M. X. Baybayeva Nizomiy nomidagi tdpu "Pedagogika" kafedrasi


Yosh avlod tarbiyachisining a hloq mezonlari


Download 0.96 Mb.
bet43/107
Sana06.04.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1333271
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   107
Bog'liq
2-курс ТИМ МАЖМУА 2022-2023

Yosh avlod tarbiyachisining a hloq mezonlari.
1. Ta’lim-tarbiya ishiga sadoqatlik, fidoyi bo‘lish, o‘z hayoti va faoliyatini xusha hloq holda tashkil qila bilish.
2. O‘z kasbini, o‘z fanini puxta bilish va sevish.
3. O‘quvchilarga va o‘z bilim maskaniga me hr mu habbatli bo‘lish, guru h jamoasini uyushtira olish. Yuksak madaniyatli, sof vijdonli, sadoqatli, pok, xalol, rostguy, xushmuomala, sezgir, sabr-sadoqatli, sog‘lom fikrli bo‘lish.
4. Doimo to‘g‘ri, milliy – ommaviy tarbiyani, butun o‘quv tarbiyani ishning asosi deb bilish va uni amalga oshirish.
5. O‘quvchilar, ota-onalar, o‘qituvchilar va jamoatchilik o‘rtasidagi do‘stona aloqalarga, demokratik prinsiplarga amal kilish.
6. /oyaviy-siyosiy, ahloqiy, estetik, ekologik, iqtisodiy va madaniy tarbiyaga e’tiborli bo‘lish.
7. Dars va darsdan tashqari turli tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishda o‘z o‘zini boshqarish, demokratik prinsiplarga, qadimiy milliy marosimlarga, qadriyatlarimizga asoslanish, o‘quvchilarning o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olish.
8. Ona tilimizni yaxshi bilish,adabiy tilda yozish va gapirish, turli millat tilini, chet tillarini bitta yoki ikkitasini bilish, uz xalqini, ona Vatan tushunchasi bilan bog‘liq bo‘lgan har bir narsani muqaddas deb bilish, jon dildan sevish, qadrlash va fidoyilik ko‘rsatish.
9. Mukofatlash, rag‘botlantirish va maqtash kabi usullardan o‘z o‘rnidla foydalanish.
10. O‘qitish va tarbiyalashda uning eng ma’qul usullaridan foydalanish, darslik, qo‘llanma va dasturlardan, o‘quv texnikasi vositalaridan oqilona foydalanish.
11. O‘quvchilarning savodxonligini oshirish, ijodiy ixtirochilik qobiliyatlarini o‘stirish va kamol toptirib borish, muayyan kasblarga oid ko‘nikma va malakalarni hosil qildirib borish.
12. Bilim maskanining moddiy texnika bazasini boyitish, tegishli xonalarni ji hozlash, ajratilgan joyni ko‘klamlashtirish, hamda ularni mu hofaza etishda jonbozlik ko‘rsatish.
13. O‘z bilimini, malaka va ma horatini tinmay oshirib borish, ijodiy izlanishlar olib borish, jamiyat hayotida va pedagogika fanini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shish.
14.Munosib shogirdlar yetishtirish, o‘z tajriba va malakasini yoshlarga o‘rgatish, tarbiyaga oid tadbirlarda, matbuotda faol qatnashish.
O‘qituvchi jamiyatimizning iftixori. Unga ota-onalar o‘z jigar bandlarini tarbiyalash va o‘qitish uchun ishonib topshiradilar. O‘qituvchi «Yosh avlod tarbiyachisi va murabbiysining a hloq mezonlarini qasamyod sifatida qabul qiladi va unga amal qiladi. Bilim maskanining ta’lim – tarbiya qonunlariga, uning ustaviga so‘zsiz bo‘ysunadi va amal qiladi , hamda uning amalga oshirilishida jonbozlik ko‘rsatadi.»
- O‘qituvchilar va boshqa pedagogik xodimlarning kasbiy huquqlari, martabalari va qonun bilan himoya qilinadi. Davlat organlari, kasaba uyushmalari, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, shuningdek fuqorolar o‘qituvchilar bilan birga boshqa pedagogik xodimlarning ham mavqeini, obro‘ - martabasini oshirishga har tomonlama yordam beradilar. O‘qituvchi kasbiy mutaxassisligi bo‘yicha tegishli malumot va malakalarga ega bo‘lishi kerak. Doimo ijodiy izlanishi, o‘z bilimi, malakasi, tajribasi, mahoratini tinmay oshirib borishi lozim.
- O‘qituvchi ta’lim – tarbiyaning uzviyligiga asoslanishi, o‘ziga ishonib topshirilgan guruh o‘quvchilari taqdiriga, davlat dasturining bajarilishiga masuldir. Zamonaviy fan texnika yutuqlari, ilg‘or tajribalarga suyangan holda talim tarbiya ishini vijdonan olib borilishiga javobgardir.
- U yaxshi ijodiy ishlarni, ustoz-murabbiylik an’analarini, ta’lim – tarbiya so hasidagi qaror va buyruqlarni halq orasida keng targ‘ib qilishga, o‘z burchi va vazifasini sitqidildan ado etishga davat etilgandir.
- O‘qituvchi ijodkorlik, tashabbus, alohida jonbozlik ko‘rsatib qilingan mehnat faoliyati uchun rag‘botlantirilishi, tegishli imtiyoz va yengillikdan to‘la foydalanish huquqiga egadir.
- O‘qituvchi dars jarayonida, guruh tarbiyaviy soatlarida va guruhdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish chog‘ida o‘quvchilarning faol qatnashishiga, jamoat ishlarida ishtirokiga, hulqi va mehnatdagi tirishqoqligiga alo hida etibor berishi lozim.
- O‘qituvchi o‘quvchilarning bilim maskanidagi butun faoliyatini kuzatib borishi, ijodiy faoliyatlarini o‘stirishi va shakllantirilishi, o‘z mayliga qarab o‘zini oilaviy hayotga tayyorlab borishida tegishli masla hat va yo‘l – yo‘riq berib borishgi, zarur ko‘nikma va malakalar hosil qilishga yaqindan amaliy yordam ko‘rsatishi lozim.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling