M. S. Tulayev


-modda. Litsenziyani bekor qilish


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/75
Sana04.05.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1425873
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75
Bog'liq
IqtTahlilAudit Kaf 03 Мутахассисликка кириш

24-modda. Litsenziyani bekor qilish 
Litsenziya quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin: 
auditorlik tashkiloti litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida ariza bilan murojaat 
qilganda; 
litsenziya soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti 
aniqlanganda; 
agar auditorlik tashkiloti litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi 
haqida xabarnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan e’tiboran uch oy ichida 
maxsus vakolatli davlat organiga litsenziya berganlik uchun davlat boji 


134 
to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmagan yoki litsenziya shartnomasini 
imzolamagan bo‘lsa. 
Ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan holda 
litsenziyani bekor qilish sud qaroriga, boshqa hollarda esa maxsus vakolatli davlat 
organining qaroriga binoan amalga oshiriladi. 
Maxsus vakolatli davlat organining litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi 
qarori auditorlik tashkilotiga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran 
uch kundan kechiktirmay yetkaziladi. Litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi sud 
qarori auditorlik tashkilotiga va maxsus vakolatli davlat organiga qonun 
hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi. Auditorlik tashkiloti litsenziyani 
bekor qilish to‘g‘risidagi qarorni olgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida litsenziya 
maxsus vakolatli davlat organiga qaytarilishi va yo‘q qilinishi kerak. 
Litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi ma’lumot ommaviy axborot 
vositalarida e’lon qilinishi kerak. 
Litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, litsenziya u 
berilgan sanadan e’tiboran bekor qilingan deb hisoblanadi. 
Maxsus vakolatli davlat organining litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi 
qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Sud litsenziyani bekor qilishni 
asossiz deb topgan taqdirda, maxsus vakolatli davlat organi auditorlik tashkiloti 
oldida unga yetkazilgan zarar miqdorida javobgar bo‘ladi.

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling