M. X. Baybayeva Nizomiy nomidagi tdpu "Pedagogika" kafedrasi


-MAVZU: Pedagoglarning tarbiyalanuvchilar bilan muomalasining mohiyati


Download 0.96 Mb.
bet32/107
Sana06.04.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1333271
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   107
Bog'liq
2-курс ТИМ МАЖМУА 2022-2023

5-MAVZU: Pedagoglarning tarbiyalanuvchilar bilan muomalasining mohiyati
Mavzu rejasi:
1.O‘qituvchi muomala sub’ekti sifatida. O‘quvchilar muomalasini tashkil etish.
2.Muomalaning individual xususiyatlari, turlari, darajalari.
3.Muomalaning tarbiyalovchi imkoniyatlarini ro`yobga chiqarish uslublari.
4.Pedagogik muomalani tashkil etish bosqichlari


Tayanch tushunchalar: tarbiyalanganlik darajasi; zamonaviy axborot texnologiyalari; murabbiy; mustaqil o‘qib o‘rganish; guruhli va ommaviy tadbirlar; “Yil tarbiyachisi”; “Axloqi Muhsiniy”; “ijodkor tarbiyachi”, “novator o‘qituvchi”; kasbiy sifatlar tizimi; “Yashil daftar hikmati”; o‘qituvchi va tarbiyachi.

Tarbiya jarayoni va uning natijasi ishning qay darajada tashkil etilganligi va undan keladigan samaraga bog‘liq. Gurux raxbari tarbiya ishini gurux miqyosida xal etishda istiqbolni tasavvur eta olsa, kelajakni ko‘ra bilish maxoratiga ega bo‘lsagina u muvofaqqiyat bilan ishlay oladi.


Xozirgi kunda mexnatni ilmiy asosda tashkil etish davrning muxim talabi bo‘lib qoldi. Shu boisdan xam gurux raxbari ishini ilmiy asosda tashkil etishda quyidagi talablarga rioya qilish kerak: o‘z ishida tarbiyaning umumiy maqsadini xisobga olgan xolda shu kun uchun muxim bo‘lgan aniq maqsadni belgilash: bolalar jamoasining xususiyatidan kelib chiqadigan vazifalarni tushuntirish; tarbiyaning umumiy qonuniyatlari va prinsiplarini, talabalarga ta’sir etishning shakli, metodi, vositalarini yaxshi bilish; bolalar guruxini idora qilish qoidalari va jamoani rivojlantirish qonunlarini bilish kabilar.
Tarbiyada ijod qilmay ishlash mumkin emas. Agar gurux raxbari o‘z ishidagi xar bir qadamining pedagogik ma’nosini yaxshi bilsa, u talabalar qalbining muxandisiga aylanadi, aks xolda esa oddiy bir xunarmand bo‘lib, qoladi xolos.
Kishilar bilan munosabat, so‘zlashuv va shuningdek, ish, xizmat, ta’lim-tarbiya jarayonlari bilan bog‘liq aloqaga muomala deyiladi.
Muomala - bu axborot jarayonidir, u boshqarish sub’ektidan boshqarish ob’ektiga boradi va aksincha, ob’ektdan sub’ektga boradi.


Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling