126
Auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi auditorlik xizmatlari ko‘rsatish
to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq auditorlik tashkiloti xizmatlari haqini o‘z
vaqtida to‘lashi shart.
14-modda. Auditorlik faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘ymaslik
Auditorlik tashkiloti faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mustaqil auditorlik tekshiruvini amalga oshirishga to‘sqinlik qilish maqsadida
auditorlik
tashkilotiga, shuningdek uning xodimlariga istalgan shaklda ta’sir
ko‘rsatish qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
15-modda. Nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qilish
organlarining tashabbusiga ko‘ra auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish
Auditorlik tekshiruvi nazorat qiluvchi yoki
huquqni muhofaza qilish
organlarining tashabbusiga ko‘ra auditorlik tashkiloti va ushbu organlar o‘rtasida
tuzilgan shartnoma asosida o‘tkaziladi hamda unga mazkur shartnoma asosida haq
to‘lanadi.
Auditorlik tekshiruvini o‘tkazish bo‘yicha ishlarga haq to‘lash auditorlik
tekshiruvini belgilagan organ hisobidan amalga oshiriladi.
Aynan bir xil asoslarga ko‘ra aynan bir auditorlik tashkiloti aynan bir xo‘jalik
yurituvchi subyektning faoliyatini tekshirishga takror jalb etilishiga yo‘l
qo‘yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: