M. X. Baybayeva Nizomiy nomidagi tdpu "Pedagogika" kafedrasi


Download 0.96 Mb.
bet31/107
Sana06.04.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1333271
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   107
Bog'liq
2-курс ТИМ МАЖМУА 2022-2023

Birinchisi yondoshish-pedagogik mehnat uslublarini tushunish bilan boѓliq.
Ikkinchi yondoshish-esa, tarbiya berishdagi yetakchi rol uslubga emas, balki pedagogning shaxsiga mansubdur. Ammo uslubni pedagog shaxsidan ajratmaslik tufayli, bu yerda hech qanday qarama-qarshiliklar yo‘q, farqi mahoratga qarash nuqtai nazariga boѓliq, uslubga uni vujudga keltiruvchi shaxs orqali yoki pedagogning shaxsiga u vujudga keltirayotgan uslub orqali qarash mumkin. Mahoratga ega bo‘lish uchun ko‘p narsani bilish va uddalash kerak: tarbiya berish qonunlari va tamoyillarini bilishi, o‘quv-tarbiya jarayonining samarali texnologiyalaridan mukammal foydalanishni, har qanday aniq vaziyatlarni to‘ѓri tanlash, tashxis qo‘yish, jarayonning berilgan daraja va sifatini loyihalashni bilish. «Bizning pedagogik faoliyatimizda bir narsani yechish natijasi mahoratga boѓliq»- deb yozadi professor Yu.P.Azarov-«Ammo mahorat tamon yo‘l o‘qituvchi uchun uzoq va qiyin bo‘ladi»* A.S.Makarenko, pedagogik mahorat tarbiyachining ovozini har xil o‘zgartira olishi va o‘zining yuzi bilan boshqarishga boѓliq -deb aytadi. O‘z mimikasiga ega bo‘lishi kerak, va kerak bo‘lganda o‘z yuziga turli ifodalar bera olishi lozim.
Tarbiyachi o‘z kayfiyatiga ham ega bo‘lishi kerak, quvnoq, ѓazablangan bo‘lishi lozim, hazil qilishni, harakatli yurishlarni tashkil etishni ham bilishi lozim. «Tarbiyachi o‘zini shunday tutish kerakki, uning har qanday harakati tarbiyaviy xususiyatga ega bo‘lmoѓi kerak va u hozirgi daqiqada nimani istardi va nimani istamas edi-barchani bilish kerak. Agar tarbiyachi ularni bilmasa, qanday u tarbiya bera oladi?»**
Ocherklarini birida A.S.Makarenko adabiyot o‘qituvchisi Mefodiy Vasilevich Nesterov haqida so‘zlab berdi. U o‘quvchilarga qattiq ta’sir etardi. O‘quvchilarga qahramonlik voqealarini so‘zlagan choѓida sodda nutq bilan gapirar edi, ammo mimikasida shunchalik tuѓu bor ediki, o‘quvchilar uning yuzidan ko‘zlarini uzaolmas edilar.
Shunday qilib o‘qituvchining mahorati avvalo o‘quv jarayonini shunday tashkil etish mahoratidirki, har qanday qulay emas sharoitda ham o‘quvchilarning tarbiyasi, bilimi va rivojlanishi saviyasiga erishish mumkinligidadir. Xaqqoniy o‘qituvchi har qanday savolga nostandart javob bera oladi, o‘quvchining ko‘ngliga o‘zgacha yo‘l topa oladi, fikrini to‘liq namoyon eta oladi. Bunday o‘qituvchi o‘z fanini chuqur biladi, o‘qitadigan fanining ilmiy rivojlanish istiqbolini, zamonaviy adabiyot, madaniyat, sport yangiliklaridan xabardor, halqaro voqealarni tahlil eta oladi, tarbiyalanuvchilarning sevimli ommabop jurnallarini muntazam o‘qib boradi. Bilimning o‘zi yetarli emas. O‘qituvchi o‘zining fanini yaxshi ko‘rish, yaxshi bilishi mumkin, ammo o‘quvchilarga bilimlarini yetkaza olmasligi mumkin.Shunday qilib, mahoratli o‘qituvchi-bu zamonaviy o‘qitish uslublariga mukammal ega bo‘lgan pedagog. Buni o‘rgansa bo‘ladimi? Ko‘p mahoratli o‘qituvchilar tajribasi mumkin, deb javob beradi. O‘qituvchilarning aksariyati-xohish va o‘ziga xos sharoitlar uyushtirilgan holda zamonaviy o‘qitish uslublarini orttirish imkoniga ega.Buning yo‘li oson emas, u muttasil qizѓin mehnatni talab qiladi. Bu yo‘lning pallalari quyidagilar: mahoratli o‘qituvchilarning ishini kuzatish, mustaqil o‘qish, maxsus adabiyotlarni o‘rganish, o‘zining ishiga o‘qitishning yangi usullarini kiritish, o‘ziga o‘zi baho berish. Albatta boshqa o‘qituvchining tajribasini yuzaki qabul qilib olish mumkin emas. O‘qituvchining san’ati ayniqsa darsdagi tushuntirishida namoyon bo‘ladi. Tajribali o‘qituvchi o‘quvchilarni dasturga kiradigan materiallarni darsda o‘zlashtirishga erishadi. Tajribali o‘qituvchilarning muvaffaqiyatining siri- o‘quvchilarni faoliyatini boshqarish mahoratida. Mahoratli o‘qituvchi bilim, berish jarayonida direjyorlik qilgani kabi, o‘quvchilarni materialni faol o‘zlashtirishini ta’minlab ularning ishlarini boshqarishga qodirdir. O‘qituvchi mahoratining yana bir ko‘rsatgichi- bu o‘quvchilar faoliyatini kuchaytira bilish, ularning qobiliyati, mustahkamligi, sinchkovligini mukamallash mahoratidir. Mahoratli o‘qituvchi o‘quvchilarni darsda fikr yuritish, o‘ylashga majbur qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim, buning uchun ta’lim jarayonining faoliyatini kuchaytirish kerak, ya’ni turli xil dars berish usullaridan foydalanishi kerak. Pedagogning mahoratini yana bir tarkibiy qismi- ta’lim jarayonida samarali tarbiyaviy ishlarni o‘tkazish, o‘quvchilarda yuksak ahloqni, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, mustaqillik xislatlarini shakllantirish O‘qituvchining mahorati ko‘pincha uning mehnati va sanatiga boѓliqdir. K.S.Stanislavskiy aktyorning faoliyatini tahlil qilib shunday degan edi, «Nima qilmoq kerak?» Miyaning mahsuli, «qanday qilish kerak?» beihtiyor, bilar-bilmas, odatdagi narsaning mahsulidir. Bundan savol tuѓiladi: ho‘sh, bu « beihtiyor, bilar – bilmas narsa» ning chuqur manoli sohasi nimadan iborat? Aktyorning sistemali ravishda o‘z ustida ishlashidan boshqa narsa emas – bu narsa keyin sanatning buyuk inomi deb ataladi. Har qanday ijodkorlik, buning ustiga pedagogik ijodkorlik quruq joyda, faqt hissiy reaksiyalar asosida boshlanishi mumkin emas. Tarbiya sanatida o‘zining pedagogik texnikasi, o‘zining bir qolipdagi mehnat madaniyati borki, ularni bilib olishga qaratilishi kerak. Biroq xali hech kim oliy o‘quv yurtida o‘qib yoki o‘qituvchilar malakasini oshirish kursini tomomlagandan keyin usta pedagog bo‘lib qolmagan. Pedagogik mehnat ustalari talim tarbiya jarayonida vujudga keladi, bolalar bilan muomalada tarbiyalanadi.Dars berish sanatini egallashda o‘qituvchi uyushtirgan o‘quv mashѓuloti, chuqur bilim berish vositasi bo‘lishi bilan birga, mustaqil O‘zbekistonning ravnaqi, ertangi kunga bo‘lgan ishonch, halqimizning akl-zakovati va mehnatining nimalarga qodirligi, jamiyatning munosib fuqorosi va quruvchisi bo‘lish uchun nimalar qilish zarurligini ko‘rsatuvchi ko‘zgu bo‘lib xizmat qiladi. Yoshlarimiz o‘z murabbiylari darsidan har jihatdan mamnun bo‘l sinlar, unda romantik orzular uyѓonsin, tafakkuri rivojlansin, amaliy faoliyat,ijodiy qobiliyat,o‘qish- o‘rganish va mehnatga xavas kuchaysin. Buning uchun o‘qituvchi avvalo, o‘z fanining va uni o‘qitish yo‘l-yo‘riqlarini mukammal o‘zlashtirib olishi, o‘qituvchi murabbiyga xos madaniyatining yuqoriligi, o‘z shogirdlariga
Ho‘sh pedagogik mahorat nima va u nimalardan tashkil topadi? Bu faqat fahm-farosat va bilimlarning, chinakkam ilmiy, tarbiyadagi qiyinchiliklarni yengishga qodir bulgan nifuzli rahbarlikning bolalar qalbining qandayligini xis qilish mahorati, ichki dunyosi nozik va zif bo‘lgan bola shaxsiga mohirlik bilan avaylab yondoshish, donolik va ijodiy dalillik, ilmiy tahlil, xayol va fontaziyaga bo‘lgan qobiliyat mujassamidir.
Mahoratsiz o‘qituvchi, mulohaza talab qilmay, bilimni zo‘rlab o‘tkazadi, mahoratli o‘qituvchi esa bilimning ildizini achchiq emas, shirin qilishning sirlarini biladi.
Pedagog mahoratining mohiyati- bu o‘qituvchining shaxsiy madaniyati, uning bilimlari, ufqi, har tomonlama nazariy tayyorgarligi, ta’lim va tarbiya berish usullariga ega bo‘lish, pedagog texnikasi va ilѓor tajribasidan iborat bo‘lgan o‘ziga zos qotishmadir.
Pedagogik mahoratga pedagogik bilimlar, fahm-farosat bilan bir qatorda pedagogik texnika sohasidagi malakalar ham kiradiki, ular tarbiyaga ozroq kuch sarflab, ko‘proq natijalarga erishish imkonini beradi. Pedagogika ensklopediyasida quyidagi satrlarni o‘qiymiz « Pedagogika texnikasi-bu alohida tarbiyalanuvchi yoki bolalar jamoasiga pedagogik ta’sir etish uslublarini samarali qo‘llash uchun kerakli bilim, mahorat, malakalar majmui. Pedagogika texnikasiga ega bo‘lish-pedagogika va psixologiyadan chuqur bilimlar va maxsus amaliy tayyorgarlikni talab qiladi»*Avvalo pedagog bolalar bilan muloqat qilish san’atiga ega bo‘lishi lozim, kerakli muomala ohangi va munosabat usulini tanlashni bilishi kerak, boshqa so‘z bilan aytganda, o‘quvchilarga individkal yondoshishni bilishi lozim.O‘quvchilar bilan sun’iy pand-nasihatli, oshna-oѓaynilik ohangida gapirish mumkin emas. Pedagog texnikasining tarkibiy elementi- bu tarbiyachining o‘zini e’tibori va o‘quvchilarning e’tiborlarini boshqarishni bilish. Pedagog doim bolalarning katta guruhi va ular bajarayotgan ko‘p jarayonlar bilan ish olib boradi va ularning barchasi o‘qituvchi nazaridan chiqib ketmasligi kerak.
Nazorat uchun savollar
1.Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda pedagogik texnikani ahamiyati.
2.Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda pedagogik mahoratning tuzilishi, tarkibiy qismlarini aniqlang
3.Pedagog munosabatining turlari

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling