M. S. Tulayev
Download 1.52 Mb. Pdf ko'rish
|
IqtTahlilAudit Kaf 03 Мутахассисликка кириш
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uzluksizlik (davomiylik) prinsipi
- Ko‘rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi
29 2. Buxgalteriya hisobining asosiy prinsiplari Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunning uchinchi moddasiga binoan Uzluksizlik, ishonchlilik, ko‘rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi buxgalteriya hisobining asosiy prinsiplaridir. Uzluksizlik (davomiylik) prinsipi moliyaviy hisobotni davomiylik qoidasi asosida tayyorlash xo‘jalik yurituvchi subyekt doimiy harakat qilishini va uzoq muddat davomida o‘z faoliyatini davom ettirishini, ya’ni xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘zini tugatishiga yoki o‘z faoliyati sohasini qisqartirishga ehtiyoji yo‘qligini bildiradi. Agar rahbar xo‘jalik yurituvchi subyektni tugatish yoki uning faoliyat ko‘lamlarini qisqartirish zarur deb hisoblasa, yoxud shunday vaziyatga olib keladigan sharoit mavjud deb o‘ylasa, moliyaviy hisobotga tushuntirishlarda bunday faktning mazmunini ochib berishi va moliyaviy hisobotni tuzishga asos bo‘lgan jihatlarni, davomiylik tamoyilidan chekinish sabablarini ko‘rsatishi zarur. Davomiylik tamoyili yana shuni bildiradiki, buxgalteriya hisobini yuritish muddati xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyat ko‘rsatgan muddatga mos bo‘lishi lozim, ya’ni xo‘jalik yurituvchi subyektning buxgalteriya hisobi subyekt tugatilgan yoki u bankrot deb e’lon qilingan paytgacha yuritilishi lozim. Xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z faoliyatini to‘xtatgan kundan boshlab, buxgalteriya hisobini yuritish ham to‘xtatiladi. Aniqlik (ishonchlilik) prinsipi axborotda muhim xato yoki g‘arazlilik bo‘lmasa va foydalanuvchilar unga tayanishlari mumkin bo‘lsa, ishonchli hisoblanadi. Operatsiyalar yoki voqealarning ishonchliligi, odatda, dastlabki hisob hujjatlari bilan tasdiqlanishi lozim. Ko‘rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi moliyaviy axborot foydali va mazmunli bo‘lishi uchun u turli hisobot davrlaridagi axborotlarga qiyoslanadigan bo‘lishi kerak. Hisobotdan foydalanuvchilar xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy hisobotni tayyorlash chog‘ida foydalangan hisob siyosatidan, bu siyosatdagi barcha o‘zgarishlardan va bunday o‘zgarishlarning natijalaridan xabardor bo‘lishi 30 kerak. Moliyaviy hisobotda undan oldingi davrga nisbatan butun qiyosiy axborotni ochib berish zarur. Oldingi davrdagi moliyaviy hisobotlarning sharhlari va bayon qiluvchi axborotlari joriy hisobot davri uchun ham taqdim etilishi va joriy hisobot davri moliyaviy hisobotlarini xolisona taqdim etish uchun zarur bo‘lsa, yangilanishi kerak. Moliyaviy hisobotning ko‘rsatkichlarini tuzatish yoki uning moddalarini tasnif etish chog‘ida joriy hisobot bilan qiyosiylikni ta’minlash uchun qiyoslama miqdorlar qaytadan tasnif etilishi va ayni paytda bunday tasnifning xarakteri, miqdori, sababi ochib berilishi lozim. Buning imkoniyati bo‘lmasa, xo‘jalik yurituvchi subyekt qayta tasnif etish sababini va agar miqdorlar qaytadan tasnif etilgan bo‘lsa kiritilgan o‘zgartishlarning xarakterini ochib berishi lozim. Agar axborot faqat taqdim etish uchun, masalan ma’lum bir davr boshidagi va oxiridagi nomoddiy va moddiy aktivlarning saldosini tekshirish uchun xizmat qilsa, bunday hollarda qiyoslanadigan axborot talab qilinmaydi. Shunday vaziyatlar ham borki, joriy davr bilan qiyoslash maqsadida qiyoslanadigan axborotni qayta tasnif etish mumkin bo‘lmaydi. Masalan, bundan oldingi davrdagi axborot qayta tasnif etish mumkin bo‘lmaydigan tarzda to‘plangan bo‘lishi mumkin, bu esa axborotni o‘zgartirishga amalda imkon bermaydi. Bunday vaziyatda qiyoslanadigan miqdorlarga kiritilishi mumkin bo‘lgan tuzatishlarning xarakteri ochib berilishi lozim. Qiyosiylik tamoyiliga rioya qilish uchun quyidagi shartlarni bajarish kerak: - Butun axborot miqdoriga nisbatan talablar; - Hisobot yilida hisobotni taqdim etishga yondashuv o‘zgargan taqdirda undan oldingi davr axboroti qiyoslash maqsadlari uchun qaytadan tasnif etilishi lozim. - Agar amaliy mulohazalar bilan qayta tasnif etish mumkin bo‘lmasa, basharti qayta tasnif amalga oshirilganda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarning sabablari va xarakteri ochib berilishi lozim. Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling