M. X. Baybayeva Nizomiy nomidagi tdpu "Pedagogika" kafedrasi


Download 0.96 Mb.
bet25/107
Sana06.04.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1333271
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   107
Bog'liq
2-курс ТИМ МАЖМУА 2022-2023

Nazorat uchun savollar:

    1. Konsepsiya tushunchasini ta’riflab bering?

    2. Qanday konsepsiyalarini bilasiz?

    3. Tarbiya nazariyalari, konsepsiyalarini milliy tarbiya bilan nazariy aloqalarini izohlang?

    4. Tarbiyaviy konsepsiyalarda madaniyat, axloq, tarbiya, xalq, psixologiya va shaxsning milliyligi ilmiy-pedagogik jihatdan qanday yoritilgan?

3-MAVZU: Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va unga qo‘yilgan pedagogik talablar.
Mavzu rejasi:
1.Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish.
2.Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va unga qo‘yilgan talablar.
3.Sinf o‘quvchilarining dars va darsdan tashqari tarbiyaviy faoliyatini rejalashtirishning o‘ziga xosligi.
4. Har bir sinf jamoasining tarbiyalanganlik darajasi
Tayanch tushunchalar: tarbiyalanganlik darajasi; zamonaviy axborot texnologiyalari; murabbiy; mustaqil o‘qib o‘rganish; guruhli va ommaviy tadbirlar; “Yil tarbiyachisi”; “Axloqi Muhsiniy”; “ijodkor tarbiyachi”, “novator o‘qituvchi”; kasbiy sifatlar tizimi; “Yashil daftar hikmati”; o‘qituvchi va tarbiyachi

Tarbiya prinsiplari – bu umumiy qoida bo‘lib unda tarbiyaviy jarayonini tashkil qilish mazmuni, metodlari shakllariga bo‘lgan asosiy talablar aks etgan. Ta’lim prinsiplaridan farqli ravishda ular o‘qituvchilar tomonidan tarbiyaviy vazifalarni hal etishda qo‘llaniladi. Bu prinsiplarning asosiy jihatlari: majburiylik, komplekslilik (uyg‘unlilik), teng ahamiyatlilik bo‘lib hisoblanadi.


Tarbiya prinsiplari – bu tarbiyachilar uchun tayyor va har narsaga yaraydigan qoida emas, chunki uni qo‘llash bilan yuqori natijalarga erishib qolinmaydi.
Bu tarbiyachining na tajribasini, na mahoratini almashtira oladi, ularning amalga oshirishi shaxs faoliyati bilan shakllangan.
Tarbiya prinsiplari tizimi (sistemasi)
Tarbiyaviy jarayon tayanuvchi prinsiplar tizimida quyidagilarni ajratish mumkin:
-tarbiyaning ijtimoiy yo‘nalganligi;
-tarbiyaning xayot va mehnat bilan bog‘liqligi;
-tarbiyada ijobiy jihatlarga tayanish;
- tarbiyani insonparvarlashtirish;
-shaxsiy yondoshish;
-tarbiyaviy ta’sirning umumiyligi.
Tarbiyaning ijtimoiy yo‘nalganligi. Ilg‘or o‘qituvchilar tarbiyani ijtimoiy inistitut sifatida tushunganlar. Turli davlarda yo ijtimoiy, yo davlat, yoki shaxsiy yo‘nalish kasb etib, uning mazmun prinsiplari o‘zgargan. Mazkur prinsip o‘qituvchining barcha faoliyati tarbiyaning davlat strategiyasiga mos xolda o‘sib kelayotgan avlodini tarbiya vazifalariga bo‘ysundirishni talab qiladi va tarbiyachilar faoliyatini shaxsni ijtimoiylashtirishga yo‘naltiradi. Bu prinsiplarni amalga oshirishning asosiy qoidalari tarbiyaviy (mehnat, ijtimoiy, o‘yin va b.) faoliyat jarayonida o‘quvchilarda faoliyatning ijtimoiy qimmat va muhim sababga molik, ijtimoiylashtirish sur’atini tezlashtirishni tashkillashtirish zaruriyati bilan bog‘langan.
Tarbiyaning hayot va mehnat bilan bog‘liqligi. Mazkur prinsip o‘qituvchilar faoliyatining ikki asosiy yo‘nalishini ko‘zda tutadi:
a) tarbiyalanuvchilarni kishilarning ijtimoiy va mehnat faoliyati, unda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar bilan atroflicha va darhol tanishtirish;
b) tarbiyalanuvchilarni haqiqiy hayotiy munosabatlar, ijtimoiy-foydali faoliyatning turli ko‘rinishlariga jalb qilish.
Tarbiyaning hayot bilan bog‘liqligi prinsipini amalga oshirish o‘qituvchidan quyidagilarni ta’minlash mahoratini talab etadi:
-tarbiyalanuvchilar tomonidan mehnatning jamiyat va alohida shaxs hayotidagi rolini tushunish;
-fuqarolarning o‘sib borayotgan talablarini qondirish uchun iqtisodiy bazaning ahamiyati;
-moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratuvchi mehnat kishilariga hurmat;
-ijodiy mehnatga bo‘lgan qobiliyatini rivojlantirish;
-zamonaviy ishlab chiqarishning umumiy asoslarini tushunish;
-iqtisodiy bilimlarni egallash;
-umumiy madaniyat, mehnatni ilmiy tashkil etish;
-mehnat faoliyatiga shaxsiy va ijtimoiy qarashlarni qo‘shib olib borish;
-jamiyat mulki va tabiat boyliklariga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish;
-xo‘jasizlik, ma’suliyatsizlik, boqimandalik, tekinxo‘rlik ko‘rinishlariga murosasiz munosabatda bo‘lish.
Tarbiyaning hayot, mehnat bilan aloqasi prinsipi quyidagi shartlarga rioya qilib amalga oshiriladi:
-ijtimoiy, iqtisodiy va mehnat tarbiyasida mavhumlik va aqidaparastlilikni bartaraf etish;
-tarbiyalanuvchilarning faoliyatining turli ko‘rinishlarida (shu jumladan, kanikul davridagi ishlarni qo‘shgan holda) ishtirok etish xohishlarini qo‘llab quvvatlash;
-tarbiyaviy ishlarda mahalliy o‘lkashunoslik materiallaridan foydalanish;
-qabul qilinayotgan qarorlarga mas’ullik hissini o‘rgatish;
-ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda bo‘layotgan o‘zgarishlarga muvofiq tarbiyaning mazmuni, metodi, vosita va shakllarini yangilash.
Tarbiyaviy jarayonni shunday tashkil etish kerakki, tarbiyalanuvchilar o‘z mehnatlarining kishilar jamiyat uchun zarurligini ularga manfaat keltirishni sezsinlar.
Foydali ishlarga tayanish. Tarbiyada foydali ishga tayanish kishidagi ijobiy hislatlarni va shu asosda yetarlicha shakllanmagan yoki salbiy shakllangan sifatlarni zarur daraja va uyg‘unlikda aniqlashni ko‘zda tutadi.
Prinsipni amalga oshirish quyidagi qoidalarga asoslanadi:
-tarbiyaviy jarayonda adovat, tarbiyalovchining tarbiyalanuvchi kurashi kuch va pozitsiyalarini qarama-qarshi qo‘yish mumkin emas;
-ijobiy natijalar tarbiyalanuvchi taqdirida tarbiyalovchining hamkorlik, toqat va manfaat ko‘ruvchi sifatida ishtirok etish imkoniyatini beradi;
-tarbiyalanuvchining axloqida yuzaga kelgan kamchiliklarga diqqatni qaratmaslik, ijobiylarini aniqlash va qo‘llab quvvatlash zarur;
o‘quv yurtida ijobiy tarbiyaviy muxit, ruxiy-psixologik iqlim yuzaga keltirish, saramjon-sarishtalik , tozalikni saqlash zarur;
tarbiyalanuvchilarni yuqori natijalarga erishish imkoniyati mavjudligiga ishonch xosil qilish.
Tarbiyani insonparvarlashtirish.
Bu prinspga qo‘yiladigan asosiy talablar:
-tarbiyalanuvchi shaxsiga insoniy munosabat;
-uning xuquqi va erkinligini hurmat qilish;
-tarbiyalanuvchiga kuchi yetadigan va oqilona shakllantirilgan talablarni qo‘yish;
-tarbiyalanuvchining xolatini xatto u taqdim etilgan talablarni bajarishidan bosh tortgan paytda xam tushunish;
-kishining o‘zi bilan o‘zi bo‘lish xuquqini hurmat qilish;
-tarbiyalanuvchilar ongiga tarbiyaning maqsad va vazifalarini yetkazish;
-talab etilayotgan sifatlarni majburiy shakllantirmaslik;
-shaxsning or-nomus va qadr-qimmatini kamsituvchi jazoga yo‘l qo‘ymaslik;
-ma’lum sabablar bilan shaxsning xaqligiga zid keluvchi sifatlarni shakllanishini uning tomonidan to‘liq rad etilish xuquqini tan olish.
Tarbiyaviy jarayonning insonparvarlashtirilishi uning demokratlashtirilishi bilan bevosita bog‘langan. Demokratlashtirish, dastavval tarbiyaviy tizimning barcha bosqichlarini uslib va metodlarida ko‘rinadi. Shu ma’noda demokratlash avtoritarizmning aksidir.
Shaxsiy yondoshish. Bunday yondoshish tarbiyalanuvchilarning shaxsiy sifatlariga tayanishni ko‘zlaydi va tarbiyachidan quyidagilarni talab etadi:
-shaxsning individual xususiyatlarini (xarakteri, mijozi(temperamenti), qarashlari, odatlari va b.) muntazam o‘rganish va yaxshi bilish;
-moxirona tashxislash va shaxsiy sifatlarning real shakllanganlik darajasini bilish;
-tarbiyalanuvchini shaxsning rivojlanishini ta’minlovchi murakkablashib boradigan faoliyatga tortish;
-shaxsning aktivligiga tayanish;
-shaxsni tarbiyalashdan o‘z-o‘zini tarbiyalashga o‘tish, maqsadni, mazmuni, metodlarni o‘z –o‘zini tarbiyalashning shakllarini belgilash maxoratini xosil qilish;
-faoliyatning muvaffaqiyatga olib keluvchi mustaqillik, tashabbus, tarbiyalanuvchilarning tashabbuskorligini, moxirona tashkil etish va yo‘naltirishni rivojlantirish.
Tarbiyaviy ta’sirning birligi. Bu prinsp tarbiyaga daxldor bo‘lgan barcha shaxslar, tashkilotlar, ijtimoiy institutlar, pedagogik ta’sirni o‘zaro to‘ldirgan xolda, birlashib xarakat qilishlari tarbiyalanuvchilarga kelishilgan holda talablar qo‘yishlari, bir-birlari yordam berishlari talab etiladi.
Prinsipni amalga oshirishnig asosiy qoidalari:
-tarbiyachilar tomonidan tarbiyaviy ta’sir etishning boshqa soxalarini xisobga olib borish;
-o‘quvchilarning oilasi bilan aloqada bo‘lish, tarbiyaviy vazifalarni xal etishda unga tayanish, tarbiyaviy xarakatlarni kelishib olish;
-tarbiyachining o‘zi tarbiyalangan bo‘lishi kerak (o‘z tarbiyalanuvchilariga singdirilishi lozim bo‘lgan sifatlarga ega bo‘lish);
-tarbiyachining tarbiyaviy jarayondagi boshqa su’ektlarbilan xamkorligida birlashtiruvchi(ayiruvchi emas) omilga tayanish;
-o‘z xamkasblari, jamoasi, ijtimoiy tashkilotlar va boshqalarning ma’qul talablarining tarbiyachi tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi;
-tarbiyaviy ta’sir etishda an’anaviylik, tarbiyaviy jarayonda muntazamlik;
-tarbiyaviy jarayonning barcha sub’ektlari orasida aloqalarni o‘rnatish.
Tarbiya jarayonining mazmuni
Tarbiya jarayonining mazmuni-bu bilimlar, e’tiqodlar, ko‘nikmalar, sifatlar, shaxs qiyofasi, axloqning barqaror odatlari sistemasi bo‘lib, tarbiyalanuvchilar qo‘yilgan maqsad va vazifalarga muvofiq ularni egallab olishlari zarur.
Tarbiyaning asosiy g‘oyalari:
1.Tarbiya maqsadlari realizmi.
2.Tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning birgalikdagi faoliyati.
3.O‘z yo‘lini belgilab olish.
4.Tarbiyachining shaxsiy yo‘nalganligi.
5.Ixtiyoriylik.
6.Jamoviylikka yo‘nalganlik.
Uyushgan tarbiya insonni hayotdagi uchta asosiy rolga-fuqorolikka, xodimlikka va oilaparvarlikka tayyorlash lozim.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling