M. X. Baybayeva Nizomiy nomidagi tdpu "Pedagogika" kafedrasi


Download 0.96 Mb.
bet35/107
Sana06.04.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1333271
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   107
Bog'liq
2-курс ТИМ МАЖМУА 2022-2023

Shaxsiy sifatlar:
Ma’naviy yetuklik; milliy mafkuraviy onglilik; milliy odoblilik; farosat; nozik didlik; o‘z kasbiga sadoqat; vijdoniylik; tashabbuskorlik; bolajonlik; talabchanlik; adolatparvarlik; pedagogik odob; tadbirkorlik; qat’iylik; har qanday vaziyatda o‘zini idora qila olish; millatlararo muloqot madaniyati; kuzatuvchanlik; samimiylik; topqirlik; birovga beg‘araz yordam berishga tayyorlik; kelajakka ishonch; xushmuomalalik; milliy g‘ururlilik; ma’naviy poklik; O‘zbekiston vatanparvarligi; ozodalik va h.k.
Bilimlar:
O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lining mohiyati, besh tamoyil, taraqqiyotimizning axloqiy negizlarini bilish; milliy tarbiyaning ma’naviy mohiyatini chuqur bilish; Kadrlar tayyorlashning Miliy dasturi va ilg‘or pedagogik texnologiyalarni bilish; o‘z fanining milliy tarbiyaviy imkoniyatlarini bilish; O‘zbekiston hukumati, Prezidentining ichki va tashqi siyosatidan mukammal xabardorlik; milliy tarbiyaning nazariy va uslubiy asoslarini chuqur bilish; o‘zi tug‘ilib o‘sgan joy, o‘zbek xalq tarbiyaviy an’analarini puxta bilish; o‘g‘il va qiz bolalarning milliy tarbiyaviy xususiyatlarini bilish; qiyosiy pedagogik va etnopsixologik bilimlar; ijtimoiy falsafiy va ruhshunoslik bilimlari; o‘zbek madaniyatini chuqur, atroflicha bilish; millatning taraqqiyot qonunlarini bilish; odobnoma, siyosat, ma’naviyat, tarix, o‘lkashunoslik, adabiyot va san’at, axloqshunoslik, huquqshunoslik, texnika borasida bilimlarga egalik; o‘z xalqi tarixini bilish va h.k.
Ko‘nikma va malakalar
Milliy tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish malakalari; har bir bola shaxsining pedagogik tashhisini, bolaning pedagogik tarixi, hozirgi va istiqbolini ko‘ra bilish; milliy tarbiyada umumpedagogik usullarni qo‘llay bilish; bir millatli va ko‘p millatli o‘quvchilar jamoasida har bir o‘quvchini milliy tarbiyalashning xususiy dasturini tuzib, amalga oshira bilish malakalari; tarbiyalanuvchilarga yakka, guruhiy va tabaqalashgan holda yondashuv, ularning yosh psixologik, jinsiy, mahalliy xususiyatlarini hisobga ola bilish malakalari; va boshqalar.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling