M. S. Tulayev
-modda. Auditorlik hisoboti
Download 1.52 Mb. Pdf ko'rish
|
IqtTahlilAudit Kaf 03 Мутахассисликка кириш
- Bu sahifa navigatsiya:
- 19-modda. Auditorlik xulosasi
18-modda. Auditorlik hisoboti Auditorlik hisoboti - auditorlik tekshiruvining borishi, buxgalteriya hisobini yuritishning belgilangan tartibidan aniqlangan chetga chiqishlar, moliyaviy hisobotdagi qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi mufassal ma’lumotlardan, shuningdek auditorlik tekshiruvi o‘tkazish natijasida olingan boshqa axborotdan iborat bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariga, mulkdoriga, qatnashchilari (aksiyadorlari)ning umumiy yig‘ilishiga yo‘llangan hujjat. Auditor hisobotida aniqlangan chetga chiqishlar va qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektning moliya-xo‘jalik faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar va takliflar mavjud bo‘lishi kerak. Agar auditorlik tekshiruvi xo‘jalik yurituvchi subyekt qatnashchilari (aksiyadorlari) yoki nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qilish organlari topshirig‘iga binoan auditorlik tashkiloti tomonidan o‘tkazilayotgan bo‘lsa, auditorlik hisoboti auditorlik tekshiruvi topshirig‘iga binoan o‘tkazilayotgan shaxsga ham taqdim etiladi. Auditorlik hisobotidagi axborot mahfiy hisoblanadi va oshkor qilinishi mumkin emas. Ushbu axborotdan foydalangan shaxslar axborotni oshkor qilganlik uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar. Auditorlik hisobotining har bir beti auditorlik tekshiruvini o‘tkazgan auditor (auditorlar) va auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolangan bo‘lishi kerak. 129 Auditorlik hisobotining shakli va mazmuni auditorlik faoliyatining standartlari bilan belgilanadi. 19-modda. Auditorlik xulosasi Auditorlik xulosasi - moliyaviy hisobotning to‘g‘riligi va buxgalteriya hisobi yuritish tartibining qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligi to‘g‘risida auditorlik tashkilotining fikri yozma shaklda ifodalangan, xo‘jalik yurituvchi cyb’ekt moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘lgan hujjat. Auditorlik xulosasi auditorlik hisoboti asosida tuziladi. Auditorlik xulosasi auditor (auditorlar), auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolangan va auditorlik tashkiloti muhri bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Auditorlik xulosasining shakli va mazmuni auditorlik faoliyatining standartlari bilan belgilanadi. Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling