M. S. Tulayev


-modda. Auditorlik tekshiruvi o‘tkazishdagi cheklovlar


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/75
Sana04.05.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1425873
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   75
Bog'liq
IqtTahlilAudit Kaf 03 Мутахассисликка кириш

16-modda. Auditorlik tekshiruvi o‘tkazishdagi cheklovlar 
Quyidagilarga auditorlik tekshiruvi o‘tkazish taqiqlanadi: 
tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbarlari va (yoki) boshqa 
mansabdor shaxslari bilan yaqin qarindosh bo‘lgan shaxsga; 
tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektda mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy 
manfaatlari bo‘lgan shaxsga; 


127 
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, shuningdek xo‘jalik 
boshqaruv organlarining mansabdor shaxslariga
tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt xodimiga; 
auditorlik tashkilotlariga va auditorlarga: 
a) mazkur auditorlik tashkilotining mulkdorlari, qatnashchilari, kreditorlari, 
sug‘urtalovchilari bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan, shuningdek 
ushbu auditorlik tashkilotlari va auditorlar ularga nisbatan mulkdorlar, 
qatnashchilar, aksiyadorlar bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan;
b) mulkdori, qatnashchisi, aksiyadori shuningdek buxgalteriya hisobini tashkil 
etish va yuritish hamda moliyaviy hisobotlar tuzish uchun javobgar bo‘ladigan 
shaxs ayni bir paytning o‘zida ushbu auditorlik tashkilotining mulkdori, 
qatnashchisi bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektga nisbatan;
v) mazkur xo‘jalik yurituvchi subyektga auditorlik tekshiruvi qamrab 
oladigan davrda ushbu Qonun 17-moddasi birinchi qismining ikkinchi, uchinchi va 
sakkizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan professional xizmatlar ko‘rsatganlar;
g) xodimi bir vaqtning o‘zida mazkur auditorlik tashkilotining xodimi bo‘lgan 
xo‘jalik yurituvchi subyektga nisbatan.
Auditorlik tashkiloti aynan bir xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyatini 
ketma-ket uch yildan ortiq auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishga haqli emas. 
 
17-modda. Auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlari 
Auditorlik tashkilotlari quyidagi professional xizmatlarini ko‘rsatishlari 
mumkin: 
buxgalteriya hisobini yo‘lga qo‘yish, qayta tiklash va yuritish; 
moliyaviy hisobotni tuzish; 
milliy moliyaviy hisobotni buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga 
o‘tkazish; 
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish; 
buxgalteriya hisobi, soliq solish, rejalashtirish, menejment va moliya-xo‘jalik 
faoliyatining boshqa masalalari yuzasidan konsalting xizmati


128 
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblar va 
deklaratsiyalarni tuzish; 
xo‘jalik yurituvchi subyekt taftish komissiyasining (taftishchisining) 
vazifalarini amalga oshirish.
Auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatining milliy standartlarida nazarda 
tutilgan boshqa professional xizmatlarni ham ko‘rsatishlari mumkin. 

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling