M. S. Tulayev


-modda. Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvi


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/75
Sana04.05.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1425873
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   75
Bog'liq
IqtTahlilAudit Kaf 03 Мутахассисликка кириш

11-modda. Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvi 
Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvi xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki 
boshqa auditorlik tekshiruvi buyurtmachilarining qaroriga binoan, qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda o‘tkazilishi mumkin. 
Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvining predmeti, muddatlari va boshqa 
shartlari auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi bilan auditorlik tashkiloti 
o‘rtasida tuziladigan auditorlik tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomada 
belgilab qo‘yiladi. 
12-modda. Xo‘jalik yurituvchi subyektning auditorlik 
tekshiruvi o‘tkazilayotgandagi huquq va majburiyatlari 
Auditorlik tekshiruvidan o‘tkazilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt quyidagi 
huquqlarga egadir: 
auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini olish; 
buxgalteriya hisobini yuritish, moliyaviy hisobotni tuzish tartibi to‘g‘risida 
hamda aniqlangan kamchiliklar va qoidabuzarliklarni to‘g‘rilash haqida 
auditorlardan maslahat va tavsiyalar olish. 
Auditorlik tekshiruvidan o‘tkazilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt: 


125 
auditorlik tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomada belgilangan 
muddatlarda auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun auditorga kerakli sharoitlarni 
yaratib berishi, unga zarur hujjatlarni taqdim etishi; 
auditorlik tekshiruvi davomida aniqlangan buxgalteriya hisobini yuritish
moliyaviy hisobot tuzish qoidalari hamda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni 
hisoblab chiqish tartibi buzilishlarini bartaraf etishi shart. 
Xo‘jalik yurituvchi subyekt ushbu qonunga muvofiq amalga oshirilayotgan 
auditorlik tekshiruvini o‘tkazishdan bosh tortish yoki unga xalaqit berish 
maqsadlarida u yoki bu harakatlarni (harakatsizlikni) sodir etishga haqli emas. 
Xo‘jalik yurituvchi subyekt qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga 
ega bo‘lishi va uning zimmasida o‘zga majburiyatlar bo‘lishi mumkin. 

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling