M. S. Tulayev


-modda. Auditor malaka sertifikatini bekor qilish


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/75
Sana04.05.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1425873
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75
Bog'liq
IqtTahlilAudit Kaf 03 Мутахассисликка кириш

26-modda. Auditor malaka sertifikatini bekor qilish 
Auditor malaka sertifikati quyidagi hollarda bekor qilinadi: 
maxsus vakolatli davlat organining auditorga malaka sertifikatini berish 
to‘g‘risidagi qarori noqonuniy ekanligi aniqlanganida
sertifikat 
soxta 
hujjatlardan 
foydalangan 
holda 
olinganligi 
fakti 
aniqlanganida. 
Malaka sertifikatini bekor qilish to‘g‘risidagi qaror auditor malaka ceptifikati 
berilgan sanadan e’tiboran amal qiladi. 
Maxsus vakolatli davlat organining auditor malaka sertifikatini bekor qilish 
to‘g‘risidagi qarori ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat 
qilinishi mumkin. 
Ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan 
asoslarga ko‘ra malaka sertifikati bekor qilingan shaxs auditor malaka sertifikatini 
bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch yil mobaynida 
malaka sertifikati olish to‘g‘risidagi ariza bilan takroran murojaat qilishga haqli 
emas.
27-modda. Auditorlarning respublika jamoat birlashmasi 
Auditorlarning respublika jamoat birlashmasi auditorlarning ixtiyoriy 
asoslarda birlashtiradigan nodavlat notijorat tashkilotidir. 
Auditorlarning respublika jamoat birlashmasi auditorlarning malaka 
darajasini rivojlantirishga va saqlab turishga, ularning kasbiy manfaatlari 
himoyalanishiga ko‘maklashishga da’vat etilgandir. 
Auditorlarning respublika jamoat birlashmasi:
auditorlarning ta’lim dasturlarini va auditorlik malaka sertifikatini olish 
huquqiga doir malaka imtihonlarini topshirish tartibini ishlab chiqishda;


137 
auditorlar malaka sertifikatini olish huquqiga doir malaka imtihonlarini 
o‘tkazishda; 
auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan 
takliflar tayyorlashda; 
auditorlik tashkilotlari faoliyatini majburiy reyting baholashni tashkil 
qilishda ishtirok etadi.

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling