M s h. Nurmatova, s h. T. Xasanova, D. E. Azimova ustaxonada amaliy


Qog‘oz ishlab chiqarish xomashyosi


Download 5.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/108
Sana03.11.2023
Hajmi5.38 Mb.
#1742737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108
Bog'liq
29ustaxonadaamaliymashgulotpdf

Qog‘oz ishlab chiqarish xomashyosi. Qog'oz ishlab chiqarishda 
yog'och. poxol (somon). ip, gazlama, eski ishlatilgan qog'oz (ma- 
kulatura) xomashyo hisoblanadi. Ip. gazlamadan asosan qog'ozning 
qimmatbaho va maxsus navlarini ishlab chiqarishda foydalaniladi. 
Poxoldan karton, o'ram qog'ozlari tayyorlanadi. Makulatura turli 
navdagi qog'ozlarni tayyorlashda yaxshi xomashyo hisoblanadi. 
Poxol va yog'ochdan qog'oz ishlab chiqarishning asosiy xomashyosi 
hisoblangan sellyuloza tayyorlanadi.
Qog‘oz tayyorlashning texnologik jarayoni. Qog'oz ishlab 
chiqarish murakkab texnologik jarayon bo'lib, unda turli xomashyo 
va kimyoviv moddalar ishlatiladi. Sellyuloza-qog'oz kombinati 
turli korxonalar kompleksi bo'lib, u yog'och ombori, qog'oz fab- 
rikasi, qatron(smola) va yog'och zavodini o'z ichiga oladi. Qog'oz- 
smola kombinatlari daryo va ko'llar qirg'oqlariga quriladi. Chunki 
qog'oz ishlab chiqarishda suv ko'p talab qilinadi, bundan tashqari 
yog'ochni oqizish uchun ham qulaydir. Kombinatga keltirilgan 
yog'och g'o'lalar uzunligi 1 metr 20 sm yoki 1 metru 25 sm qilib 
qirqiladi, ular balans deb ataluvchi po'stloq shiluvchi apparatlarga 
o'tadi. Ular changli suvda aylanib turadi. Baraban aylanar ekan, 
balanslarni qobirg'aga va bir-biriga ishqalanishga majbur qiladi. 
Shu yo'sinda ular po'stdan ajraladi va po'stlar qobirg'alar 
oralig'idan o'tib ketadi.
8


massani maydalasli
qo'shimcha quritish
Qog‘oz tayyorlashning texnologik jaravoni.
9


Tarkibida kletchatka foizi ko'p bo'lgan qoraqarag'ay sellyuloza 
tayyorlashda eng qulay xomashyo hisoblanadi. Balanslar maydalash 
mashinalarida payraxalarga aj rati lad i, ular maxsus mashinalarda 
saralanib, qaynatish qozoni tepasidagi bunkerga uzatiladi, bu yerga 
pishiriladigan kislota va bug' kelib turadi. Kislota odatda oltingugurt 
kolcbedanidan tayyorlanadi. Payraxa qozonda 7—10 soat davomida 
135—150 °C haroratda qaynatiladi. Shundan so'ng massa tagi to'r- 
simon hovuzga chiqariladi, u yerda suv oqimi bilan turli aralashma 
quyqalardan tozalanadi. Shundan so'ng maxsus mashinalarda yirik 
zarralari ajratib olinib, quyultiriladi va hovuzlarda saqlanadi. 
Sellyulozani jo'natish qulay bo'lishi uchun u taxtakachlanadi, 
quritiladi va qat-qat qilib qirqilib, taxlanadi.
Balanslarning ikkinchi qismi vog'och zavodida maydalovchi 
mashinalar — defibralarda aylanuvchi dumaloq toshlar yordamida 
maydalanadi. Shundan so'ng tarkibida tola bo'lgan bo'tqasimon 
massa payraxa tutqichdan o'tib, maydalanmagan qismlar o'sha 
yerda qoladi. Markazidan qochirma navlarga ajratishda massadan 
yirik, maydalanmagan zarralar ajratib olinadi va yog'och massasi 
maxsus saqlanadigan hovuzga o'tadi, qog'ozning navi tarkibidagi 
sellyuloza va yog'och massasiga bog'liq bo'ladi.
Qog'oz massasini yanada ingichkaroq tolalarga ajratish uchun 
maxsus apparatdan takror o'tkaziladi. Maydalash ba'zida bir sut- 
kadan ortiq davom ctadi, tola qanchalik ingichka bo'lsa, ular bir- 
biriga shunchalik yaxshi birikadi, demak, qog'ozning navi ham, 
sifati ham yuqori bo'ladi. Massaga turli kimyoviy moddalar bilan 
ishlov beriladi, rang uchun kaolin (oq ioy), turli bo'yovchi mod­
dalar, pishiqroq bo'lishi uchun kanifol yelimi qo'shiladi. Har bir 
qog'oz navi o'z tayyorlanish retseptiga egadir. Tayyor qog'oz 
massasi quvurlar orqali aralashtiriladigan hovuzga o'tadi, yo'l- 
yo'lakay unga yana kerakli zarur ishlov beriladi: massa yanada 
maydalanadi va kerakli moddalar qo'shiladi hamda u qog'oz 
qiluvchi mashinaga o'tkaziladi. Bunday mashina eni 6—8 m, uzunligi 
100—120 m bo'lgan kattagina konveyerdir, bunday mashinalar 
sutkasiga 400 t qog'oz chiqaradi. Juda mayda teshikli metall to'r 
valiklar har daqiqada 500 m tezlikda harakat qiladi. Qog'oz massa 
metall to'rga uzluksiz tushib, u bilan birga harakatda bo'ladi. 
T o 'r ustida apparatlarning butun bir sistemasi bo'lib, ular siqilgan 
havo oqimi yordamida qog'oz massasidagi suvni so'rib oladi. Nam 
qog'oz massasi sukno ustiga o'tadi. Sukno qog'ozni ikki valik 
orasiga olib kiradi. B ir qator jarayonlardan so'ng qog'oz kesmasi
10


qurituvchi qaynoq silindrlarga yopishib o'tadi. Qog'ozni silliqlash 
uchun u sovuq mis silindrlar va cho'yan vallar orqali o'tkazilib 
polga tushiriladi, mashinaning bu qismi glezer deyiladi. So'nggi 
bosqich qog'ozni rulonlarga o'rash va iste’molchilarga jo'natishdir.

Download 5.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling