M. S. Tulayev
Download 1.52 Mb. Pdf ko'rish
|
IqtTahlilAudit Kaf 03 Мутахассисликка кириш
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-1-modda. Auditorning malaka sertifikati
- 4-modda. Auditorning yordamchisi
- 5-modda. Auditor tashkiloti
3-modda. Auditor
Auditor - auditor malaka sertifikatiga ega bo‘lgan jismoniy shaxsdir. Auditor mehnat shartnomasi bo‘yicha yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma bo‘yicha faqat bitta auditorlik tash kiloti bilan ishlashi mumkin. Auditor auditorlik tekshiruvini sifatsiz o‘tkazganligi, tijorat sirini oshkor etganligi hamda boshqa xatti-harakatlari oqibatida auditorlik tashkilotiga zarar yetkazganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq auditorlik tashkiloti oldida javobgar bo‘ladi. 3-1-modda. Auditorning malaka sertifikati 118 Auditorning malaka sertifikati - auditorning malakasini tasdiqlovchi va auditorlik tashkiloti nomidan auditorlik xizmatlari ko‘rsatish huquqini beruvchi hujjat. Auditorning malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish, bekor qilish, uning amal qilishini uzaytirish va tugatish tartibi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi 4-modda. Auditorning yordamchisi Auditorning yordamchisi auditor malaka sertifikatiga ega bo‘lmagan va auditorlik hisobotida, auditorlik xulosasida auditorning ekspert xulosasida hamda auditorlik tekshiruvini o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa rasmiy hujjatda imzo chekish huquqiga ega bo‘lmagan tarzda auditorning topshirig‘iga binoan auditorlik tekshiruvida ishtirok etayotgan jismoniy shaxsdir. Auditor yordamchisining mehnat shartlari qonun hujjatlarida qayd etilgan tartibda tuzilgan mehnat shartnomasi bilan belgilanadi. Auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda olingan ma’lumotlarni oshkor etmaslik majburiyati auditorning yordamchisiga nisbatan tatbiq etiladi. Auditor yordamchisi sifatida ishlangan vaqt auditorning malaka sertifikatini olish uchun zarur bo‘ladigan ish stajiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qo‘shiladi. 5-modda. Auditor tashkiloti Auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega bo‘lgan yuridik shaxsdir. Auditorlik tashkilotlari o‘z faoliyatini amalga oshirishda mustaqildir. Auditorlik tashkilotlari vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralari hamda boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari tomonidan tuzilishi mumkin emas. 119 Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi taqiqlanadigan boshqa shaxslar auditorlik tashkilotlarining muassislari bo‘la olmaydilar. Auditorlik tashkilotlari aksiyadorlik jamiyati ko‘rinishidan tashqari, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan istalgan tashkiliy-huquqiy shaklda tuzilishi va o‘z faoliyatini quyidagi majburiy shartlarga rioya etgan holda amalga oshirishi mumkin: auditorlik tashkiloti ustav kapitalining kamida ellik bir foizi mazkur auditorlik tashkilotining shtatdagi bir yoki bir necha auditoriga tegishli bo‘lishi kerak (auditorlik tashkiloti - chet el auditorlik tashkilotining filiali yoki shu’ba korxonasi tuzilgan hollar bundan mustasno). Auditor faqat o‘zi ishlaydigan bitta auditorlik tashkilotining muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishi mumkin; auditorlik tashkilotining shtat birligi tegishli malakaga ega bo‘lgan shtatdagi auditorlarning eng kam soniga doir qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak; auditorlik tashkilotiga faqat mazkur auditorlik tashkiloti asosiy ish joyi bo‘lgan auditor rahbar bo‘lishi kerak; auditor tashkilotining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ustav kapitali mavjud bo‘lishi kerak. Auditorlik tashkilotlari O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak. Adliya vazirligi auditorlik tashkilotlarining davlat reyestrini yuritadi. Ayditorlik tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va auditorlik tashkilotlarining davlat reyestrini yuritish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatini auditorlik xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiradi. Auditorlik xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma faqat auditorlik tashkiloti javobgarligining sug‘urta polisi mavjud bo‘lgan taqdirda tuziladi. 120 Auditorlik tashkiloti boshqa auditorlik tashkilotining muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishi mumkin emas. Auditorlik tashkilotining firma nomida "auditorlik tashkiloti" so‘z birikmasi ifodalanishi va mazkur nom boshqa auditorlik tashkilotlarining firma nomlari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga o‘xshash bo‘lgan belgilar bilan ko‘rsatilmasligi kerak. Ushbu modda talablariga javob bermaydigan yuridik shaxs o‘z nomida "auditorlik tashkiloti" so‘z birikmasidan foydalanishga haqli emas. Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling