M to`Raqulov 5620500 «Qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va ularni dastlabki qayta ishlash texnologiyasi»


-rasm gidrotransportyordagi yengil fraksiyalarni tutib qoluvchi moslama (botvalovushka)


Download 178.43 Kb.
bet22/36
Sana27.07.2023
Hajmi178.43 Kb.
#1662937
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36
Bog'liq
Ildiz mevalarni saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi-fayllar.org

8-rasm gidrotransportyordagi yengil fraksiyalarni tutib qoluvchi moslama (botvalovushka)

9-rasm gidrotranportyordagi lavlagi oqimini nazorat qilib turuvchi moslama (sheber)
Pastdagi lavlagi suv aralashmasi lavlagi nasosi (9) yordamida yuqoridagi gidrotransportyorga (10) uzatilib qaytadan yana toshushlagich (11), palak ushlagich (12) va qum ushlagichda (13) tozalanadi. Og‘ir aralashmalar axlatga olib borib tashlanadi, yengillari esa jomga qo‘shiladi. Shundan keyin lavlagi suv aralashmasi diskali suv ajratgich (14) va lavlagi yuvish mashinasidan (15) o‘tkaziladi.

10-rasm. Qand lavlagini zavodga tashish va turli aralashmalardan tozalash tizimi sxemasi.
Suv ajratgichda ildizmevalar suvda yuvish tranporterlaridan bo‘lingan lavlagilardan, qum va mayda toshlardan xolis bo‘ladi. Ular yuvish dastgoxidan ikkinchi suv ajratgichga (20) kelib tushib forsunka yordamida xlorlangan suv bilan chayiladi.tozalangan lavlagi elevator (21) (yoki lentali transportyor) yordamida nazorat transportyoriga (22) ko‘tariladi, u yerda elektromagnitli separator (23) da ferromagnitli aralashmalar ushlab qolinib lavlagini qirqish dastgoini yuqorsida joylashgan avtomat (24) taroziga kelib tushadi. Bo‘lingan lavlagilar yuvilgan suv bilan ajratgichdan rotatsion dumlarni ushlagich dastgoiga (16) uzatiladi. Tutib qolingan, bo‘lingan lavlagilar rezinali supurgi yordamida rotorli navlarga ajratish jixozlariga (17) chiqariladi. Qirqilgan va mayda – mayda teshilgan rezina lenta orasida xom ashyo dumalab yuvgichga (19) tushadi, turli o‘simlik aralashmalari yuqoriga ko‘tarilib transportyorga (19) tashlanadi. Bo‘lingan lavlagilar nasos yordamida elevator (21) yordamida qayta ishlashga tayyorlangan lavlagiga uzatiladi va dastlabgi ishlov berish ishlari boshlanadi.

Lavlagini ko‘tarish. Lavlagiga dastlabki ishlov berish bo‘limida turli aralashmalarni lavlagidan ajratish uchun dastgohlarni iloji boricha maksimal zavodni birinchi qavat polidan yuqoriroqga joylashtirilishi lozim. Shunday qilinsa oraliq transport vositalarini sonini kamaytirish imkonini beradi. Lavlagilarni yuqoriga ko‘tarish uchun ishchi g‘ildirakni aylanishi (rotor) 370 – 500 min–1 teng keladigan markazdan qochuvchi nasoslar qo‘llaniladi. Bundan tashqari lavlagilarni transportirovka qilishda zaxalanish miqdorini kamaytirish uchun tipovoy lavlagi nasoslari, ko‘tarish quvurli o‘tkazgich, avo taqsimlovchi quti, kompressor havo to‘plovchi jixozlaridan tashkil topgan kombinatsiyalangan gidropnevmatik ko‘targich ishlab chiqargan. Lavlagi bilan qo‘o‘shilib keladigan turli aralashmalar xar xil zichligda va shaklda bo‘lishi mumkin. Ularni ikki guruxga ajratish mumkin: 1 – yengil (yuqorida suzib turuvchi) zichligi birdan kichik (palak, begona o‘tlar, xashak). 2–zichligi birdan og‘ir aralashmalar (tosh, qum, temir parchalari, g‘isht, shlak). Yuqorida suzib turuvchi aralashmalar lavlagi ildizlaridan oson qiynalmasdan ajratib olinadi.
Suvli lavlagi aralashmasidan yengil, og‘ir aralashmalar bo‘lingan lavlagilar aloxida – aloxida tutib qolinadi. YA’ni bo‘lingan lavlagilar qaytadan ishlab chiqarishga qaytariladi, palagi va o‘simliklar aralashmalari – jomga, og‘ir aralashmalarni – axlat tashlash joyiga yuboriladi. Pastki gidrotransportyorni lotokidan yengil aralashmalarni tutib qolish uchun aralashmalarni ma’lum balandlikga ko‘tara oladigan to‘g‘riburchakli to‘rt valli palak ushlagich o‘rnatiladi, yuqoridagi gidrotransportyorga – to‘g‘riburchakli ikki valli polak ushlagich qo‘yiladi.
Diffuzion apparatlarni uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun lavlagini, yuvish joyiga yetkazishni boshqarib turish zarur. Buning uchun asosiy gidrotronsportyorga lavlagi oqimini boshqarib turadigan shiberlarni bittasi pastki gidrotransportyorni boshlanishiga, ikkinchisi yuqori gidrotransportyorni oxiriga lavlagi yuvish dastgoxini oldiga o‘rnatiladi. Shiberlarni boshqarishni yuvish bo‘limidagi operator amalga oshiradi. Boshqaruvchi shiberlar va to‘sib turuvchi reshetkalarni (to‘rlarni) vazifasi lavlagi oqimini ma’lum intervalda boshqarish xisoblanadi. Biroq bu vazifani xar doim ham aniq amalga oshirib bo‘lmaydi. Shuning uchun nasbatan uzluksiz ravishda aniq lavlagini zavodga yetkazish, asosan lavlagini yetkazib beruvchilarni, omborxona mexanizmlarini ishini aniq tashkil etish, hamda lavlagi bilan ta’minlovchi ishchilar va lavlagi yuvuvchi operator o‘rtasida doimiy radioaloqani mustaxkam o‘rnatish orqali ta’minlanadi. Ildizmevalarni yuvuvchi dastgoxga uzatishda diskali suv ajratgichda transportyorli yuvuvchi suvni ajratiladi.

Download 178.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling