M. S. Tulayev


Hisob va reja ko‘rsatkichlarining birligi


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/75
Sana04.05.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1425873
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
Bog'liq
IqtTahlilAudit Kaf 03 Мутахассисликка кириш

Hisob va reja ko‘rsatkichlarining birligi. Bu birlik reja ko‘rsatkichlarini 
hisob ko‘rsatkichlari bilan solishtirish va reja topshiriqlarining bajarilish darajasini 
aniqlash uchun zarurdir. Undan tashqari, hisob ma’lumotlaridan reja tuzishda 
foydalanilar ekan, bu o‘z navbatida hisob va reja ko‘rsatkichlarining birligini ham 
taqoza qiladi. 


16 
Hisobning aniq va to‘g‘riligi. Bu talab shuni bildiradiki, hisob ma’lumotlari 
to‘g‘ri bo‘lishi, haqiqatni to‘g‘ri va aniq aks ettirishi kerak. U faqat xo‘jalikdagi 
mavjud yutuqlarni emas, balki kamchiliklarni ham aks ettirishi lozim. 
Hisobning oddiy va tushunarli bo‘lishi. Hisob ko‘rsatkichlari oddiy va 
ko‘pchilik uchun tushunarli bo‘lishi kerak, bu esa xo‘jalikni boshqarishda har bir 
xodimga hisob ma’lumotlaridan foydalana olish imkoniyatini beradi. 
Hisobning tejamkorligi. Hisobning oldiga qo‘yilgan bu talabga hisob 
ishlarini uzluksiz takomillashtirish va soddalashtirish, hisobni olib borishning 
yangi, oqilona va arzon usullarini joriy qilish hamda boshqaruv apparatini 
qisqartirish yo‘li bilan erishish mumkin. 
Hisob ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirish. Hisob xo‘jalik faoliyati ishlari 
to‘g‘risidagi kerakli ma’lumotlar bilan korxona ma’muriyatini o‘z vaqtida 
xabardor qilib turishi kerak. Shunday qilingandagina korxona faoliyatida ro‘y 
bergan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf qilish va shu faoliyatni yaxshilash 
uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlarni amalga oshirish imkoniyati tug‘iladi. 
Xo‘jalik ishlariga rahbarlik va nazorat olib borish uchun hamma ishlarini 
hisobga olish maqsadida miqdoriy ifodalash va sifat jihatdan tavsiflash zarurdir. 
Shuning uchun hisob ma’lumotlari son ko‘rsatkichlarida ifodalanadi. Xo‘jalik 
hisobini yuritishda natura, mehnat va pul o‘lchov birliklari ishlatiladi. 

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling