M. S. Nishonov Namdu "Pedagogika nazariyasi va tarixi" kafedrasi dotsenti, p f. n
Turli gurux va qatlamlar bilan ijtimoiy ish
Download 59.42 Kb.
|
5520100-Ijtimoiy ish (Oila va bolalar bilan ishlash)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy ish sohasida huquqni qo’llash amaliyoti
Turli gurux va qatlamlar bilan ijtimoiy ish
Bugungi kunda jahon miqiyosida ijtimoiy muamollar eng dolzarb hisoblanmoqda. Ziddiyatlarni xal qilish uchun dunyoning barcha mamlaktlarining ijtimoiy ish sohasi ekspertlari jalb qilinmoqda. Ijtimoiy ish mutaxassislari butun dunyo, ayniqsa rivojlangan mamlakatlarda ijtimoiy yordamga muhtoj aholi katlamalari va guruhlariga xizmat ko’rsatishga intilmoqdalar. O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim Davlat ta’lim standartiga ko’ra “ Ijtimoiy ta’minot” ta’lim sohasining “Ijtimoiy ish (oilalar va bolalar bilan ) ta’lim yo’nalishiga joriy qilingan “Turli guruh va qatlamlar bilan ijtimoiy ish” mutaxassislik fani ijtimoiy ish sohasida kerakli bo’lgan bo’limlardan iborat. Turli guruh va qatlamlar bilan ijtimoiy ishda zarur bo’lgan aholining zaif bo’lgan turli guruhlarlari, hayotiy faolitining turli sohalari bilan olib boriladigan ijtmioiy ish olib borish, moslashuvi kiyin bo’lgan bolalar bilan ijtimoiy ish olib borish, moslashuvi kiyin bo’lagn bolalar bilan ijtmioiy ish texnologiyalari bo’limlardan iborat. Bugungi kunda farzandlar qanday holatda o’stirilishi va tarbiyalanishi. Bolalardagi gender tabiiy holatda rivojlanadimi yoki uni rivojlantirish uchun ota-onalari va atrofdagi insonlari bilan muloqotda bo’lishlarini talab qiladimi? Ota-onaning va tevarak atrofdagi insonlarning farzandlarga yetkazadigan ta’sirlari orasidagi katta farqlar. Farzandlarning onglari, kundalik hayotdagi ish harakatlarni kuzatish va ota-onalarining boshqalarga nisbatan ko’rsatadigan reaktsiyalariga taqlid qilish orqali tez rivojlanishi. Ijtimoiy ish sohasida huquqni qo’llash amaliyoti Respublikamizda ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoyaning “O’zbek modeli” hamda bozor munosabatlariga o’tish davri talablariga mos keladigan qonunchilik tizimi barpo qilindi. Endilikda bu tizimni zamon o’zgarishlari bilan hamohang ravishda takomillapggirishga qaratilgan tegishli tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Mamlaka-timiz rahbari haqli ravishda ta’kidlaganidek: “Davlat o’z aholisini ijtimoiy himoya qilgan taqdirdagina inson-parvar hisoblanadi. ...Kishilarni ijtimoiy himoyalash va uni kafolatlash-ning kuchli, ta’sirchan mexanizmi bo’lgandagina bozor iqtisodiyotiga sobitqadamlik bilan o’tishni ta’minlash, tarkibiy qayta qurishni amalga oshirish, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni saqlagan holda ishlab chiqarish munosabat-larini tubdan isloh qilish mumkin”1. Istiqlol qo’lga kiritilganidan keyingi o’tgan o’n yetti yillik davr tarixan qisqa muddat. SHunga qaramay, bu davr mobaynida aholini ijtimoiy himoyalash sohasida amalga oshirgan ishlarimiz, bu vazifani bajaruvchi davlat organ lari tizimining vujudga keltirilishi va faoliyati, ijti moiy muhofazaga oid qonunchilik bazasining yaratshshshi va rivojlanish amaliyoti, uning muammolari, bu muammolar yechimini topish masalalari g’oyat dolzarbligi hamda muhim-ligi bilan jiddiy va har jihatdan chuqur ilmiy tadqiqot uchun mavzu bo’la oladi. Modomiki, yangi davlatchilik asoslari va tamoyillari shakllanishi jargyonida unint qonunlar tizimi tarkib topib borar ekan, jumladan, ijtimoiy himoya tizimi bilan bog’liq hukuqiy asoslar ham shakllanib bormoqda. Mamla-katimizda ijtimoiy himoyaning huquqiy asoslari Konsti-tutsiyamizda va kator qonun hujjatlarida o’z ifodasini toptan. Bu yo’nalishda ham shakllanish, ham takomillashish jarayoni davom etmoqda. Ijtimoiy ta’minot huquqining konstitutsiyaviy asoslari O’zbekistan Respublikasi Konstitutsiyasining 39-mod-dasi bilan belgilab qo’yilgan. Unda: «Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo’qottanda, shuningdek, boquvchisidan mahrum bo’lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hol-larda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega», deyiladi. Ushbu konstitutsiyaviy huquqlarning real amalga oshiri-lish shakllari, usullari va vositalari Konstitutsiya aso-sida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Uzbekistan Respublikasi Prezidenta Farmonlari, huku-mat qarorlari va boshqa me’yoriy huquqiy hujjatlar bilan belgilab ko’yilgan bo’lib, ular o’zaro qo’shilgani holda ijtimoiy ta’minot hukuqi yagona huquk sohasini tashkil qiladi. Download 59.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling