94
Ushbu Konseptual asos moliyaviy hisobotni tashqi foydalanuvchilar
uchun tayyorlash va taqdim etishning asoslari bo‘lib xizmat qiladigan
konsepsiyalarni belgilaydi. Konseptual asosning maqsadi quyidagilar:
(a) kelgusida yangi MHXSlarni ishlab chiqish va mavjud MHXSlarni qayta
ko‘rib chiqishda Kengashga yordam berish;
(b) MHXSlarda ruxsat etilgan muqobil yondashuvlar
sonini kamaytirishning
asoslarini ta’minlash orqali moliyaviy hisobotlarni taqdim etish bilan bog‘liq
bo‘lgan qoidalar, buxgalteriya hisobi standartlari va tartiblarining uyg‘unlashishini
jaddalashtirishda Kengashga yordam berish;
(v) milliy standartlarni o‘rnatadigan idoralarga milliy standartlarni ishlab
chiqishda (takomillashtirishda) yordam berish;
(g) moliyaviy hisobotlarni tayyorlaydigan tadbirkorlik subyektlariga MHXSni
qo‘llashda va MHXSda shu paytgacha o‘z
aksini topmagan BOBlardagi
masalalarni yechishda yordam berish;
(d) auditorlarga moliyaviy hisobotlarning
MHXSga muvofiqligi yoki
nomuvofiqligi to‘g‘risidagi xulosani shakllantirishda yordam berish;
(e) MHXSga muvofiq tayyorlangan moliyaviy hisobotlarda aks ettirilgan
ma’lumotlarni talqin qilishda moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilarga yordam
berish; va
(j) MHXS bo‘yicha Kengash olib borayotgan faoliyatga qiziqish bildiradigan
tomonlarni MHXSni ishlab chiqishda u tomonidan qo‘llanilgan
yondashuv
to‘g‘risidagi ma’lumot bilan ta’minlash.
95
6-rasm. Moliyaviy hisobotning konseptual asoslari MHXS
8
Do'stlaringiz bilan baham: