M s h. Nurmatova, s h. T. Xasanova, D. E. Azimova ustaxonada amaliy


Qog‘oz va kartonning sanoal va turmushda qo'llanilishi


Download 5.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/108
Sana03.11.2023
Hajmi5.38 Mb.
#1742737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108
Bog'liq
29ustaxonadaamaliymashgulotpdf

Qog‘oz va kartonning sanoal va turmushda qo'llanilishi. 
Qog'ozga kitob va gazetalar bosiladi, undan yozishda foydalaniladi. 
Hozirgi kunda qog'ozning xilma-xil navlari ishlab chiqilib, undan 
faqat turmushda emas, balki sanoatda ham foydalanilmoqda. Ishlab 
chiqilayotgan qog'ozning yarmidan ko'prog'i gazeta, jurnallarga 
ishlatiladi va yozishda foydalaniladi. Qog'ozlar turli tovarlarni 
(oziq-ovqat mahsulotlari, yashiklar, upakovka qoplari) o'rash uchun 
ham sarflanmoqda.
Texnikada qog'ozning maxsus navi va kartondan keng foyda­
laniladi. Telegraf lentasi, fotosurat qog'ozi, elektr o'tkazmaydigan 
qog'oz shular jumlasidandir. Qog'oz massasi va asbest aralash- 
masidan asbestli o'tga chidamli karton, gips bilan aralashmasidan 
esa quruq shkaturka listlari tayyorlanadi. Oddiy qog'oz suvda 
namlanadi va oson yirtiladi, undan fibra tayyorlanadi, u juda 
pishiq va yengil material bo'lib, g'iloflar, chamadonlar va shu 
kabilarni vasashda foydalaniladi. Qog'oz massasidan turli o'yin­
choqlar, xonalar bezaklari, maxsus modda singdirilgan, nam 
o'tkazmaydigan qog'ozdan sut mahsulotlari uchun idish, muz- 
qaymoq stakanlarini tayyorlashda foydalaniladi. Haryili qog'ozning 
yangi navlari yaratilmoqda. Maxsus elektrokimyoviy qog'ozning 
kashf etilishi tufayli oyning orqa tomonini suratga tushirishga 
muvaffaq bo'ladi.
Qog‘oz va kartonning tasnifi. Qog'oz va kartondan faqat 
poligrafiya sanoatidagina emas. balki xalq xo'jaligining hamma 
tarmoqlarida keng foydalaniladi. Sellyuloza qog'oz sanoati qog'oz 
va kartonning ikki yuzga yaqin turini ishlab chiqaradi. Yuqorida 
aytib o'tilganidek texnikada qog'ozning telegraf va magnitlangan 
magnitofon lentalari, foto sezgir qog'ozlar, elektr o'tkazmaydigan 
qog'ozlar, nam o'tkazmaydigan fibra va shu kabi xilma-xil turlari- 
dan foydalaniladi. Qog'ozdan qurilishda ham keng foydalaniladi. 
Masalan, qog'ozdan g'isht, to'siqlar uchun plitalar tayyorlanadi. 
Qog'ozga kitoblar, gazetalar bosilishini, unga ruchka, qalam bilan 
yozilishini barcha yaxshi biladi. Shuning uchun mehnat ta’limi 
o'qituvchisi bolalarning e'tiborini ko'proq qog'ozning turmushda 
tez-tez uchratadigan yoki qo'l mehnati darslarida foydalanadigan 
turlariga jalb qilishi lozim.
11


Gazeta qog‘ozi — eng arzon va ko'p tarqalgan qog'oz turidir. 
Sifatiga ko‘ra, unchalik pishiq emas, namlikni va yelimni yaxshi 
singdiradi.
Yozuv qog‘ozi — sathi silliq, yelim singdirilgan, namlikni kamroq 
singdiradi. Narsalarni konstruksiyalash, muqovalash, kartondan 
yasalgan narsalarni yelimlashda juda qulay.

Download 5.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling