M. S. Maxmudova Logopediya (Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar)


Tovushlar talaffuzini korreksiilash


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/70
Sana21.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1217689
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   70
Bog'liq
logopediya

Tovushlar talaffuzini korreksiilash 
Tovushlar talaffuzini to’g’irlashda individual yondashish tamoyilidan 
foydalaniladi. Tovushlarni to’g’rilash va nutqqa qo’yish individual tanlanadi. Bir 
nechta tovushlar ustida ishlash ishda izchillikni talab etadi. Tuzatish ishida 
birinchi navbatda artikulyatsion jihatdan oson talaffuz etiladigan tovushlar yoki 
tuzatish oson bo’lgan tovushlar tanlab olinadi. Bu tovushlar; a, p, u, m, k, n, x, 
B
,
o, t, s, l. Ushbu tovushlar ustida ishlash jarayonida ularni talaffuz normasigacha 
keltirish mumkin. Yuqorida ko’rsatilgan tovushlar ustida ishlash bilan bir vaqtda 
fonematik eshituvni rivojlantirish va tovushlar analizi malakalarini shakllantirish 
ustida ham ish olib boriladi. 
Artikulyatsion buzilishlarning og’ir hollarida tovushlarni nutqga qo’yish 
maxsus yordamni talab etadi. Bunda logoped ko’rish, taktil-vibratsion sezishdan 
foydalangan holda u yoki bu tovushning talaffuzi uchun zarur bo’lgan harakatni 
bajarishni bolaga tushuntiradi va yordam beradi. Masalan, anartriyada logoped 
«u» tovushi artikulyatsiyasini hosil kilish uchun bola lablariga qo’lini 
yaqinlashtiradi. 


147 
Tovushlarni nuqtaga qo’yish ustida ishlaganda logoped aniq bo’lmasa ham 
tovushni to’g’ri talaffuz darajasiga yaqinlashtirishi lozim. Dastlabki vaqtlarda 
normal talaffuzga erishish qiyin. Bu vaqtda bolaning o’xshash tovushlarni 
o’zlashtirishi, ularni farqlashi juda muhimdir. Tovushlarni normal talaffuziga 
yaqinlashtirish darajasi artikulyatsion apparatning jarohatlanish darajasi bilan 
aniqlanadi. Har bir yangi tovush ustida ishlashda, uning artikulyatsion 
xususiyatlarini o’rganish zarurdir, ya’ni artikulyatsiyaning asosiy xarakterli 
belgilari, uning boshqa tovushlardan farqli tomoni, artikulyatsiyani boshqalari 
bilan solishtirish. 
Muntazam mashqlar olib borilishi tovushni kerakli artikulyatsion tartibga 
yaqinlashtiradi va to’liq tovush talaffuziga o’tiladi. Logoped sekin-asta 
o’rganilayotgan tovushni aniq va turli talaffuz etishni talab etib boradi. 
Artikulyatsion motorika va tovushlarni nutqga qo’yish ustida ishlashdan 
tashqari, fonematik eshituvni rivojlantirish uchun ham muntazam ravishda ish 
olib boriladi. Bunda bolalar unli tovushlar qatoridan kerakli unli tovushlarni, 
undosh tovushlar qatoridan undosh tovushlarni ajratishga va analiz qilishga 
o’rganadilar. Bolalar o’rganadigan tovushlarni turli bo’g’inlar birikmalarida 
qaytarishga, bo’g’in va so’z hosil qilgan tovushlarni aytish, ularning ketma-
ketligini aniqlashga o’rganib boriladi. 
Talaffuz mashg’ulotlarida artikulyatsion apparat a’zolarini rivojlantirishga 
qaratilgan ishlar frontal tarzda olib boriladi. Foydalaniladigan mashqlar 
bolalarning individual rivojlanishlari nutqiy holatlarini hisobga olgan holda tanlab 
olinadi. Bundan tashqari mashg’ulotlarda nafas mashqlari ham olib boriladi. 
Mashg’ulotlarning asosiy qismi o’rganilgan tovushni alohida va bo’g’inlar 
birikmasida talaffuz etishga, mustahkamlashga ajratiladi. Logoped o’tilganlarni 
bola qanday o’zlashtirganligini doimo tekshirib bormog’i lozim. Buning uchun 
boladan u yoki bu tovush uchun xarakterli bo’lgan artikulyatsiya a’zolari holatini 
aytib berish yoki ko’rsatib berish taklif etiladi, so’ng tovushni alohida va so’zlarda 
talaffuz etish so’raladi. Tovushlar ustida olib borilayotgan mashqlar ko’ruv va 
taktil idrok etish ostida nazorat qilib boriladi. 


148 
Bu davrda yana artikulyatsion belgilar bo’yicha bir-biriga qarama-qarshi 
qo’yilgan tovushlar differensiyasi ustida mashqlar o’tkaziladi: 
1) og’iz va burun tovushlar differensiatsiyasi (p-m); 
2) burunli tovushlar guruhi o’rtasida tovushlar differensiatsiyasi (m va 
n); 
3) dortlovchi tovushlar guruhida tovushlar differensiatsiyasi (k-x); 
4) unli tovushlar differensiatsiyasi (a, u, o, u); 
5) portlovchi va qorishiq tovushlar differensiatsiyasi (t-s). 
Bu mashqlar jarayonida boshqa tovushlarni o’zlashtirish uchun asos 
yaratiladi. 
Endigi davrda artikulyatsion jihatdan talaffuz qilish qiyin bo’lgan tovushlar 
ustida ish olib boriladi. Bu jarangli shovqinli undoshlar, qorishiq va «r» 
tovushidir. Bu davrda ishning muvaffaqiyatli olib borilishida fonematik 
eshituvning yetarli rivojlantirilganligi, tovushlar analiz malakasining birmuncha 
shakllanganligi asosiy rol o’ynaydi. Bolalar bu davrga kelib tovushlarni yaxshi 
ajrata oladilar. Bolalar nutq faolligi, tovushlar analiz malakasi sezilarli darajada 
oshadi. 
«R», «SH», «J» tovushlarni bolalar aniq, yaxshi talaffuz qilishda qiynaladilar. 
Lekin ularni farqlashda qiyinchiliklar kam kuzatiladi. Bu davrda ham tovushlar 
differensiatsiyasi ustida ishlashga maxsus vaqt ajratiladi. Bu vaqtda s-z, sh-j 
tovushlar differensiatsiyasi ustida ish olib boriladi. Bunda bolalar tovushlarni bir-
biridan xatosiz ajratishga o’rganganliklariga logoped ishonch hosil qilgach, 
tovushlarni burun va so’zdagi o’rinlarini aniqlashga qaratilgan mashqlarga o’tadi. 
Tovushlarni to’g’ri talaffuzi, fonematik eshituvni rivojlantirish, tovushlar analiz 
malakasini shakllantirish ustida olib borilgan muvaffaqiyatli ishlar, dizartrik 
bolalarning yozuvni o’zlashtirishlari uchun asos bo’ladi.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling