Nazorat uchun savollar:
1.Tarbiyaviy ishlarni rejalashtiring.
2.Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va unga qo‘yilgan talablarni ishlab chiqing.
3.Sinf o‘quvchilarining dars va darsdan tashqari tarbiyaviy faoliyatini rejalashtirishning o‘ziga xosligi.
4. Har bir sinf jamoasining tarbiyalanganlik darajasi
II – MODUL. Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda pedagogik texnika,
pedagogik mahorat va uning asosiy tamoyillari.
4-MAVZU: Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda pedagogik texnika, pedagogik mahorat va uning asosiy tamoyillari.
Mavzu rejasi:
1.Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda pedagogik texnika.
2.Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda pedagogik mahoratning tuzilishi, tarkibiy qismlari.
3.Pedagog munosabatining turlariTayanch tushunchalar:
Tayanch tushunchalar:
Tarbiyaviy ishlar; o‘qituvchi va tarbiyachi, pedagogik mahorat, asosiy tamoyillar, pedagogik texnika, pedagogik mahoratning tuzilishi, tarkibiy qismlar, pedagog munosabati.
Inson paydo bo‘libdiki, tarbiya jarayoni mavjud, tarbiya paydo bo‘lgan vaqtdan beri pedagoglik faoliyati uzluksiz davom etib kelmoqda. O‘qituvchilik, tarbiyachilik kasbi barcha ijtimoiy tuzumlarda sharafli hamda o‘ta masuliyatli qiyin va murakkab kasb hisoblangan.
Mustaqil O‘zbekistonimizda uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilishni, yangi ta’lim standartlari asosida ta’lim va tarbiya jarayonini qayta tashkil etishga kirishilgan hozirgi kunda o‘qituvchi faoliyatiga uning pedagogik texnikasiga, pedagogik mahoratiga alohida e’tibor berilmoqda.
Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturini bosqichma-bosqich muvoffaqiyatli amalga oshirish ko‘p jihatdan o‘qituvchi faoliyatiga, uning kasbiy nifuzini oshirishga boѓliqdir. Shunday ekan, soѓlom, har tomonlama barkamol avlodni yetishtirish uzluksiz ta’lim tizimida mehnat qilayotgan pedagogning saviyasiga, texnikasiga, mahoratiga, tayyorgarligiga va fidoyiligiga, yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash ishiga bo‘lgan munosabatiga boѓliqdir. Shunday ekan, o‘qituvchi mustaqillik ѓoyasiga etiqodi, har tomonlama rivojlangan ilmiy tafakkuri, kasbiga tegishli ma’lumoti, ya’ni o‘z fanining chuqur bilimdoni, pedagogik muloqat ustasi, pedagogik-psixologik va uslubiy bilim va malakalarni egallagan bo‘lishi, hamda turli pedagogik vaziyatlarni tezda sezishi, o‘rganishi va baholay olishi zarur. Shu bois biz o‘qituvchining pedagogik texnikasi to‘ѓrisida to‘xtalib o‘tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |