M. S. Tulayev
Auditorlik faoliyatning milliy standartlarining mohiyati va maqsadlari
Download 1.52 Mb. Pdf ko'rish
|
IqtTahlilAudit Kaf 03 Мутахассисликка кириш
5. Auditorlik faoliyatning milliy standartlarining mohiyati va maqsadlari Auditorlik faoliyati standartlari auditorlik tekshiruvini o‘tkazish, professional xizmatlar ko‘rsatish va auditorlar ishining sifatini nazorat qilish tizimini tashkil etish tartibini belgilaydi. Auditorlik faoliyatining milliy standartlari auditorlik faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha yagona talablarni belgilaydi. Auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvini o‘tkazishda auditorlik xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq auditning xalqaro standartlarini qo‘llashi mumkin. Xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisoboti auditini rejalashtirish paytida auditorlik tashkilotlari tomonidan qo‘llaniladigan me’yorlarni belgilash auditning maqsadi hisoblanadi. 51 Quyidagilar andozaning vazifalaridir: 1. Auditni rejalashtirish dastlabki bosqichining bayoni; 2. Audit umumiy rejasi va dasturini tayyorlash tamoyillarini ta’riflash; 3. Audit umumiy rejasi va dasturini tayyorlash hamda tuzish tartibining bayoni. Mazkur andozaning talablari rasmiy auditorlik xulosasini tayyorlashni nazarda tutadigan auditni amalga oshirish paytida barcha auditorlik tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi, ular tavsiya tusida ekanligi ochiq ko‘rsatilgan qoidalari bundan mustasno. Mazkur andozaning talablari uning natijalari bo‘yicha rasmiy auditorlik xulosasi tayyorlashni nazarda tutmaydigan auditni o‘tkazish paytida, shuningdek, auditni turdosh xizmatlar (konsalting xizmatlari) ko‘rsatilishi paytida tavsiya tusida bo‘ladi. Aniq topshiriqni bajarish paytida mazkur andozaning majburiy talablaridan chetga chiqilgan taqdirda auditorlik tashkiloti buni o‘zining ish hujjatlarida va audit va /yoki/ unga turdosh bo‘lgan xizmatlarga buyurtma bergan xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyatiga yozma hisobotda majburiy tartibda qayd etishi shart. Rejalashtirish audit o‘tkazishning boshlang‘ich bosqichi hisoblanib, audit o‘tkazishning kutilayotgan hajmi, jadvallari va muddatlarini ko‘rsatgan holda auditorlik tashkiloti tomonidan auditning umumiy rejasini ishlab chiqishdan, shuningdek, auditorlik tashkiloti tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisoboti to‘g‘risida xolis va asosli fikr shakllantirilishi uchun zvrur bo‘lgan auditorlik rusum-qoidalarini amalga oshirish hajmi, turlari va izchilligini belgilaydigan auditorlik dasturini ishlab chiqishdan iborat bo‘ladi. Auditni rejalashtirishni auditorlik tashkiloti auditni o‘tkazishning umumiy qoidalariga, shuningdek quyidagi xususiy qoidalarga muvofiq o‘tkazishi kerak, ya’ni: 1. Rejalashtirishning kompleksliligi; 2. Rejalashtirishning uzluksizligi; 3. Rejalashtirishning maqbulligi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling