M. S. Tulayev
Download 1.52 Mb. Pdf ko'rish
|
IqtTahlilAudit Kaf 03 Мутахассисликка кириш
- Bu sahifa navigatsiya:
- Statistika hisobi
Buxgalteriya hisobi – barcha xo‘jalik operatsiyalarini yaxlit, uzluksiz,
hujjatlar asosida hisobga olish yo‘li bilan buxgalteriya axborotini yig‘ish, qayd etish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimidan, shuningdek uning asosida moliyaviy va boshqa hisobotni tuzishdan iboratdir (qarang 1.1. - rasm). 18 1.1. Rasm. Buxgalteriya hisobi axborot tizimi sifatida 1 . Buxgalteriya hisobi xo‘jalik operatsiyasini buxgalteriya hisobining kamida ikkita schyotida bir vaqtda va o‘zaro bog‘liq holda pulda baholab aks ettirish yo‘li bilan ikkiyoqlama yozuv usulida yuritiladi. Buxgalteriya hisobida turli o‘lchov birliklari qo‘llaniladi va bu o‘lchovlardagi ma’lumotlar pul o‘lchoviga o‘tkaziladi. Buxgalteriya hisobida barcha xo‘jalik operatsiyalari hujjatlarda rasmiylashtiriladi. Buxgalteriya hisobida ham operativ va statistika hisobi kabi barcha o‘lchov birliklari - natura, mehnat va pul o‘lchov birliklari qo‘llaniladi. Buxgalteriya hisobining umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarni olish maqsadida buxgalteriya hisobining barcha obyektlari, garchi ular natura va mehnat o‘lchov birliklarida aks ettirilgan bo‘lsa ham pul o‘lchov birliklariga o‘tkaziladi. Shuning uchun gohida buxgalteriya hisobini pul hisobi ham deb aytiladi. Statistika hisobi - jamiyatimizda yuz berayotgan ommaviy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hodisalarni o‘rganish va nazorat qilish tizimidan iboratdir. Xo‘jalik hisobining bu turi butun davlat iqtisodiyotini va uning tarmoqlarining rivojlanish jarayonini o‘rganishga yo‘naltirilgan. Uning obyekti alohida korxona, tashkilot, davlat iqtisodiyoti yoki uning biror tarmog‘i bo‘lishi mumkin. Statistik hisob o‘rganayotgan obyekti va qo‘yilgan maqsadiga qarab natura, mehnat va pul o‘lchov birliklaridan, umumlashgan ko‘rsatkichlarni olish uchun operativ va buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan keng ma’noda foydalaniladi. 1 Muallif tomonidan ishlab chiqilgan. Q aror qabul qiluvchi shaxslar Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling