M. S. Tulayev
Download 1.52 Mb. Pdf ko'rish
|
IqtTahlilAudit Kaf 03 Мутахассисликка кириш
57 2. Hujjat va hujjatlar aylanmasi Nizomning amal qilishi O’zbekiston Respublikasidagi barcha korxona, tashkilot va muassasalarga tatbiq qilinadi. Korxonalar tomonidan amalga oshirilayotgan barcha xo‘jalik operatsiyalari ularni tasdiqlovchi hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi lozim. Ushbu hujjatlar ular asosida buxgalteriya hisobi yuritiladigan birlamchi hisob hujjatlari bo‘lib xizmat qiladi. Tegishli texnik vositalar mavjud bo‘lganda, birlamchi hujjatlar va registrlarni axborot tizimlari va axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda tuzishga yo‘l qo‘yiladi. Bunda mazkur Nizom va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarning talablariga rioya qilinishi lozim. Texnik vositalar hamda axborot tizimlari va axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda tuzilgan birlamchi hujjatlar va registrlar buxgalteriya hisobida tegishli majburiy rekvizitlar mavjud bo‘lgandagina qo‘llaniladi. Elektron hujjatlarni saqlashda ularni olish va qog‘oz shaklidagi nusxalarini taqdim etish imkoniyati ta’minlangan bo‘lishi shart. Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish sharoitlarida birlamchi hujjatlar rekvizitlari kodlar ko‘rinishida qayd etilishi mumkin. Bunda elektron shaklda tuzilgan birlamchi hujjat va registr hujjatning elektron raqamli imzo haqidagi qonun hujjatlariga muvofiq to‘g‘ri tuzilishi uchun javobgar shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanishi lozim. 3. Mol-mulkni ro‘yxatga olishni tashkil etish usullari Xo‘jalik yurituvchi subyekt, shu jumladan, asosiy faoliyati budjet mablag‘lari hisobiga moliyalanadigan tashkilot tomonidan mol-mulk hamda moliyaviy majburiyatlarni inventarizatsiya qilish va uning natijalarini rasmiylashtirish tartibini belgilaydi. Inventarizatsiya qilishning asosiy maqsadlari mol-mulkning haqiqatda mavjudligini aniqlash, haqiqatda mavjud mol-mulkni buxgalteriya hisobi 58 ma’lumotlari bilan qiyoslash, majburiyatlar hisobda to‘g‘ri aks ettirilganligini tekshirish. Joylashgan yeri va barcha turdagi moliyaviy majburiyatlaridan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektning barcha mol-mulki inventarlanishi kerak. Bundan tashqari, ishlab chiqarish zaxiralari va xo‘jalik yurituvchi subyektga qarashli bo‘lmagan, lekin buxgalteriya hisobida qayd etilgan (mas’uliyatli saqlanishda bo‘lgan, ijaraga olingan, qayta ishlash uchun olingan) boshqa turdagi mol-mulklar, shuningdek, biror-bir sababga ko‘ra hisobga olinmagan mol-mulk inventarlanishi kerak. Mol-mulkni inventarizatsiya qilish uning joylashgan yeri va moddiy javobgar shaxs bo‘yicha o‘tkaziladi. Quyidagi hollarda inventarizatsiya qilish o‘tkazilishi shart: - mol-mulk ijaraga berilganda, sotib olinganda, sotilganda, shuningdek, davlat korxonasi o‘zgartirilgan (davlat tasarrufidan chiqarilgan) chog‘da qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda; - yillik moliyaviy hisobotni tuzish oldidan, inventarizatsiya qilish hisobot yilining 1 oktyabridan kechiktirmay o‘tkaziladigan mol-mulkdan tashqari, tovar- moddiy zaxiralar bir yilda kamida bir marta inventarlanadi, asosiy vositalar ikki yilda kamida bir marta, kutubxona fondlari esa besh yilda bir marta inventarlanadi. Pul mablag‘lari, pul hujjatlari, boyliklar va qat’iy hisobdagi blanklar oyda bir marta, yonilg‘i-moylash materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari - har chorakda, qimmatbaho metallar - tarmoq yo‘riqnomalariga muvofiq inventarlanadi. Ayrim joylar va mavsumiy tusda ishlaydigan korxonalarda ishlab chiqarish zaxiralari ular eng kam miqdorda qolganda quyidagi hollarda inventarlanadi: - asosiy vositalar va tovar-moddiy boyliklar qayta baholanganda; - moddiy javobgar shaxslar almashganda (ishlarni qabul qilish - topshirish kunida); - o‘g‘irlik yoki suiiste’mol, shuningdek, boyliklarni ishdan chiqarish faktlari aniqlanganda; 59 - tabiiy ofatlar, yong‘inlar falokatlar yoki g‘ayritabiiy sharoitlar yuzaga keltirgan boshqa favqulodda vaziyatlar yuz berganda; - xo‘jalik yurituvchi subyekt tugatilganda (qayta tashkil etilganda) tugatish (ajratish) balansini tuzish oldidan va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda. Umumiy (jamoaviy) moddiy javobgarlik sharoitida inventarizatsiya qilish jamoa rahbari o‘zgarganda, jamoadan uning ellik foizdan ortiq a’zolari chiqib ketganda, shuningdek jamoaning bitta yoki bir nechta a’zosi talabi bilan o‘tkaziladi. Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling