2- Tarbiyaviy soatlarnitng vazifalari va turlari.
Tarbiyaviy soatlar –bilim yurti sharoitida darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning asosiy shakllaridandir.
Tarbiyaviy ishlar ma’rifiy, yo‘naltiruvchi, ba holovchi singari uch asosiy qismlarga bo‘linadi.
1. Ma’rifiy tarkibiy qismda - o‘quv dasturlaridan tashqari o‘quvchilarning etik, estetik, psixologik tushunchalarini, fan ,texnika, xalq xo‘jaligi, dunyo voqealariga oid mavjud bo‘limlarni boyitadigan va kengaytiradigan ishlar amalga oshiriladi. (10 minut).
2. Baholovchi tarkibiy qismda – moddiy ma’naviy boyliklarning hamda atrof mu hitni mu hofaza qilish, undan oqilona foydalanish, me hnat kishilari va Vatan himoyachilarining shon shu hrati, ulug‘ halqimizning milliy urf odatlari, qadriyatlarimiz haqida tegishli tushunchalarni hosil qilish va musta hkam qaror berish va musta hkamlash ishlari amalga oshiriladi. (25 minut)
3. Yo‘naltiruvchi tarkibiy qismda – O‘quvchilarning mavjud hayot haqidagi bilim va tushunchalari to‘g‘ri, maqsadga muvofiq yo‘naltirilib, ularning hayot tajribasi, a hloqi, turmushda o‘z yo‘lini to‘g‘ri tanlashdek, hayotiy faoliyatlari boshqarib boriladi.(10 minut).
Ko‘p yillik tajribalar shuni ko‘rsatadiki, ayrim guru h o‘quvchilari tarbiyaviy soatlarda uchala tarkibiy qism muvoffaqiyat bilan qo‘llanmoqda.
Tarbiyaviy soatlar o‘tkazishning yana bir usuli
Murabbiylarning tarbiyaviy soatlari uchun dars jadvalidan 45 minut vaqt ajratilgan bo‘lib, uni 4 bo‘limga ajratish ham maqsadga muvofiqdir.
bo‘lim ( xabar bo‘limiga)- 5 minut vaqt ajratilgan. Unda o‘quvchilar xorijiy davlatlarda yuz bergan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy voqealarning sharxi bilan tanishtiriladi.
Bo‘lim ( tanishtirish bo‘limiga) – 5 minut vaqt ajratilgan. Unda o‘quvchilar bilim yurti ra hbariyati, kengashlar tomonidan o‘quvchilar hayotiga oid qabul qilingan qarorlar va buyruqlar bilan tanishtiriladi va izo h beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |