M. X. Baybayeva Nizomiy nomidagi tdpu "Pedagogika" kafedrasi


Pedagogik maxorat asoslari


Download 0.96 Mb.
bet30/107
Sana06.04.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1333271
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   107
Bog'liq
2-курс ТИМ МАЖМУА 2022-2023

Pedagogik maxorat asoslari.

Uzluksiz talim tizimini amalga oshirish jarayonida yosh avlodni ko‘ngildagidek o‘qitish va tarbiyalash haqida gap borar ekan. Bu ѓoyat murakkab va ko‘p qirrali vazifani faqat malakali pedagogik mahoratga ega bo‘lgan o‘qituvchi kadrlar bilan amalga oshirish mumkin. Shunday ekan. O‘qituvchilik katta san’atdir. Bu san’atga u yoki bu pedagog osongina, o‘z-o‘zidan erisha olmaydi. Buning uchun o‘qituvchilik kasbiga , yani soѓlom avlodning chinakam murabbiy bo‘lishga xavasi, ishtiyoqi zo‘r, zamon talablarini tez va chuqur tushunadigan, o‘zining ilmiy, ijtimoiy-siyosiy saviyasini, pedagogik mahoratini izchillik bilan amalga oshirib boruvchi, mustaqillik ѓoyasi va mafkurasi bilan puxta qurollantirgan haqiqiy vatnparvar va mehnatsevar kishilargina erisha oladilar. Pedagogik mahorat tuѓma talant yoki nasldan-naslga o‘tuvchi xususiyat emas, balki izlanish, ijodiy mehnat mahsulidir. Bu ko‘p qirrali pedagogik faoliyat zaminida ijodiy mehnat yotadi. Shuning uchun ham pedagogik mahorat hamma o‘qituvchilar uchun standart,yani bir qolipdagi ish usuli emas, balki u har bir o‘qituvchining o‘z ustida ishlashi, ijodiy mehnati jarayonida tashkil topadi va rivojlanadi.Bu jarayonda ilѓor o‘qituvchining pedagogik mahorati va tajribalari boshqa o‘qituvchi o‘rganishi, unda ijodiy foydalanishi va o‘z faoliyatini ilѓor tajribalar bilan boyitishi zarur. O‘qituvchining pedagogik mahorati asosan, sinf auditoriya mashѓulotlarida yaqqol ko‘rinadi. Chunki o‘quv mashѓulotlari o‘zining mazmun va mohiyatiga ko‘ra o‘qituvchining o‘quv yurtidagi asosiy ishidir. Shu sababli, u ilmiy, ѓoyaviy va ommabop bo‘lishi, turmush bilan o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasi bilan boѓlanishi zarur.Ta’lim jarayonida o‘qituvchi bilan o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro jonli til, fikr olishuv, samimiy munosabat, hurmat asosiy maqsadga erishishda hamkorlik lozim.


Ta’lim va tarbiya jarayoni tasirchanligining yanada yuksak bo‘lishi, avvalo o‘qituvchining ilmiy saloxiyatiga, yoshlar oldidagi obro‘siga, shaxsiy sifatlariga, ilmiy istedodiga. Ta’lim sohasidagi tajriba va mahorati hamda o‘quvchilar bilan o‘rnatilgan do‘stona munosabatiga boѓliqdir.
Zamon talablari shuki, professor va o‘qituvchilar o‘zlarida mavjud bo‘lgan bilim va saviya bilan cheklanib qolmasdan, xorijiy mamlakatlar tajribasini qunt va sabot bilan o‘rganib, magzini chaqib, undan keyin o‘z o‘quvchilariga saboq berishlari zarurligini alohida ta’kidlaydi. Pedagogik mahorat o‘qituvchida osonlikcha shakllanmaydi. Bu kasbni tanlagan kishi uz maqsadiga erishish uchun uzluksiz o‘qishi, izlanishi va o‘rganishi, ijodiy mehnat qilishi, mustaqil yurtimizda bo‘layotgan voqelikni tez anglashi, o‘z mehnatining mamlakat uchun qanchalik zarurligini chukur xis qilishi zarur.
O‘qituvchining pedagogik mahorati haqida fikr yuritar ekanmiz, uning ongliligiga, milliy ѓoya va mafkuraga sodiqligiga, bilim va fikr doirasining kengligiga, o‘z vazifasiga munosabatiga etibor bermoq kerak. Ayniqsa, pedagogik mahoratda o‘qituvchining fikr doirasi keng bo‘lishi zarurligini alohida hisobga olish lozim. Chunki ,kishida bilim, fikr mukammal bo‘lmasa, u kamolatga erisha olmaydi.
Agar pedagogning kasbiy kuch-qudrati dasturiga nazar solsak, birinchi o‘ringa boshqa jihatlardan jipslashgan xislat-o‘qituvchining mahorati chiqadi. O‘qituvchining mahorati to‘ѓrisida qancha odam gapirsa, shuncha unga ta’rif bera oladi.
Ajablantiradigan tomoni shundaki, har bir yangi ta’rifda «mahorat» degan so‘zning o‘ziga xos ajoyib yangi tomoni, qirrasi namoyon bo‘ladi. Mahorat-bu yuksak va doim mukammal oshiriladigan bolalarni sevuvchi, havas bilan ishlovchi odam qo‘lidan keladigan tarbiya va ta’lim san’ati. O‘z ishining ustasi, pedagog-bu yuksak madaniyat mutaxassisi, o‘z fanini chuqur biladigan, fan va san’atning munosib tarmoqlarini yaxshi biladigan, umumiy va bolalar psixologiyasi masalalarini yaxshi tushunadigan, ta’lim va tarbiya uslublarini mukammal biladigan odamdir*
Pedagogika nazariyasida o‘qituvchi mahoratini tushunishga tarixiy jihatdan ikki turdagi yondoshishlar mavjud.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling