M s h. Nurmatova, s h. T. Xasanova, D. E. Azimova ustaxonada amaliy


Q O G ‘OZ VA KARTO NGA IS H L O V


Download 5.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/108
Sana03.11.2023
Hajmi5.38 Mb.
#1742737
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   108
Bog'liq
29ustaxonadaamaliymashgulotpdf

Q O G ‘OZ VA KARTO NGA IS H L O V  
B E R IS H U S U L L A R I
Qog'oz va kartonga ishlov berish usullari unchalik murakkab 
emas, talabalar ularni osonlik bilan o'zlashtirib oladilar. Qog'oz 
va kartonga ishlov berish yuzasidan egallangan malakalar keyinchalik 
barcha mehnat turlari bo'yicha hunarmandchilik ta'limida keng 
qo'llaniladi.
Qog‘ozni buklash usullari. Qog'oz varag'ini teng ikkiga buklash 
uchun qog'oz stol yoki parta ustiga qo'yiladi va o'ng hamda chap 
qo'l bilan qog'ozni o'ziga yaqin turgan tomonining ikki uchidan 
ushlab, uni pastki uchlari bilan tenglashtiriladi. Bunda qog'ozning 
shkalalar qirrasi bir-biriga to'g'ri tushishi kerak. Ana shundagina 
qog'oz qo'l bilan tekislanib, uning bukilgan chizig'i ustidan tirnoq 
bosib yurgiziladi.
Q og‘ozning bukilgan joyidan yirtish. Qog'ozni yirtishdan 
oldin, aw al ehtiyotlik bilan ochiladi, uning bir tomoni o'ng 
qo'l bilan bosilib, chap qo'l bilan bukilgan chiziqdan sekin 
yirtiladi. Bukilgan chiziq ustiga chizg'ichni qo'yib ham qog'ozni 
yirtish mumkin.
Qog‘ozning bukilgan joyini pichoqda qirqish. Qog'ozni buklab, 
tirnoq bilan bosib, iz tushiriladi. Shundan so'ng uning buklangan
14


chizig'ini o'ng tomonga qilib stol ustiga qo'yiladi. Uning orasiga 
pichoq tiqib yurgiziladi.
Qog‘ozni chiziq bo‘yicha pichoq bilan qirqish. Qog'ozni pichoq 
bilan qirqish uchun taglik taxta bo'lishi kerak. Belgilangan chiziq 
ustiga cheti chiqqan metall chizg'ich, falslineyka qo'yilib chap 
qo'l bilan qattiq bosiladi. Pichoq o'ng qo'lda bo'lib, ko'rsatkich 
barmoq pichoqning o'tmas tomoni ustida, katta va o'rta barmoq 
esa pichoq yuzini ushlab turadi. Pichoqni o'zi tomonga egib, 
pichoq bilan taglik taxta o'rtasida 35-45 radiusli burchak hosil 
bo'lishi lozim, uning damini chizg'ichga tegizib, faqat birtomonga, 
pastga qarab yurgiziladi. Pichoqning uchi o'tkir bo'lishi kerak, 
bo'lmasa u qog'ozni yirtib yuboradi. Kesayotganda pichoqni qattiq 
bosmaslik kerak, aks holda u chetga chiqib ketishi mumkin. 
Qog'ozni bu usulda qirqishda uning o'ng tomonini pastga qilib 
qo'yiladi. Qog'ozni taxta ustida takror-takror qirqish oqibatida 
turli chiziqlar qolmasligi uchun uning ustiga karton yoki bir necha 
qavat qog'oz solinadi. Karton ham xuddi shu usulda kesiladi, 
biroq u qalin bo'lganligi va pichoqni bir marta o'tkazganda qirqib 
bo'lmasligi tufayli pichoqni ayni bir chiziqning o'zidan, faqat 
yuqoridan pastga tomon takror-takror yurgiziladi. Kartondan doira 
qirqib olishda kruglorezdan foydalaniladi. Kruglorezda radiusni 
belgilab, uning bir uchidagi teshikka bigiz o'rnatiladi. Bu bigiz 
kartonni teshib taxtaga o'tkaziladi. Kruglorezning ikkinchi uchiga 
pichoqning uchi o'rnatiladi va shu orqali kartondan doira qirqiladi. 
Kartonni bukish uchun unga chiziq bo'yicha pichoq yoki o'tmas 
predmet bilan o'yiq chiziq hosil qilinadi. Ana shundan so'ng 
kartonni o'yiqning qarama-qarshi tomoniga qo'l bilan buklanadi.

Download 5.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling