M. S. Tulayev


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/75
Sana04.05.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1425873
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   75
Bog'liq
IqtTahlilAudit Kaf 03 Мутахассисликка кириш

Qiyoslanuvchanlik. 
Foydalanuvchilarning 
qarorlari 
muqobil 
yondashuvlardan birini tanlashni o‘z ichiga oladi, masalan, investitsiyani sotish 
yoki saqlab turish, yohud bu yoki boshqa hisobot beruvchi tadbirkorlik subyektiga 
investitsiya qilish to‘g‘risidagi qarorlardan birini tanlash. Shunday qilib, hisobot 
beruvchi tadbirkorlik subyekti to‘g‘risidagi axborotni boshqa tadbirkorlik 
subyektlari to‘g‘risidagi o‘xshash axborot bilan va mazkur tadbirkorlik subyektiga 
tegishli bo‘lgan boshqa davr yoki boshqa sanaga bo‘lgan o‘xshash axborot bilan 
taqqoslash mumkin bo‘lsagina u foydaliroq bo‘ladi.
Qiyoslanuvchanlik foydalanuvchilarga narsalarning o‘xshashliklari va 
farqlarini aniqlash va tushunishga yordam beradigan sifat xususiyatidir. Boshqa 
sifat xususiyatlaridan farqli ularoq, qiyoslanuvchanlik bir narsaga (moddaga) 
tegishli bo‘lmaydi. Qiyoslash kamida ikki narsa (modda) bo‘lishini talab etadi.
Izchillik qiyoslanuvchanlik bilan bog‘liq bo‘lsa-da, aynan shu ma’noni 
bildirmaydi. Izchillik bir hisobot beruvchi tadbirkorlik subyekti doirasida har xil 
davrlardagi yoki bir davr ichida har xil tadbirkorlik subyektlariga tegishli bo‘lgan 
bir xil moddalarga nisbatan bir xil usullar qo‘llanilishini anglatadi. 
Qiyoslanuvchanlik maqsad bo‘ladigan bo‘lsa, izchillik ushbu maqsadga erishishga 
yordam beradi. 
Qiyoslanuvchanlik – bu bir xillik emasdir. Axborot qiyoslanuvchan bo‘lishi 
uchun o‘xshash narsalar o‘xshash ko‘rinishi kerak va bir biridan farq qiladigan 


99 
narsalar bir biridan farq qiladigan ko‘rinishga ega bo‘lishi kerak. O’xshash 
narsalarni 
har 
xil 
qilib 
ko‘rsatish 
orqali 
moliyaviy 
axborotning 
qiyoslanuvchanligini oshirishga qaraganda bir biriga o‘xshamagan narsalarni 
o‘xshash qilib ko‘rsatish orqali ushbu qiyoslanuvchanlikni ko‘proq qilib oshirib 
bo‘lmaydi. 
Qiyoslanuvchanlikning ma’lum darajasiga, asosiy sifat xususiyatlariga rioya 
qilish orqali, ehtimol, erishish mumkin. Tabiiy-ki, o‘rinli iqtisodiy hodisani 
ishonchli taqdim qilish boshqa hisobot beruvchi tadbirkorlik subyektining o‘rinli 
iqtisodiy hodisasini ishonchli taqdim qilish bilan ma’lum darajada qiyoslanuvchan 
bo‘lishi kerak.
Bitta iqtisodiy hodisa turli usullar yordamida ishonchli taqdim etilishi 
mumkin bo‘lsa-da, aynan bitta iqtisodiy hodisani hisobga olish uchun muqobil 
usullarni ruxsat etish qiyoslanuvchanlikni pasaytiradi. 

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling