31
yurituvchi subyekt buxgalteriya operatsiyalarini ikkiyoqlama yozuv tizimi asosida
ro‘yxatga olishi lozimligini bildiradi. Ikkiyoqlama yozuv tizimi shundan iboratki,
bir xo‘jalik operatsiyasining summasi buxgalteriya
hisobining ikki schetida -
birining debetida va ikkinchisining kreditida aks ettiriladi.
Xo‘jalik operatsiyalari, aktivlar va passivlarning pulda baholanishi
barcha xo‘jalik operatsiyalari,
voqealar, aktivlar va passivlar bir xil birlikda
o‘lchanishi - pul bilan baholanishi lozim.
O’zbekiston Respublikasida pul birligi - so‘m, uning bo‘laklari - tiyinlardir.
Hisoblash prinsipi pul oqimi to‘grisidagi hisobotdan tashqari moliyaviy
hisobotlar hisoblab yozish tamoyili asosida tuziladi.
Hisoblab yozish
tamoyiliga muvofiq aktivlar, passivlar, o‘z
sarmoyasi,
daromadlar, xarajatlar, xo‘jalik operatsiyalari va voqealar buxgalteriya hisobida bu
harakatlar yuzasidan pul mablag‘lari yoki ekvivalentlari olingan yoxud to‘langan
paytda emas, balki shu harakatlar sodir etilgan (yoki haqiqatda olingan) paytda aks
ettiriladi.
Hisoblab yozish tamoyili asosida tayyorlangan moliyaviy hisobotlar undan
foydalanuvchilarga o‘tmishda pul to‘lab yoki pul mablag‘larini
olib amalga
oshirilgan operatsiyalar to‘g‘risidagina emas, shuningdek kelgusida pul
to‘lanadigan majburiyatlar to‘grisida ham axborot beradi, bu esa tegishli iqtisodiy
qarorlarni qabul qilish chog‘ida juda zarur hisoblanadi.
Oldindan ko‘ra bilish (ehtiyotkorlik) prinsipi moliyaviy hisobotda aktivlar
va daromadlar narxining oshirilib yuborilishiga va majburiyatlar
yoki xarajatlar
bahosi kamaytirilishiga yo‘l qo‘yilmasligi lozimligini bildiradi.
Bu tamoyilning qo‘llanishi yashirin zahiralarni barpo etishga yoki ta’minotni
oshirib ko‘rsatishga, aktivlar yoki foydani, majburiyatlar
va xarajatlarni ataylab
kamaytirishga va oshirib ko‘rsatishga huquq bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: