M. X. Baybayeva Nizomiy nomidagi tdpu "Pedagogika" kafedrasi
Download 0.96 Mb.
|
2-курс ТИМ МАЖМУА 2022-2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kommunikativ
- Pedagogik mahorat
- Zamonaviy ta’lim-tarbiya tizimining maqsadi
Tashkilotchilik
Sinfning faol o‘quvchilarini, jamoasini milliy tarbiyaviy maqsadlarda jipslashtirib, boshqara olish; sinf ahlining jamoa bilan yakka faoliyat turlarini tashkil qila olish; o‘quvchilarning ijtimoiy-milliy faolliklarini rag‘batlantirish, rivojlantirish; o‘quvchilarga milliy tarbiyaviy maqsadlarda topshiriqlar berish va ularning boshqarilishini nazorat qilish, yordam berish; mahalla, qishloq, oila, homiy tashkilotlar bilan milliy tarbiyaviy hamkorlikni tashkil qilish va h.k. Kommunikativ O‘quvchilar, o‘qituvchilar, ot-onalar, mahalla, qishloq oq-soqollari bilan aloqa o‘rnata olish; o‘quvchilar orasida, shaxslararo, referent guruhlararo, millatlararo munosabatlarni boshqara olish; har bir o‘quvchi qalbiga yo‘l topib, o‘ziga moyillik uyg‘ota olish; jamoaga, o‘quvchiga ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan tarbiyaviy ta’sirning qanday natija berishini oldindan ko‘ra olish; dunyoga, o‘ziga va mazkur vaziyatga o‘quvchisining ko‘zlari bilan qaray olish; tevarak atrofni, munosabatlarni, milliy madaniyatni o‘quvchi darajasida(o‘zini o‘quvchisining o‘rniga qo‘yib) tasavvur, idrok qila olish (empatiya) va h.k. Gnostik O‘quvchining milliy tarbiya ob’ekti sifatida pedagogik o‘rganish; milliy tarbiyaviy faoliyatda pedagogik-psixologik bilimlardan, ilg‘or tajriba namunalaridan, adabiyotlardan foydalanish; izlanuvchanlik; milliy tarbiyaviy vosita, tashkiliy shakl, uslub, yo‘l-yo‘riqlarni muqobil tanlash; o‘zining kasbiy va shaxsiy sifatlarini tahlil qilib takomillashtirish; milliy istiqlol talablaridan kelib chiqib, o‘z faoliyatini isloh qilishga tayyorlik, isloh qila olish va h.k. Amaliy Yaxshi rasm solish, raqsga tusha olish, musiqa asbobini chala olish, qo‘shiq kuylay olish, u yoki bu buyumlarni yasab, tuzata olish va h.k.; milliy tarbiyaviy tadbir, bayramlarni rejalashtirib, tashkil qilib, boshqarib o‘tkaza olish; ta’limning milliy tarbiyaviy imkoniyatlarini, texnik vositalarini tayyorlash va qo‘llash va h.k. Pedagogik mahorat O‘quvchilarni o‘ziga jalb qila olish, ishtiyoqini uyg‘ota olish, milliy zamonaviylik g‘oyasini singdirib, milliy tarbiyaviy vazifalarga ruhlantira olish; o‘zini “mukammal, zamonaviy o‘zbek ziyolisi” siymosiga ongli ravishda tayyorlash va takomillashtira borish; o‘zbek tilida sof, tiniq, ifodali, ta’sirli, ohangdor so‘zlash; notiqlik va aktyorlik mahorati; yuz-qiyofa, ko‘z, qo‘l, gavda harakatlari orqali o‘z nutqining ta’sirchanligini oshira olish; his-tuyg‘ularni jilovlay olish; o‘quvchilarga bevosita va parallel ta’sir ko‘rsata olish va h.k. Shunday qilib, hozirda pedagogika institutlari, universitetlar talabalari bo‘lmish bo‘lajak pedagoglarni milliy tarbiyaviy faoliyatga tayyorlashda yuqoridagi kasbiy va shaxsiy sifatlar, bilimlar, ko‘nikma va malakalar tizimini maqsadli shakllantirish zarurati asoslandi. Ushbu zaruratni ta’minlash uchun dastlab pedagogik ta’limning mavjud imkoniyatlaridan kelib chiqib, “bo‘lajak o‘qituvchilarni milliy tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash” yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar yaratildi. Ya’ni, 1) ijtimoiy kafedralar ilmiy tadqiqot yo‘nalishlaridagi milliy istiqloliy, mafkuraviy, ma’naviy, tarixiy mavzularni o‘zaro bog‘lanishiga erishildi; 2) diplom ishlari, kurs ishlari, referat ishlari tematikasida milliy tarbiyaviy mazmun kuchaytirildi; 3) har bir pedagogik psixologik kafedra, har bir fanni o‘qitishni bo‘lajak o‘qituvchilarni milliy tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarini ochib berib, ulardan foydalanish yo‘lga qo‘yildi. Xususan, falsafa, dinlar va hurfikrlilik tarixi, O‘zbekiston xalqlari tarixi, madaniyatshunoslik, nafosatshunoslik, sotsiologiya va boshqa fanlarning bo‘lajak o‘qituvchilarning milliy mafkuraviy dunyoqarashini shakllantirishdagi imkoniyatlaridan unumli foydalanildi. Ushbu uslub bo‘lajak o‘qituvchi – milliy tarbiyachilarda mustaqil O‘zbekistonning o‘z istiqlol yo‘li, ichki va tashqi siyosati, tarixi, hozirgi va istiqboli haqida bilimlar bilan ularning milliy istiqloliy pedagogik tafakkuri orasidagi uyg‘unlikka erishishga xizmat qilib, e’tiqodini mustahkamlaydi. Zamonaviy ta’lim-tarbiya tizimining maqsadi - bu madaniyatli shaxs tarbiyasidir. Madaniyatli shaxs modeli mavjud bo‘lishiga ko‘ra, bu erkin, inparvar, ijodkor, ma’nan barkamol shaxsdir.
Tarbiya mazmunining aynan yuqoridagi shaklda bo‘lishi bolaning ijodiy imkoniyatlarini jadal tarzda rivojlantirib, uning aqlan va ahloqan erkin bo‘lishini ta’minlaydi. XXI asr tarbiyasining etik dominanti sifatida bolaning hozirgi va kelajakdagi sayyoraga ta’siri naqadar katta ekanini his qilishi bo‘lishi kerak. Tarbiya turli xil qadriyatlar asosida amalga oshirilishi mumkin: Transendentel (tarbiyalanuvchini maksimal ravishda – Haqiqatga, Ollohga yaqinlashtirish orqali); Ijtimoiy (erkinlik, tenglik, yaqinlik, mehnat, kelishuvchanlik, ijodkorlik, insoniylik, tinchlik); Antropotsentrik (gedonizm, foyda keltirish, samimiylik, avtonomlik, individuallik). Asos bo‘luvchi qadriyatni tanlash- bu asos bo‘luvchi tarbiya paradigmasini tanlash demakdir. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling