M. S. Tulayev


Mazmunning shakldan ustunligi


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/75
Sana04.05.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1425873
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   75
Bog'liq
IqtTahlilAudit Kaf 03 Мутахассисликка кириш

Mazmunning shakldan ustunligi tamoyilning mazmuni shuni bildiradiki, 
agar hisobga olish hujjatlarida va moliyaviy hisobotda axborot operatsiyalar va 
voqealarning mazmunini to‘gri aks ettirsa, bu axborot moliyaviy hisobotda hisobga 
olinishi va ko‘rsatilishi lozim. 


32 
Moliyaviy 
hisobotning 
betaraflik 
prinspi 
moliyaviy 
hisobotning 
ishonchliligini ta’minlash uchun unda keltiriladigan axborot yanglishlardan xoli 
bo‘lishi kerak. 
Hisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofiqlik prinsipi hisobot 
davridagi daromadlar va xarajatlarning bir-biriga muvofiqligi ushbu davrda 
mazkur hisobot davrida olingan daromadlarga asos bo‘lgan xarajatlarni aks 
ettirishini bildiradi. Agar xarajatlar va daromadlarning ayrim turlari o‘rtasidagi 
bevosita bog‘liqlikni aniqlash qiyin bo‘lsa, xarajatlar taqsimlashning biror-bir 
tizimiga muvofiq tarzda bir necha hisobot davriga taqsimlab chiqiladi. Bu bir 
necha yilga taqsimlanadigan amortizatsiya xarajatlariga ham taalluqlidir. 
Aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholanish prinsipi ularning 
tannarxi yoki sotib olingan narxi baholashga asos bo‘lishini nazarda tutadi. 
Ayrim hollarda haqiqiy baholash sotib olish qiymatidan farq qilishi mumkin. 
 
3. Buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solish 
Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni tartibga solish, buxgalteriya 
hisobi standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash O’zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligining zimmasiga yuklatiladi.
Buxgalteriya hisobini yuritish qoidalari buxgalteriya hisobi standartlari, shu 
jumladan kichik tadbirkorlik subyektlari uchun soddalashtirilgan buxgalteriya 
hisobini yuritish standarti bilan belgilanadi.
Budjet 
tashkilotlarining 
hamda 
davlat 
maqsadli 
jamg‘armalarining 
buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotini tartibga solish budjet hisobi 
standartlari hamda boshqa qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
Banklar va boshqa kredit tashkilotlarining buxgalteriya hisobi hamda 
hisobotini tartibga solish O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 
qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling