M s h. Nurmatova, s h. T. Xasanova, D. E. Azimova ustaxonada amaliy
Trafaret, shtampni tayyorlash usuli
Download 5.38 Mb. Pdf ko'rish
|
29ustaxonadaamaliymashgulotpdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Trafaretda turli rangni bosish.
Trafaret, shtampni tayyorlash usuli. Bosib tasvir tushirishning
eng oddiy usuli kartoshka shtampi bilan bosishdir. Bu usulda 21 murakkab bo'lmagan naqsh kompozitsiyalarining yozuvlarini tushirish mumkin. Shtamp tayyorlash uchun yirikroq kartoshka tanlanadi. Kartoshkani ikkiga boiib, qalam bilan oddiy tarhli rasm tushiriladi va uchli pichoq yordamida kartoshka rasm tarhi bo‘yicha 0,5 sm chuqurlikda o'yiladi. So'ngra kartoshkaning yon tomonlari o'yilgan konturgacha ohista qirqiladi va keraksiz qism olib tashlanadi, natijada bo'rtib chiqqan joyga bo'yoq surib, muayyan narsa qog'ozga tushiriladi. Trafaret tayyorlash uchun kerakli shakl namunadan nusxa qog'oz yordamida qalin qog'ozga tushiriladi yoki qo‘1 bilan chiziladi. Tushirilgan shaklning detallar uchi kichik qaychi yoki qalamtarosh bilan qirqib olinadi. Trafaret tayyor bo'lganda ikkala tasvirni saqlash lozim, chunki undan keyinchalik to'g'ri va teskari iz olish mumkin. Grafit kukuni yordamida trafaretdan shaklni qog'ozga tushirish uchun 3-4 dan 6 mm gacha bo'lgan yumshoq qalam qalin qog'ozning ma'lum qismiga quyuq qilib suriladi. Shundan so'ng qalam surilgan joy paxta bilan artiladi, natijada grafit kukun paxtaga o'tadi. Bu paxta toza qog'ozga qo'yilgan trafaret ustidan ohista yurgiziladi. Natijada qog'ozda trafaretdagi shaklning izi qoladi. Bu to'g'ri tasvirdir. Buning teskarisi ham bo'lishi mumkin. Buning uchun trafaretni tayyorlash vaqtida qirqib olingan qismlar qog'ozning ustiga qo'yilib, chap qo‘1 bilan bosib turiladi, o'ng qo'l bilan esa grafit kukunli tampon o'rtasidan chetiga qarab suriladi. Natijada atrofi qora bo'lgan oq tasvirga ega bo'linadi. Trafaretda turli rangni bosish. Bu holda ranglarning qancha bo'lishi nazarda tutilgan bo'lsa, shuncha miqdorda bir hil varaqlar olinadi. Hamma qog'oz orasiga nusxa — qog'oz qo'yib chiqiladi. Eng ustidagisiga asl rasmni qo'yib qora qalam bilan chiziladi. Natijada ayni bir rasmning bir xildagi nusxalariga ega bo'linadi. Har bir qog'ozga qaysi rang berilishini yozib, rasmning shu rang beriladigan qismi qirqib olinadi. So'ngra trafaretni navbati bilan qog'ozning ustiga qo'yib unga tegishli bo'yoq beriladi. Trafaretni qo'yishdan oldin berilgan bo'yoqning quriganligiga ishonch hosil qilinishi kerak. Maktabgacha ta'lim muassasalarining katta va tayyorlov guruhlarida ko'ngilochar soatlarini mazmunli o'tkazish uchun shablon yordamida ertak qahramonlari tayyorlanadi. Quyidagi rasmlarda ertak qahramonlarining shablon namunalari berilgan: 22 24 25 26 28 29 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling