M. S. Tulayev


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/75
Sana04.05.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1425873
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   75
Bog'liq
IqtTahlilAudit Kaf 03 Мутахассисликка кириш

 
21-modda. Ichki nazorat 
Ichki nazorat buxgalteriya hisobini yuritishda, moliyaviy va boshqa 
hisobotlarni tuzishda xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirishning qonuniyligini
iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini, aktivlarning but saqlanishini 
ta’minlash, talon-toroj qilish hollari va xatoliklarning oldini olish hamda aniqlash 
maqsadida buxgalteriya hisobi subyektining rahbari tomonidan qabul qilingan 
hisob siyosati asosida tashkil etilgan chora-tadbirlar tizimidir. 
Buxgalteriya hisobi subyekti ichki nazoratni tashkil etadi va amalga oshiradi. 
 
22-modda. Moliyaviy hisobot 
Moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi subyektining hisobot sanasidagi 
moliyaviy holati, hisobot davridagi faoliyatining moliyaviy natijasi va pul 
mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi tizimlashtirilgan axborotdan iboratdir. 
Yillik moliyaviy hisobot quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
buxgalteriya balansi; 
moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot; 
pul oqimlari haqidagi hisobot; 
xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot; 


111 
izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar. 
Xalqaro standartlar bo‘yicha tuziladigan moliyaviy hisobotga doir talablar 
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarida belgilanadi.
Buxgalteriya hisobi subyekti moliyaviy hisobotni tuzishda mustaqil balansga 
ajratilgan 
o‘z 
vakolatxonalarining, 
filiallarining 
va 
boshqa 
tarkibiy 
bo‘linmalarining buxgalteriya balanslarini hamda boshqa hisobot shakllarini 
kiritishi kerak. 
Moliyaviy hisobot hisobot yili boshidan ortib boruvchi yakun bilan tuziladi. 
Budjet tashkilotlarining moliyaviy hisoboti budjet to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlariga muvofiq tuziladi va taqdim etiladi. 
Moliyaviy hisobotning tarkibi va mazmuni O’zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi tomonidan belgilanadi. 
Banklar va boshqa kredit tashkilotlari moliyaviy hisobotining tarkibi hamda 
mazmuni O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi. 

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling