M. S. Nishonov Namdu "Pedagogika nazariyasi va tarixi" kafedrasi dotsenti, p f. n
Ijtimoiy ishda tadqiqot metodlari
Download 59.42 Kb.
|
5520100-Ijtimoiy ish (Oila va bolalar bilan ishlash)
Ijtimoiy ishda tadqiqot metodlari
Har qanday tadqiqot asosiy muammoni aniqlashdan boshlanadi. Muammoni aniqlash tadqiqotning yo’nalishi va maqsadi bilan bog’liqdir. Tadqiqotlar o’z muammolarining mohiyatiga ko’ra bir-biridan farqlangani singari qo’yilgan muammolar ham o’z mazmuni va ko’lami bilan bir-biridan farqlanadi. Ayrim muammolar alohida olingan mahlum bir guruh, jamoa, viloyat yoki bir necha guruh faoliyatidagi sotsial, iqtisodiy, madaniy va maonaviy hayot masalalari bilan bog’liq bo’lsa, boshqa muammolar mahlum bir turdagi yaxlit jamiyatning hayotiy masalalari bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Tadqiqot o’tkazish ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti jarayonida yuz beradigan hodisa va voqyealarni, uning murakkab muammolarini aniq va obyektiv asosda to’g’ri o’rganib tahlil etishda empirik Sotsiologik tadqiqot alohida ahamiyatga egadir. Usiz fanni o’rganish, atroflicha fikr va xulosalar berish, ijtimoiy guruhlar, shaxslar ular faoliyatlari, individlararo aloqa va vosita munosabatlariga aniq va to’g’ri baho berib bo’lmaydi. Shu sababli empirik Sotsiologik tadqiqotlar Ijtimoiy ishda markaziy o’rinni egallaydi. Demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatning eng muxim xarakterli jihati shundan iboratki, bunda kishilar va davlat o’rtasidagi o’zaro munosabatlar muvozanatinnng ta’minlangan bo’lishligi. olib borilayotgan islohatlar, katta-yu kichik tadbirlar, belgilangan vazifalarning amalga oshirilishida fuqarolarning ishtimoiy fikrlari. qarashlari, manfaatlari eng birinchi o’ringa ko’tariladi. Bu esa yuqorida sanab o’tilpsh narsalar yuzasndan muntazam ravishda ijtimoiy tadqiqotlar olib borilishini va oliy ta’lim muassasalarida yetishtirilayotgan kadrlarimiz, ayniqsa ijtimoiy faoliyat va uni tashkillash bilan shug’ullanadigan mutaxassisliklarniig amaliy ijtimoiy bilim, malaka va ko’iikmalarga ega bo’lishligini talab etadi. Amaliy ijtimoiy tadqiqot hususan ijtimoiy tadqiqotlar haqida fikr yuritar ekanmiz, ijtimoiy reallik mohiyatining masalalarini hal qilish bilan birgalikda, taraqqiyot qonunlari va insonning ijtimoiy dunyodagi o’rni muammolari yechimini topish sababli ma’lum bir ijtimoiy metodlar shakllandi. Amaliy ijtimoiy tadqiqotlar fundamental ijtimoiy tadqiqotdan o’zining strukturasi, mazmuni va maqsadi bilan far qiladi. Ijtimoiy ish maqsadi shundaki, u orqali jamiyatning har bir sohasi uchun kerakli bo’lgan nazariya va empirik tadqiqotlarni natijalarini qo’llash uslublari va vositalari joriy etiladi. Ijtimoiy ishda tadqiqot uslublari fani amaliy ijtimoiy tadqiqot va XX asr boshlarida tashkil topgan empirik tadqiqotlar negizida shakllandi va rivojlandi. Bunda o’z nomidan ko’rinib turibdiki, aniq tanlab olingan ijtimoiy tadqiqotlarning qo’llanilishi va o’tkazilishi, olingan natijalarni zamonaviy usullar yordamida hisob-kitob qilish, tahlil qilish va shular asosida tegishli tavsiyalarni ishlab chiqish masalalari ko’rib chiqiladi. Download 59.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling