M. S. Tulayev


-modda. Daromadlar va xarajatlarni hisobga olish


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/75
Sana04.05.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1425873
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   75
Bog'liq
IqtTahlilAudit Kaf 03 Мутахассисликка кириш

 
18-modda. Daromadlar va xarajatlarni hisobga olish 
Daromadlar va xarajatlar to‘langan vaqti va pul kelib tushgan sanadan qat’i 
nazar, qaysi davrga taalluqli bo‘lsa, o‘sha hisobot davrida buxgalteriya hisobi 
standartlariga muvofiq aks ettiriladi. 
O’zbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli 
jamg‘armalari budjetlarining ijrosi bo‘yicha daromadlar va xarajatlar budjet 
to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq aks ettiriladi. 
 
19-modda. Xususiy kapitalni hisobga olish 
Xususiy kapital ustav fondidan (ustav kapitalidan), qo‘shilgan, zaxira 
kapitalidan va taqsimlanmagan foydadan tarkib topadi.
Ustav fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlarida belgilangan hissalarning (pulda 
ifodalangan holdagi) yig‘indisini aks ettiradi. Ustav fondiga (ustav kapitaliga) 
hissalar shaklida kiritiladigan moddiy va nomoddiy aktivlar ta’sischilar 
(ishtirokchilar) o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra baholanadi, qonunda nazarda tutilgan 
hollarda esa, baholovchi tashkilot tomonidan baholanishi kerak. 
Qo‘shilgan kapital aksiyalarni nominal qiymatidan baland narxlarda dastlabki 
sotishdan olinadigan emissiya daromadini, shuningdek ekvivalenti chet el 
valyutasida ifodalangan ustav fondini (ustav kapitalini) shakllantirish jarayonida 
yuzaga keladigan kurs farqini aks ettiradi. 
Zaxira kapitali uzoq muddatli aktivlarni qayta baholashda hosil bo‘ladigan 
inflyatsiya zaxiralarini, qonun hujjatlarida va ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan 
miqdorlarda sof foydadan ajratmalarni, shuningdek tekinga olingan mol-mulkning 
qiymatini aks ettiradi. 


110 
Taqsimlanmagan foyda foydaning jamg‘arilayotganligini ifodalaydi va 
mulkdorlarning qaroriga binoan ustav fondiga (ustav kapitaliga) qo‘shilishi 
mumkin.
 
20-modda. Garovni hisobga olish 
O’zining yoki o‘zgalarning majburiyatlarini ta’minlash uchun garovga 
berilgan mol-mulkning qiymati, shu jumladan pul mablag‘lari buxgalteriya hisobi 
subyekti tomonidan boshqa aktivlardan alohida hisobga olinadi.
Garovga olingan mol-mulkning qiymati, garov sifatida qabul qilib olingan pul 
mablag‘lari va valyuta boyliklari alohida balansdan tashqari schyotlarda aks 
ettiriladi.

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling