M. S. Tulayev


-modda. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/75
Sana04.05.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1425873
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75
Bog'liq
IqtTahlilAudit Kaf 03 Мутахассисликка кириш

22-modda. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish 
Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda to‘xtatib turilishi mumkin: 
auditorlik tashkiloti litsenziya talablari va shartlarini buzganligi aniqlanganda
maxsus vakolatli davlat organining auditorlik tashkiloti zimmasiga aniqlangan 
qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarori auditorlik 
tashkiloti tomonidan bajarilmaganda. 
Maxsus vakolatli davlat organining litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib 
turish to‘g‘risidagi qarori auditorlik tashkilotiga yozma shaklda, qaror qabul 
qilingan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay yetkaziladi. Litsenziyaning 
amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi sud qarori auditorlik tashkilotiga va 
maxsus vakolatli davlat organiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda 
yetkaziladi. 
Maxsus vakolatli davlat organi yoki sud litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib 
turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etishi uchun auditorlik tashkilotiga muddat 
belgilashi shart. Maxsus vakolatli davlat organi litsenziyaning amal qilishini o‘n 
ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga, sud esa o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lgan 


132 
muddatga to‘xtatib turishi mumkin. Bunda litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib 
turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etishi uchun sud qarorida belgilangan 
muddat olti oydan ko‘p bo‘lishi mumkin emas. 
Auditorlik tashkiloti litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib 
kelgan holatlarni bartaraf etgan taqdirda, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib 
turish to‘g‘risida qaror qabul qilgan maxsus vakolatli davlat organi yoki sud 
ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi tasdiqnomani olgan kundan 
e’tiboran litsenziyaning amal qilishini tiklash to‘g‘risida uch kun muddat ichida 
qaror qabul qilishi shart.
Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish va tiklash to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi kerak. 
Maxsus vakolatli davlat organining litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib 
turish to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Sud 
litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishni asossiz deb topgan taqdirda, maxsus 
vakolatli davlat organi auditorlik tashkiloti oldida unga yetkazilgan zarar 
miqdorida javobgar bo‘ladi.

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling