M. S. Tulayev
Download 1.52 Mb. Pdf ko'rish
|
IqtTahlilAudit Kaf 03 Мутахассисликка кириш
O‘
lchash Axborotlarni qayd qilish bilan amalga oshiriladi Q ayta ishlov berish Axborotlarni saqlash va tayyorlash bilan amalga oshiriladi Uzatish Moliyaviy hisobotni taqdim qilish bilan amalga oshiriladi Axborotlar Ma’lumotlar X o‘jalik faoliyati 19 Statistik hisob vazifalari bilan buxgalteriya va operativ hisob yuritish uzviy bog‘langandir. Shuning uchun ham xo‘jalik hisobida statistika hisobi tashkil qiluvchi rol o‘ynaydi. Statistika hisobining ko‘rsatkichlarini hisoblab chiqish uchun ham barcha mavjud o‘lchov birliklar – natura, mehnat va pul o‘lchov birliklaridan o‘rganilayotgan hodisaning mazmuni va qo‘yilgan vazifalariga qarab foydalaniladi. Respublikadagi amaldagi qonunchilikka asosan buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni buxgalteriya hisobi subyektining rahbari amalga oshiradi 2 . Buxgalteriya hisobi subyektining rahbari quyidagi huquqlarga ega: buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari boshchiligida buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil etish yoki shartnoma asosida jalb qilingan buxgalter xizmatidan foydalanish; buxgalteriya hisobini yuritishni ixtisoslashtirilgan tashkilotga (auditorlik tashkilotlari, soliq maslahatchilari tashkilotlari va ustavida buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish nazarda tutilgan boshqa tashkilotlar) shartnoma asosida yuklash; buxgalteriya hisobini mustaqil yuritish. Buxgalteriya hisobi subyektining rahbari: hisob siyosati, ichki hisob va hisobot tizimi ishlab chiqilishini; ichki nazorat tartibini; buxgalteriya hisobi to‘liq va ishonchli yuritilishini; hisob hujjatlarining but saqlanishini; moliyaviy hisobotning tayyorlanishini; soliq hisobotining va boshqa moliyaviy hujjatlarning tayyorlanishini; hisob-kitoblar o‘z vaqtida amalga oshirilishini; ushbu Qonun 12-moddasining talablariga rioya etilishini ta’minlashi shart. 2 “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni 11-modda, 2016 yil 13 aprel 20 Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda quyidagilarni xulosa qilish mumkin. Buxgalteriya hisobi bo‘yicha bilimlarga nafaqat professional buxgalter balki korxona rahbari ham ega bo‘lishi lozim. Buxgalteriya hisobi va iqtisodiy tahlil bilim asoslariga ega bo‘lishlik, tavakkalchilikni kamaytirishga, bozor iqtisodiyotining asosiy yo‘nalishlari bilishga, o‘z vaqtida boshqaruv va investitsion qarorlarni qabul qilishga asos bo‘ladi. Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling