M. S. Tulayev
-modda. Qasddan soxta tuzilgan auditorlik
Download 1.52 Mb. Pdf ko'rish
|
IqtTahlilAudit Kaf 03 Мутахассисликка кириш
- Bu sahifa navigatsiya:
- 21-modda. Auditorlik faoliyatini litsenziyalash
20-modda. Qasddan soxta tuzilgan auditorlik
hisoboti va auditorlik xulosasi Auditorlik tekshiruvini o‘tkazmay tuzilgan yoxud auditorlik tekshiruvi natijalari bo‘yicha tuzilsa-da, lekin auditorlik tekshiruvi davomida auditor (auditorlar) tomonidan olingan va o‘rganilgan xo‘jalik yurituvchi subyekt hujjatlari mazmuniga muvofiq bo‘lmagan auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi qasddan soxta tuzilgan hisoblanadi. Auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi qasddan soxta tuzilganligi auditorlik faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyaning amal qilishini belgilangan tartibda tugatishga, shuningdek aybdor shaxslar qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘ladi. 21-modda. Auditorlik faoliyatini litsenziyalash 130 Auditorlik faoliyati (professional xizmatlar bundan mustasno) maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosida amalga oshiriladi. Auditorlik tashkilotlariga auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya maxsus vakolatli davlat organi tomonidan beriladi. Bu organ: auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi normativ hujjatlarni, shu jumladan, auditorlik faoliyatining milliy standartlarini o‘z vakolatlari doirasida ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga auditorlik tashkiloti tomonidan rioya etilishini nazorat qiladi hamda uch yilda ko‘pi bilan bir marta mazkur masalalar yuzasidan tekshiruv o‘tkazadi. Mikrofirma va kichik korxonalar jumlasiga kiruvchi auditorlik tashkilotlarida tekshiruv rejali tartibda faqat nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha maxsus vakolatli organning qaroriga binoan to‘rt yilda ko‘pi bilan bir marta o‘tkaziladi; auditor malaka sertifikatini olish uchun da’vogarlarga malaka talablarini belgilaydi; auditorlarning respublika jamoat birlashmasi bilan kelishgan holda auditor malaka sertifikati olish uchun o‘quv dasturlarini va malaka imtihonlarini topshirish tartibini tasdiqlaydi; auditorlarning respublika jamoat birlashmasi ishtirokida auditor malaka sertifikatini olish huquqiga doir malaka imtihonini o‘tkazadi; auditorlik tashkiloti rahbarini uch yilda bir marta attestatsiyadan o‘tkazadi; qonun hujjatlarida belgilangan tartibda auditorlik faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyani qayta rasmiylashtiradi, auditorlik faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyaning amal qilishini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turadi, auditorlik faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyaning amal qilishini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lgan muddatga to‘xtatib turish yoki uning amal qilishini tugatish hamda litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida sudga murojaat qiladi, shuningdek litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, 131 tugatish va litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi; auditorning malaka sertifikatini beradi, qayta rasmiylashtiradi, bekor kiladi, uning amal qilishini uzaytiradi va tugatadi; malaka sertifikatiga ega bo‘lgan auditorlar reyestrining hamda auditorlik faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyaga ega bo‘lgan auditorlik tashkilotlarining hisobini yuritadi. Auditorlik tashkilotlariga auditorlik faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyalarni berish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Auditorlik faoliyatini litsenziyasiz amalga oshirganlik qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka olib keladi. Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling