M. S. Tulayev


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/75
Sana04.05.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1425873
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   75
Bog'liq
IqtTahlilAudit Kaf 03 Мутахассисликка кириш

Natura o‘lchovi hisobga olinayotgan narsaning harakatini, masalan, material, 
mahsulot va boshqalarni natura holida ifodalash uchun xizmat qiladi (kg, metr, 
kub, dona va h.k.). Natura o‘lchov birliklari moddiy qiymatliklarni hisoblash
tortish va o‘lchash natijasida olingan ma’lumotlarni hisobga olish, ularning miqdor 
va sifat o‘zgarishlari ustidan nazorat olib borish uchun qo‘llaniladi. 
Mehnat o‘lchovi ma’lum mahsulotni ishlab chiqarish yoki boshqa biron ishni 
bajarish uchun sarflangan ish vaqtini aniqlash uchun xizmat qiladi. Bu o‘lchovga 
misol qilib kishi-kun, kishi-soatni keltirish mumkin. Mehnat o‘lchovi yordamida 
mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlari, korxona xodimlarining ish haqi hisoblab 
chiqiladi, ishchilarning ishlab chiqarish normalari belgilanadi va nazorat qilinadi. 
Bu o‘lchov birlik natura o‘lchov birliklari bilan birgalikda qo‘llaniladi. 


17 
Pul o‘lchovi yordamida xo‘jalikdagi mablag‘lar va ularning tashkil topish 
manbalari hamda xo‘jalik jarayonlarini hisobga olish va ular ustidan nazorat 
o‘rnatish maqsadida umumlashgan ma’lumot olish uchun hisob obyektlarini 
yagona bir xil ifodalashda, korxona xo‘jalik faoliyati natijasini aniqlash, ishlab 
chiqarishga sarflangan barcha xarajatlarni hisoblash, mahsulot tannarxini 
aniqlashda qo‘llaniladi. Bu o‘lchov birlik vazifasini Respublikamizda so‘m va 
uning birligi tiyin bajaradi. 
Iqtisodiyotda hisobning quyidagi uch turi mavjud. Operativ hisob
buxgalteriya hisobi va statistika hisobi. Ularning har biri o‘zining aniq obyektlari, 
vazifalari va xususiyatlariga ega. 
Operativ hisob – rahbarli qilish yoki xo‘jalik jarayonlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
ta’sir qilishi uchun xo‘jalik jarayonlarini kuzatish va nazorat qilish tizimiga 
aytiladi. Bu hisobda o‘lchov birliklarining hamma turlari qo‘llanilishi va hujjatlar 
bilan rasmiylashtirish talab qilinmasligi hamda xo‘jalik jarayonining ayrim 
qismlarini qamrab olishi mumkin. Shu bilan birga uning bu axboroti yetarli 
darajada to‘g‘ri bo‘lishi kerak. Chunki, unga qarab sodir bo‘lgan o‘zgarishlarning 
hajmi va tavsifi haqida ishonchli xulosa qilib, to‘g‘ri boshqaruv, investitsion va 
moliyaviy qarorlarni qabul qilish mumkin bo‘lishi kerak. 
Zamonaviy buxgalter tomonidan tayyorlangan axborot qaror qabul 
qiluvchilarning manfaati uchun xizmat qiladi. 

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling