M. X. Baybayeva Nizomiy nomidagi tdpu "Pedagogika" kafedrasi


Download 0.96 Mb.
bet26/107
Sana06.04.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1333271
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   107
Bog'liq
2-курс ТИМ МАЖМУА 2022-2023

Fuqorolikni shakllantirish chog‘ida aniq mo‘ljalga asoslanish:
-fuqorolik majburiyatlari-Vatan, jamiyat, ota-ona oldidagi majburiyat hissi, milliy iftixor va vatanparvarlik tuyg‘usi;
-davlat Konistitutsiyasi, davlat hokimiyati organlari, mamlakat Prezidenti, davlat ramizlari (gerb, bayroq, madhiya)ga hurmat;
-mamlakat taqdiriga javobgarlik;
-jamoat tartibi va yashash madaniyati;
-mamlakatning milliy boyligi, tili, madaniyati, ana’nalarini asrab avaylash;
-ijtimoiy aktivlik;
-demokratik tamoillarga roya etish;
-tabiatni asrab-avaylash;
-o‘zgalarni huquq va erkini hurmat qilish;
-aktiv hayotiy pozitsiya;
-o‘z huquqini anglash va fuqorolik mas’uliyati;
-halollik, rostgo‘ylik, sezgirlik, mehir-shavqat;
-o‘z ishi va qilmishlariga javobgarlik;
-xalqaro hamkorlik, boshqa mamlakatlar xalqiga hurmat va boshqalar.
Xodimni farqlovchi belgilar:
-intizomlilik va mas’uliyat;
-ishchanlik va tashkilotchilik;
-umumiy, maxsus va iqtisodiy bilimlar;
-siyosiy bilimlar;
-mehnatga ijodiy yondoshish;
-qat’iyat, topshirilgan vazifani tez va sifatli bajarishga intilish;
-kasbiy g‘urur, mahoratga hurmat ko‘rsatish;
-onglilik, hushmuomalalik, batartiblik;
-mexnat faoliyati tajribasi;
-mehnatga, hayotga, faoliyatga estetik munosabat;
-jamoaviy, birlashib mehnat qilish layoqati;
-tashabbuskorlik, mustaqillik, Vatan, jamiyat ravnaqi uchun ko‘p va samarali mehnat qilishga tayyorlik;
-ishchanlik va uddaburonlik;
-mehnat kishilariga, ishlab chiqarish ustalarga hurmat va boshqalar.
Oilaparvarlikni farqlovchi belgilar:
-mehnatsevarlik,mas’uliyatlilik;
-hushmuomalalilik, muloyimlik, aloqa madaniyati;
-o‘zini jamoada tuta bilish;
-pokizalik, ozodalik, gigenik ko‘nikmalar;
-salomatlik, aktiv turmush tarziga ko‘nikish;
-dam olishni tashkil etish o‘tkazish omilkorligi;
-har tomonlama bilimdonlik;
-huquqiy normalar va qonunlarni bilash;
-bolalarni tarbiyalash layoqati;
-nikohdan o‘tishga tayyorgarlik va oilaviy vazifalarni bajarish;
-o‘z ota-onalari, yoshi ulug‘ kishilarga hurmat va boshqalar.
Dunyoqarashni shakllantirish.
Dunyoqarash-bu kishi ongining bilimlar, qarashlar, maslak va oliy maqsadlarni qamragan, tabiat va jamiyatning rivojlanishiga uning munosabatini ko‘rsatadigan, Uning ijtimoiy-siyosiy va axloqiy-estetik mavqei va xulqini xayotning turli soxalarida belgilaydigan o‘ziga xos soxadir.
Bilimlar-dunyoqarashning ob’ektiv komponenti sifati shaxsning tavsifiy, tasdiqlanuvchi muloxazasi shakliga ega bo‘lib ilmiy xaqiqat tarzida tasavvur etiladi.
Qarashlar-bu hikmatning tabiat va jamiyatda uchrovchi u yoki bu xodisalarni tushuntirish, bu xodisalarga o‘zining munosabatini ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan xukumlar, sub’ektiv xulosalardir.
Ishonch- bu chuqur anglangan va xayajon bilan boshdan kechirgan g‘oyalarni majmui bo‘lib, ular mafkura, siyosat, axloq va sanatga daxldor bo‘lgan shaxsning xayotiy mavqei xamda faoliyati va axloqi xarakterining barqaror ekanligini bildiradi.
Oliy maqsad – anglab yetilgan va ta’sirchan idrok etishing oliy kamolati bo‘lib, shaxsning faoliyat maqsadi va hayotiy maslagidir.
Dunyoqarash vazifalari:
-axborat – iniqosli;
-orentirli – boshqaruvchi;
-baholovchi;
Dunyoqarashning asosiy ko‘rinishlari:
-ilmiy;
-diniy;
-kundalik (hayotiy).
Ilmiy bilimlarni maslakka aylanishiga yordam beruvchi psixolo-pedagogik mexanizmlar va pedagogik shart-sharoitlari:
-bilimlarni chuqur va mustahkam o‘zlashtirish;
-dunyoqarash xarakteridagi barcha dalil va asoslarning mantiqan isbot etiluvchi va o‘zaro zid emasligini chuqur ilmiy asoslash;
-ta’lim va tarbiyaning fuqorolik yo‘nalishi;
-tarixiylik prinspini amalga oshirish;
-bilish aktivligi va mustaqilligini rivojlantirish;
-o‘rganayotganlarning o‘rganilayotgan materialga nisbatan xissiy munosabatini o‘yg‘otish;
-o‘qituvchi shaxsining ijobiy ta’siri.
Fuqaro- bu muayyan davlatda doimo yashaydigan, uning himoyasida foydalanadigan, xuquq va burchlar majmuiga ega bo‘lgan shaxsdir.
Fuqaroni tarbiyalash o‘qiyotganlarda vatanparvarlik, xalqaro munosabatlar madaniyati, siyosiy madaniyatni tarbiyalashni ko‘zda tutadi.
Vatanparvarlik –O‘z vataniga, xalqiga sadoqat va mehr muhabbatdir. Kishining tug‘ilib o‘sgan joyiga bog‘liqlik, ona tiliga bo‘lgan hurmat, vatan manfaatlarga sodiqlik va g‘amxo‘rlik, uning erkin va mustaqilligini himoyalash; ijtimoiy va madaniy yutuqlaridan faxrlanish; tarixiy o‘tmish va ahloqiy an’analarga hurmat munosabati; o‘zining mehnati, kuchi va qobiliyatini vatan ravnaqiga bag‘ishlash xissi vatanparvarlikda namoyon bo‘ladi.
Xalqaro munosabatlar madaniyati turli xalqlarning halqaro iqtisodiy, ma’naviy ahloqlari, turli millat vakillarining o‘zaro hurmat qilishlari, muayyan ahloqiy hushmuomalalikning saqlashni, boshqa xalqlarning tili, odatlari va an’analarini mensimaslikka yo‘l qo‘ymaslikda ko‘rinadi, bu munosabatlarning yuqori darajadagi takomili va rivojlanishini ko‘zda tutadi.
Xalqaro munosabatlar madaniyati quyidagilarni aks ettiradi:
-boshqa millat kishilariga, ularning tili, milliy urf-odatlari va an’analariga xurmat;
- boshqa mamlakatlar va xalqlarning hayoti va madaniyati yutuqlariga qiziqish bilan qarash.



Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling