101
Ilovalar
O’ZBEKISTON
RESPUBLIKASINING QONUNI
BUXGALTERIYA HISOBI TO‘G‘RISIDA
(yangi tahriri)
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi buxgalteriya
hisobini tashkil etish, yuritish va
hisobotni tuzish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa
qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O’zbekiston
Respublikasining buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi
qonun hujjatlarida nazarda
tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari
qo‘llaniladi.
3-modda. Buxgalteriya hisobining asosiy prinsiplari
Uzluksizlik, ishonchlilik, ko‘rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi
buxgalteriya
hisobining asosiy prinsiplaridir.
4-modda. Buxgalteriya hisobi
Buxgalteriya hisobi barcha xo‘jalik operatsiyalarini yaxlit, uzluksiz, hujjatlar
asosida hisobga olish yo‘li bilan buxgalteriya axborotini yig‘ish, qayd etish va
umumlashtirishning
tartibga solingan tizimidan, shuningdek uning asosida
moliyaviy va boshqa hisobotni tuzishdan iboratdir.
Buxgalteriya hisobi xo‘jalik operatsiyasini buxgalteriya
hisobining kamida
ikkita schyotida bir vaqtda va o‘zaro bog‘liq holda pulda baholab aks ettirish yo‘li
bilan ikki yoqlama yozuv usulida yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: