unda rang va shakllami uyg'unlashtirish haqidagi tushunchalar
kengaytirib boriladi. Qog'oz va karton bilan ishlaganda andoza,
qaychi, yelimdan to'g'ri foydalanish,
malakalami mustahkamlash
kerak.
Qog'ozni qo'l bilan yirtish, turli shakllar yasashni o'rgatish
lozim. Zar qog'ozdan har xil munchoqlar,
stol teatri uchun
personajlar, o'rdakcha, xo‘roz, Cheburashka, qo'g'irchoqlarning
ko'ylagini gul va naqsh bezaklar bilan bezash, kompozitsiya
tuzish,
mebellar, qutichalar yasash o'rgatiladi.
Qog‘oz — bu biz har birimiz kunda to'qnashib turadigan,
eng kerakli va qiziqarli materiallardan biridir. Biz kunda kitob
va gazetalarni o'qiymiz, ko'chalarda
yorqin plakatlar, konsert-
larda, ko'rgazmalarda afishalarni uchratishimiz mumkin. Agar
diqqat bilan atrofga nazar tashlasak, qog'ozning
har xil
buyumlar yasash uchun ham ishlatilganini ko'ramiz.
Qog'oz bilan ishlash uchun qaychi bilan yelim kerak, xolos.
Qog'oz berilgan shaklni saqlab turish, o'yinchoqlar yasash
uchungina emas, boshqa kundalik hayotimizda kerak bo'ladigan
buyumlar yasash imkonini beradi. Biz bolaligimizda qog'ozni
kashf
etganmiz, uning hayratlanarli xususiyatlaridan zavq-
langanmiz. M ohir qo'llarda oddiy daftar varag'i gulga, likop-
chaga, suvda suzadigan qayiqchaga aylanadi.
Oxirgi paytlarda
qog'oz o'zining dekorativ xususiyatlari bilan mutaxassislarning
diqqatini jalb qilmoqda.
Uning rangi, turli xususiyatlari har xil dekorativ ishlarda
katta
ahamiyatga ega, ayniqsa, mozaikada. Pedagoglarning
hisoblashicha, qog'oz qanchalik xilma-xil va rang-barang bo'lsa,
shunchalik u bilan ishlash qiziqarliroqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: