M. S. Nishonov Namdu "Pedagogika nazariyasi va tarixi" kafedrasi dotsenti, p f. n
II. ATTESTATSIYa SINOVI SHAKLI VA MUDDATI
Download 59.42 Kb.
|
5520100-Ijtimoiy ish (Oila va bolalar bilan ishlash)
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. ATTESTATSIYa SINOVI SAVOLNOMASI
II. ATTESTATSIYa SINOVI SHAKLI VA MUDDATI
6. 2021/2022 o’quv yilida 5520100– ijtimoiy ish yo’nalishi bitiruvchilarining Attestatsiya sinovi – axborot texnologiyalarini tatbiq etgan holda test shaklda o’tkaziladi. 7. Dastur Universitet Kengashi tomonidan tasdiqlangan sanadan boshlab, o’quv yili yakuniga qadar Attestatsiya sinovi shaklini o’zgartirish mumkin emas. 8. Attestatsiya sinovi universitet o’quv jarayoni grafigiga asosan, o’quv ishlari prorektori tomonidan tasdiqlangan muddatlarda o’tkaziladi va kamida bir oy oldin talabalarga yetkaziladi. III. ATTESTATSIYa SINOVI SAVOLNOMASI 9.Attestatsiya sinovi savolnomasi ta’lim yo’nalishi Malaka talablarining - bakalavrlarning tayyorgarlik darajasiga; - kasbiy faoliyatga; - umumkasbiy va ixtisoslik fanlariga qo’yilgan talablarni qamrab oladi. 10. Attestatsiya sinovi savolnomasi ta’lim yo’nalishi O’quv rejasida keltirilgan quyidagi umumkasbiy va ixtisoslik fanlar dasturlari asosida shakllantirildi: Ushbu dasturlar “Ijtimoiy ishga kirish”, “Ijtimoiy ishning etnik printsiplari va qadriyatlari”, “Ijtimoiy ish nazariyasi”, “Ijtimoiy siyosat va ijtimoiy xizmat”, “Turli gurux va qatlamlar bilan ijtimoiy ish”, “Ijtimoiy ish sohasida huquqni qo’llash amaliyoti”, “Umumiy va ijtimoiy psixologiya”, “Ijtimoiy ishda tadqiqot metodlari”, “Davlat pensiya ta’minoti”, “Oilalar, bolalar va ayollar bilan ijtimoiy ish” “O’z o’zini boshqarish va ijtimoiy himoya tizimida ijtimoiy ish praktikumi”, “Oila va bolalar bilan nomunosib munosabat”, kabi umumkasbiy fanlar, “Nogironligi bor shaxslar bilan ishlashda ijtimoiy ish amaliyoti”, “Yoshlar va bolalarni ijtimoiy ta’minoti” “Boshqaruv organlari va tashkilotlarda ijtimoiy ish menjmenti” “Gerantalogiya asoslari” kabi ixtisoslik fanlarini o’qitishga mo’ljallangan. Ijtimoiy ishga kirish Ijtimoiy ishning faoliyat turi sifatida yuzaga kelishidagi tarixiy shart-sharoit, Ijtimoiy ishning G‘arbiy Yevropa va Amerikada kasb sifatida yuzaga kelishi, XX asrda ijtimoiy ishning rivojlanishi. AQShda ijtimoiy himoya tizimi, yevropa ijtimoiy ta'minot tizimi, Rossiyada ijtimoiy ish, O‘zbekistonda ijtimoiy ish. Fanning tuzilishi, maqsadi, kutilayotgan natijalar. Ijtimoiy ishning mamlakatimizda professional faoliyat ko`rinishi sifatida shakllanishi va rivojlanishi ijtimoiy hayotni barcha sohalarini qamrab olgan intensiv sifatiy o`zgarishlar davriga to`g`ri keladi. Ijtimoiy muammolarning qo`zg`olishi aholining katta qismi davlatning ijtimoiy himoyasi va ko`magiga muhtojligni his qilishiga olib keldi. Avrora Universiteti Jorj Uilyams Kolledji (AQSH Viskonsin shtati) professori Charlz Zastrov yozishiga ko`ra: «Ijtimoiy ish odamlarning kishilar, ularning oilalari, guruhlari, tashkilotlari va birlashmalariga yordam berish jarayonida ularning shaxsiy, umuminsoniy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy potensialini ularning hayot faoliyatidagi sharoitlarini yaxshilash hisobiga huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. Ijtimoiy ishchilar mijozlarni sharoitini tushunish, tanlov qilish, o`z tanloviga javobgarlikni zimmasiga olish va ularning hayotiga tashkilot va targ`ibot ko`rinishida ularga ta’sir qilish uchun potensialini kuchaytirishga intiladilar. Ijtimoiy ishchilar shuningdek, jamiyatdagi turli guruhlar orasida resurslar va kuchlarni adolatli taqsimlay olishga intiladilar. Bu kabi ijtimoiy odillikka berilgan urg`u ijtimoiy ish kasbining farqli jihatlaridan biri hisoblanadi. Ayni ushbu ishda asosiy e’tiborga olingan kishilar huquqi konsepsiyasiga qaratilgan katta e’tibor ijtimoiy ishning asosiy urg`usi bo`lib sahnaga chiqmoqda»1. Download 59.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling