M s h. Nurmatova, s h. T. Xasanova, D. E. Azimova ustaxonada amaliy


USTAXONADA AMALIY MASHG‘ULOT FANINING


Download 5.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/108
Sana03.11.2023
Hajmi5.38 Mb.
#1742737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108
Bog'liq
29ustaxonadaamaliymashgulotpdf

USTAXONADA AMALIY MASHG‘ULOT FANINING 
MAQSAD VA VAZIFALARI
Ustaxonada amaliy mashg'ulot fanining asosiy maqsadi 
maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar ijodiga rahbarlik qilish 
uchun amaliy bilim va ko'nikmalar berishdan iboratdir.
Ushbu fanni o'qitishdagi asosiy vazifalardan biri O'zbekis- 
ton Respublikasining «Ta’lim to'g'risidagi Qonuni» va «M ak ­
tabgacha ta'lim konsepsiyasi» asosida mehnat tarbiyasini to'g'ri 
yo'lga qo'yish, talabalarni maktabgacha ta'lim ni o'rgatishda- 
gi bolalar mehnat faoliyatiga rahbarlik qilish uchun tayyor- 
lashdan iboratdir.
Bular asosan quyidagilardan iborat:
— o'quvchilarni tanlagan kasblariga qiziqishlarini uyg'otish, 
olgan bilimlarini rivojlantirish, mehnat orqali hosil bo'lgan ko'nik- 
ma va malakalarini shakllantirish;
— o'quvchilarda mehnatga nisbatan muhabbatni tarbiyalash 
va kasbga yo'naltirish;
— tanlangan kasbga nisbatan qiziqishlarini tarbiyalab, ijodiv 
ko'rgazmalar, o'yinlar uchun atributlar yasashga xohishlarini 
uyg'otish;
— qog'oz, karton kabi materiallaming xususiyatlari bilan tanish- 
tirish;
— mehnat qilish madaniyati malaka va ko'nikmalarini tar­
biyalash;
— buyumlarni tayyorlash jarayonini rejalashtirish, tayyorlash 
texnologiyasini o'rgatish, mahsulotni tejash, buyumlar qorala- 
masining eskizini va suratini chizishga o'rgatish, chizmalami o'qish 
va ish joylarini tartibli saqlash;
— o'quvchilarni buyumlar yasash jarayonida oddiy asbob- 
lardan foydalanishga o'rgatish hamda badiiy didlarini shakl- 
lantirishga, vaqtni tejay olishga, maqsadga muvofiq ishlashga 
odatlantirishdir.
5


Q O G 'O Z VA KARTO NNI QAYTA 
IS H L A S H T E X N IK A S I
Qog‘ozning paydo boiish tarixi. Qog'oz sanoati haqida qisqacha 
ma'lumot berib o‘tamiz. Odamlar asrlar davomida o‘z xotiralarini 
suyakka, toshga, hayvon terisiga bitib kelishgan. Fikrlarning ilk 
shakli muayyan shartli belgilar bilan ifodalangandir. Dastlabki 
kitoblar — qovalar bo’lib, ibtidoiy odamlar unga ovchilik qurol- 
yarog'lari, o'rmon va sahroda yashovchi hayvonlarning rasmlarini 
o'yib ishlaganlar. Yozuvning ilk sistemasi piktografiya deyiladi. 
«Piktos» grekcha so'z bo’lib, rasm demakdir. Biroq ayni bir 
rasmning o'zi turli hodisalarni bavon qilishi mumkin. Keyinchalik 
odamlar yozuvni amalda qo’llashga harakat qilganlar. Masalan, 
Dajla va Frot vodiylarida loy ko'p bo’lib, odamlar ilk sahifani loy 
plastinkadan tayyorlab, uning yumshoq sathiga uchi o’tkirlangan 
qamish bilan uzaytirilgan uchburchak shaklidagi belgilarni 
o'yishgan. Yozuvning bu usuli mixxat deb atalgan. Belgilar bilan 
to'lgan taxtachalar xumdonlarda pishirilib yassi g'isht sahifalar 
paydo bo'lgan, ulardan sopol kitoblar tuzilgan, albatta, ularning 
sahifalari birlashtirilmagan, yashiklarga joylashtirilgan. Ossuriya 
podshohi Ashurbanipal, eramizdan oldingi V II asrda o'z poytaxtida 
sopol kitoblarning katta kutubxonasini tashkil etgan bo'lib, u 
kitob namunalari bizgacha yetib kelgan.
Qadim Hindistonda yozuvlar palma daraxti barglariga bitilgan. 
Palma yaproqlari quritilib, ulardan eskiz plastinkalar qirqib olingan, 
keyin tush bilan yozilgan, bu plastinkalar bir-biriga mustahkam 
yopishtirilib, jildi yaxshi silliqlangan taxtachalar holiga keltirilgan 
va ustiga bezak berilgan.
Qadimiy greklar mum kitoblami ixtiro qilishgan, bu yaxshi 
tekislangan taxtacha o'rtasidan kvadrat o'yilgan bo'lib, u sariq 
yoki qora mum bilan to'ldirilgan. Yozuvda esa po'lat cho'pdan 
foydalanilgan. Bir uchi bilan o'tkir po'lat cho'pda yozishgan bo'lsa, 
ikkinchi dumaloq uchi bilan yozilgan narsani o'chirishgan. Bir- 
biri bilan biriktirilgan taxtachalardan kitoblar yasalgan, kitob, jadval 
yoki sahifalarning qulayligi shundaki, ulardan uzoq muddat unumli 
foydalanish, yozuvni o'chirish va qayta yozish oson bo'lgan. 
Misrliklar yozish materiallarini Nildan olganlar. Nil vodiysi botqoq- 
liklarida qamishga o'xshash o'simliklar mo'l bo'lib, qadimgi Rim 
xalqi ularni papirus deb ataganlar. Silliq, poyasi bargsiz bu 
o'simlikning bo'yi 4 metrga yetgan. Yozuv quroli uchun poya
6


barglardan tozalanib, uning o'rtasidagi yumshoq g'ovak o'zak 
olinadi. Undan uzun yupqa kesma qog'ozlar qirqilib lik holda 
taxlanadi, so'ngra ho'! barg yopishtirilib, taxtakachlanadi, 
qurigach sirti pemza bilan sayqallanadi. Papirus sinuvchan bo'lib, 
uni tiklash mumkin emasdi, shuning uchun misrliklar ularni bir- 
biriga yelimlab o'raganlar. Bulardan qilingan kitob hozirgi kunda 
Britaniya muzeyi kutubxonasida saqlanadi. Bir necha mingyillar 
davomida papirus yagona yozuv materiali bo'lib kelgan, undan 
asosan misrliklar, greklar. rimliklar foydalanib kelganlar. Papirus 
o'ramlari silindrsimon qutilarga solinib, kutubxonalar tokchalarida 
saqlangan.
Pergament kitob taxminan eramizning I I I asrida Kichik 
Osiyodagi qadimiy shahar Pergameda paydo bo'lgan. U hayvonlar 
terisidan tayyorlangan, bu anchagina murakkab va ko'p mehnat 
bilan bajarilgan. Teri maxsus eritmada namlangan, cho'zilgan, 
quritilgan, keyin qirilgan, sayqal berilgan va tekislangan. Bir kitob 
uchun butun bir poda mol so'yilgan. Teri kitob papirusga nisbatan 
bir necha afzalliklarga ega bo'lib, uning ikkala tomonida bemalol 
yozish mumkin, bundan tashqari oldingi yozilgan tekstni o'chirib, 
yangisini yozish mumkin bo'lgan. Pergamentdan hozirgi kunda 
ham ayrim kitoblar tayyorlanadi. Bir necha daftardan iborat kitobni 
rimliklar kodeks deb atashgan. Tayyorlash jarayonining murak- 
kabligi, materalining qimmatligi uchun pergament unchalik keng 
tarqalmagan.
Eramizdan V asr muqaddam Uzoq Sharq mamlakatlarida 
shoyiga yozish rasm bo'lgan. Bu ham qimmatbaho material bo'lib, 
madaniyat rivojlanib borgan savin yozish arzon materialga talab 
orta borgan. O lim lar qog'ozni birinchi marta ipak namati 
tayyorlanayotgan vaqtda paydo bo'lgan, deb taxmin qiladilar. 
Bambukdan qog'oz tayyorlagan ustaning nomi bizga noma'lum. 
Bambuk tozalanib, maydalab qirqilib bir necha kun ohakka 
bo'ktirib pishirilgan, keyin sovitilib, uni maydalab yopishqoq 
bo'tqasimon bo'lguncha suv qo'shib aralashtirilgan. Bu bo'tqa 
maxsus hovuzga botirilib, tezda qaytib olingan, bunda to'rsimon 
qilib tortilgan iplar ustida yupqa qatlam hosil bo'ladi. So'ngra 
ular taxtakach ostiga qo'yilib suvi siqib chiqarilgandan keyin qolgan 
yupqa qog'oz varag'i issiq pechda quritilgan. Qog'ozni to'rda 
cho'kindi qoldirish usulida tayyorlash hozirgi kundagi qog'oz 
tayyorlash jarayonida ham ishlatiladi. Anchagina pishiq, arzon 
xomashyodan tayyorlanadigan qog'oz barcha mamlakatlarda keng
7


qo'llana boshlandi. Biroq qog‘ozni tayyorlashning bu jarayoni 
juda unumsiz edi, qog‘ozga bo'lgan talab esa tobora orta borardi. 
Keyinchalik xomashyoni maydalashda o'g'ir o'rniga tegirmon 
toshidan foydalanila boshlandi, shuning uchun ham qog'ozni 
tayyorlaydigan korxonalar qog'oz tegirm onlari deb atala 
boshlandi.
X IX asrda saksoniyalik to'quvehi Keller birinchi bo'lib qog'oz 
tayyorlashda eng arzon xomashyo — yog'ochni maydalash usulini 
topdi. Yog'ochni maydalashda u doimo ho'llab turiladigan charxdan 
foydalandi. 1844 yilda u yog'och massasini maydalaydigan mashina
— defibrerni qurdi. Yog'ochdan qilingan qog'ozning lattadan 
qilingan qog'ozga nisbatan pishiqligi kamroq bo'lib, yorug'lik 
ta’sirida xiralashardi. Yog'ochdan sellyulozani ajratib olishga faqat 
1857 yilda ingliz kimyogari F. Xautan muvaffaq bo'ldi. U yog'och 
massasiga qaynoq kaustik soda eritmasi bilan ishlov berdi. Qog'oz 
massasi yog'och, sellyuloza va to'ldirgichlar (bo'r, bo'yoq mod- 
dalari, yelim)dan iboratdir. Sellyuloza qanchalik ko'p bo'lsa, qo­
g'ozning sifati shunchalik yuqori bo'ladi.

Download 5.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling