M s h. Nurmatova, s h. T. Xasanova, D. E. Azimova ustaxonada amaliy


Download 5.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/108
Sana03.11.2023
Hajmi5.38 Mb.
#1742737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   108
Bog'liq
29ustaxonadaamaliymashgulotpdf

Kul rang karton — oq va sariq kartondan pishiqroq. qirqish 
qiyin. Piclioq karton massasidagi qumdan tez o'tmaslashadi. 
Kartonning bu navidan o'ta pishiqlikni talab qiluvchi narsalar 
tayyorlanadi.
Rangli karton — yupqa egiluvchan, sathi turli rangda jilo 
berilgan, ishlov berish juda oson va ko'rinishi chiroyli. Undan 
hajmi kichik narsalar, papkalar, muqovalar tayyorlash ma’qul. 
Uning ustidan boshqa narsa yopishtirishga hojat yo'q.
Q o g ‘ozni stan dartlash . Sanoatda standartlash katta 
ahamiyatga egadir. Standart deganda mahsulotning ma'lum 
sifatini, u yoki bu buyumning ma'lum o'lchamlari belgilanishini 
tushuniladi. Qog'oz sanoatida ham qog'ozning o'lcham i va 
navlari standartlashgandir. Yozuv qog'ozi sotuvga 250-500 
varaqdan qilib taxlangan holda chiqariladi, u katak yoki bir 
chiziq qilib chizilgan yoki umuman chizilmagan bo'ladi. Bir 
chiziq va katak qilib chizilgan qog'ozlardan ma’lum o'lchamga 
va ma'lum varaqqa ega bo'lgan daftarlar chiqariladi. Yozuv 
qog'ozi bir-biridan tarkibidagi qog'oz massasi. qalinligi, og'irligi 
va boshqa xususiyatlariga ko'ra farqlanib to'rt navda chiqariladi. 
Yozuv qog'ozining oliv navi 0, qolganlari muvofiq tarzda 1, 2, 3 
raqamlariga bo'Iinadi.
Q O G 'O Z VA KARTO NN IN G A SO SIY  
X U SU SIY A T L A R I
Quruq holdagi qog'oz nisbatan pishiq materialdir. Qog'oz 
naviga ko'ra suvda iviydi, yumshoqlashadi, pishiqligi yo'qoladi. 
Qog'oz yaxshi taxlanadi, agar bukilgan joy yaxshilab silliqlangan 
bo'lsa. qog'oz shu shaklni saqlab, oldingi holiga qiyinlik bilan 
qaytadi, bunda buklanishdan hosil bo'lgan chiziqlar saqlanib 
qoladi. Suv, klevster. suyuq velimga namlanganda u cho'ziladi, 
quritilganda kirishadi, qog'oz uzunasiga qaraganda ko'ndalangiga 
ko'proq cho'ziladi.
Qog'oz tayyorlashda ko'pgina miqdordagi tolalar uzunasiga 
joylashadi, shuning uchun ham qog'oz ko'proq kengayadi
ko'ndalang yo'nalishda o'raladi.
Qog'oz oson tortiladi, eniga nisbatan bo'yiga yaxshilab buk- 
langan joydan osonroq yirtiladi. Qog'oz yaxshi yonadi. Uni faqat 
yelim bilan emas, balki kleyster bilan ham yopishtirish mumkin. 
Qog'ozni qaychida osonlik bilan kesish mumkin.
13


Qog'oz silliqligiga maxsus ishlov berish — qog'oz massasini 
qaynoq silindrsimon vallarorqali o'tkazish yoki uni yelim va lakli 
bo'yoq bilan qoplash orqali erishiladi. Qog'ozning ayrim navlari 
siyoh bilan yozishga yaroqli, bo'yoq uchun yaroqsiz.
Qog'ozning bu xususiyatlariga unga maxsus kanifol jelatin, 
yelim, glinozem berish orqali erishiladi. Yozuv qog'oziga yelim 
singdirilgan bo'lib, siyoh yoyilib ketmavdi. Gazeta qog'ozi esa 
bosmaxona bo'yog'ining chuqur botmasligiga mo'ljallangan bo'lib, 
siyoh unda yoyilib ketadi. Qog'ozning maxsus ishlov berilgan 
navlaridan boshqalari havo va suvni o'tqazadi. Ushlanganda qattiq. 
egilmaydigan bo'lib. ko'ringan karton nam suv tekkanda shishadi, 
yumshab yoki bo'shashib, chidamsiz bo'lib qoladi. Karton naviga 
ko'ra egiluvchan va sinuvchan bo'ladi. Bir tomoniga qog'oz 
yopishtirilgan karton qog'oz yopishtirilgan tomonga qayishadi. 
Karton uzunasiga ham, ko'ndalangiga ham bir xil kcsiladi. Uni 
yirtish qiyin. Karton vonadi. Ammo qivinchilik bilan maxsus eritma 
singdirilgan kartonlar yonmaydi.

Download 5.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling