M. S. Tulayev
BHMSlarini qabul qilishning zaruriyati, uning xususiyatlari va
Download 1.52 Mb. Pdf ko'rish
|
IqtTahlilAudit Kaf 03 Мутахассисликка кириш
2. BHMSlarini qabul qilishning zaruriyati, uning xususiyatlari va xalqaro tajriba Konseptual asos O’zbekiston Respublikasining "Buxgalteriya hisobi to‘grisida"gi Qonuni asosida ishlab chiqilgan va foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish asosini tashkil etuvchi tushunchalarni belgilab beradi. Ushbu konsepsiyaning maqsadi quyidagilarga yordam berishdan iborat: 45 1. Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot tizimini tartibga soluvchi davlat organi - O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga - buxgalteriya hisobi milliy standartlarini (BHMS) rivojlantirish va ularni qayta ko‘rib chiqishda; 2. Moliyaviy hisobotni tayyorlovchi shaxslarga - BHMS dan foydalanishda; 3. Auditorlarga - BHMS moliyaviy hisobotiga mos keladigan xulosalarni tayyorlashda; 4. Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarga - moliyaviy hisobotdagi ma’lumotlarni tahlil qilishda. Konsentual asos BHMS hisoblanmaydi va biron-bir nizoli masalani baholash yoki tushuntirish uchun uning ta’riflarini o‘z ichiga olmaydi. Ushbu konseptual asosdagi mavjud qoidalar buxgalgeriya hisobining alohida bir standartini rad etmaydi. Ayrim hollarda, agar konseptual asos bilan BHMS o‘rtasida ziddiyatlar bo‘lsa, - BHMSning talablari konseptual asos talablaridan ustun kelsa, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi BHMSni ishlab chiqishda ushbu konseptual asosga amal qiladi va ana shu ziddiyatlarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘radi. Konsentual asos buxgalgeriya standartlarining amaliy faoliyatini hisobga olgan holda O’zbekisgon Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Quyidagilar ushbu konseptual asosning asosiy jihatlaridir: 1. Moliyaviy hisobotning maqsadi; 2. Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot tamoyillari; 3. Moliyaviy hisobotlarning elementlarini ta’riflash, e’tirof etish va o‘lchash. Konseptual asos moliyaviy hisobotga, shu jumladan birlashtirilgan moliyaviy hisobotga aloqadordir. Moliyaviy hisobot foydalanuvchilar keng doirasining axborotga bo‘lgan talabini qondirish uchun tuziladi va vaqti-vaqti bilan taqdim etiladi. Moliyaviy hisobot ko‘pchilik foydalanuvchilar uchun asosiy moliyaviy axborot hisoblanadi. Ayrim foydalanuvchilar, tegishli vakolatlar bo‘lganda, moliyaviy hisobotda bor bo‘lgan axborotga qo‘shimcha axborotni talab qilishlari mumkin. 46 Moliyaviy hisobotlar moliyaviy hisobotning tarkibiy qismi hisoblanadi va BHMS bilan belgilanadi. Moliyaviy hisobot ana shu hisobotlarga asoslangan yoki ular bilan bog‘liq bo‘lgan izohlar, mo‘ljallar va tushuntirishlarni ham o‘z ichiga oladi. Bunday axborot sanoat va jo‘grofiy hududlarning faoliyat turlari to‘grisidagi moliyaviy axborotni aks ettirishi va narxlar o‘zgarishining moliyaviy natijalarga ta’sirini tushuntirib berishi kerak. Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling