ko'p karra takrorlanuvchi rasmlar, harflar, 
yozuvlarni olishda foydalaniladi. Trafaretlar qurilishda, devor- 
larni bezashda, tayyor mahsulotlar turlarini markalashda keng 
qo'llaniladi. Maktab amaliyotida trafaretlar qalin rasm qog'o- 
zidan tavyorlanib unga rasm, naqsh, harflar aniq chiziqlar bilan 
tushiriladi. Har bir detal yonidagi qismlar bilan ko'proq birlashi- 
shi lozim. Rasm tushirilgan qog'ozga olif moy yoki moy laki 
singdiriladi. Lak yoki o lif moyi qurigach, qog'ozning ustini 
artib, rasmni o'yib olishga kirishiladi.
Trafaretni bir necha qavat keraksiz qog'oz solingan taxta ustiga 
qo'yib, qalamtaroshning uchi bilan olib tashlanishi lozim bo'lgan 
qismlari qirqiladi. Qalamtaroshni qiyalatib ushlash lozim. Mayda 
detallarni qirqishda chizmalarni tozalashda ishlatiladigan nayza- 
simon qirish perolaridan ham foydalanish qulaydir. Trafaretlar 
xilma-xil: bir rangli qismlarni va ko'p bo'yoqli tasvirlarni berishga 
mo'ljallangan bo'lishi mumkin. Ko'p bo'yoqli tasvirlarda rasm 
ranglar soniga ko'ra qismlarga ajratiladi. Har bir rangda alohida 
trafaret tayyorlanadi. Ko'p rangli rasmni bajarishda trafaretlar 
qo'llanilish tartibiga muvofiq raqamlanadi. Bundan tashqari ularda 
rasmning ma'lum qismlarini tekshirib turish maqsadida teshiklar 
qilinadi, bu teshiklar bo'yalmaydi.
Qo'shaloq trafaretlar uzluksiz rasmlarni olisli uchun xizmat 
qiladi, birinchi trafaretda rasmning bir qismi, ikkinchisida esa 
rasmning birinchisi bilan ulanishini ta’m inlovchi qismlari 
bajariladi.

Download 5.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling