M. S. Nishonov Namdu "Pedagogika nazariyasi va tarixi" kafedrasi dotsenti, p f. n


O’z o’zini boshqarish va ijtimoiy himoya tizimida ijtimoiy ish praktikum


Download 59.42 Kb.
bet10/17
Sana17.01.2023
Hajmi59.42 Kb.
#1097873
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
5520100-Ijtimoiy ish (Oila va bolalar bilan ishlash)

O’z o’zini boshqarish va ijtimoiy himoya tizimida ijtimoiy ish praktikum.

Fuqarolarning o‘zini-o‘zi (mahalliy) boshqarish organlari. «O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi» ning 105-moddasiga binoan «Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini-o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi»[2].
Mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari tarkibini fuqarolar yig‘inlari, xususan, mahallalar tashkil etadi. Jamiyatda o‘zini-o‘zi boshqaruv tizimining muhim organi bo‘lgan mahalla – bu, hududiy, kasbiy, turli yoshga oid va boshqa shu kabi turli xil ijtimoiy guruhlarning qiziqishi va irodasini o‘zida mujassamlashtirib, ularni ijtimoiy hayotga joriy qiluvchi umumiy hamda alohida holatlarni namoyon qiladi. Shaxsning ijtimoiy munosabatlariga kirishishi yig‘ilib qolgan muammolar hamda har xil voqeliklar va tafsilotlar to‘g‘risida fikr yuritish yoki xulosa chiqarish imkoniyatini beradi. Bu holat, o‘z navbatida, fuqarolarning siyosiy faollik roli ortib borishi uchun zamn xizmatini bajaradi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, mahalla munosabatlarida barcha qatlamlardagi kishilarning ishtirok etishi bir tekis holatda kechadi. Bu esa jamiyatda o‘rta qatalm munosabatlariga kirishish oqibatida mahallaning odamlar hayotiga yaqinligi, aholi turmush tarzi va kundalik hayoti bilan uyg‘unligi ko‘p jihatdan jamiyatda demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish imkoniyatlarini yanada tezlashtiradi.

Odamlarning xatti-harakati, voqelikka va har qanday yangilikka nisbatan munosabati, eng avvalo yuksak axloq-odob, sharqona vazzaminlik, ota-bobolarimizga xos mulohazamandlik, qiyin va murakkab vaziyatlarda shaxsiy manfaatlardan umumdavlat va umumxalq manfaatlarini ustun qo‘yish, jamoa uchun yashash kabi insoniy fazilatlarga qaratilgan. Bu va shunga o‘xshagan fazilatlar milily qadriyatlar darajasiga ko‘tarilmoqda.


O‘zbekiston Respublikasi «Fuqarolarning o‘zini - o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»(1999) yangi tahrirdagi qonunning 6-moddasida aytilgandek, «Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatining asosiy prinsiplari demokratizm, oshkoralik, ijtimoiy adolat, insonparvarlik, mahalliy axamiyatga molik masalalarni yechishda mustaqillik, jamoatchilik asosida o‘zaro yordam»1 deb belgilangan. Aytish mumiknki, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan mahalla demokratiyasi, uning xalq hayotiga yaqinligi, aholi turmush tarzi va kundalik hayoti bilan uyg‘unligi sababli kundalik hayot tarzimizda qaytadan qaror topayotgan boshqaruv tizimi sifatida o‘z ifodasini topmoqda.


  1. Download 59.42 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling