M. X. Baybayeva Nizomiy nomidagi tdpu "Pedagogika" kafedrasi
-MAVZU: Ta’lim muassasasi tarbiyaviy tizimida guruh rahbari
Download 0.96 Mb.
|
2-курс ТИМ МАЖМУА 2022-2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
- “Inson qalbiga yo‘l avvalo ta’lim–tarbiyadan boshlanadi. Dunyo imoratlari ichida eng sharaflisi maktab bo‘lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o‘qituvchilik va murabbiylikdir” 9
6-MAVZU: Ta’lim muassasasi tarbiyaviy tizimida guruh rahbari.
Mavzu rejasi: 1.Guruh rahbarining faoliyatida pedagogik mahoratning tutgan o‘rni. 2.Guruh rahbarining o‘quvchilar bilan muomalasining o‘ziga xos xususiyatlari. 3.Guruh rahbari faoliyatida muomalaning ahamiyati Tayanch tushunchalar: ma’naviyat, komil inson, barkamol shaxs, shaxsiy sifatlar, kasbiy sifatlar, axloq, odob, sog‘lom avlod, ma’suliyat, tarbiyachilik kasbi, vatan, jamiyat, ezgulik, milliy ma’suliyat. Ma’naviy barkamol inson tushunchasi keng qamrovli, serqirra tushuncha. Ma’naviy barkamol inson – komil inson tushunchasi bilan hamohangdir. Ayni vaqtda ma’naviy barkamol inson tushunchasi sog‘lom avlod tushunchasi bilan ham bog‘lanib ketadi. Ilmiy adabiyotlarda bu tushunchalar alohida-alohida ishlatilsa-da, mohiyatdan ularning hammasi inson axloqi va odobini, ularda shakllangan barcha ijobiy hislatlarni, ularning insonlarga, jamiyatga va Vatanga bo‘lgan munosabatlaridan tortib, toki oilaga, ota-onaga va boshqalarga munosabatlarining barcha qirralarini qamrab oladi. Mustaqillikka erishib, ma’naviyat va ma’rifat masalalariga birinchi darajali ahamiyat berishimiz, mustaqillikni mustahkamlash vazifalari, tarbiya sohasida sog‘lom avlod, ma’naviy barkamol inson, komil inson kabi tushunchalarga izoh berishni, ularning mohiyatini ochib berishni taqozo etmoqda. Yuqorida aytganimizdek, ular mohiyati birday tushunchalar Insonni to‘g‘rilikka, halollikka, poklikka, vatanparvarlik va insonparvarlikka, ezgulikka va qo‘yinki, yuksak axloqlilikka yo‘llash bu tushunchalarning mohiyati va mazmunini tashkil etadi. Hozirgi kunda bu masalalarga birinchi darajali ahamiyat berishimizning boisi imoni, etiqodi va axloqi – qo‘yingchi, madaniyati kuchli, milliy mas’uliyat tuyg‘usi qalbida chuqur iz otgan, ma’naviy barkamol fuqarolarga ega mamlakatgina mustaqil va barqaror rivojlana oladi. Buyuk kelajak ma’naviy barkamol insonlarga tayangandagina yaratiladi, qad ko‘taradi. Boshqacha aytganda, ma’naviy barkamol insonlargina buyuk kelajakni yarata oladilar. Shuning uchun ma’naviy barkamol insonni, sog‘lom avlodni tarbiyalash muhim va dolzarb masala. Bu masalada yurtboshimizning quyidagi so‘zlari ibratlidir: «Biz sog‘lom avlodni tarbiyalab, voyaga yetkazishimiz kerak. Sog‘lom kishi deganda faqat jismoniy sog‘lomlikni emas, balki Sharqona axloq-odob va umumbashariy g‘oyalar ruhida kamol topgan insonni tushunamiz». Bu fikrlardan ko‘rinib turibdiki, Sharqona odob-axloq va umumbashariy g‘oyalarni ongiga singdirib olgan kishi yuksak ma’naviyatli, ya’ni ma’naviy barkamol inson hisoblanadi. Ma’naviy barkamollik insonning dunyoqarashi, e’tiqodi, ruhiyati, xulq-atvor normalari, axloq-odobi bilan bevosita aloqadorligi bilan ajralib turadi. Ma’naviy barkamol kishilar xalq taqdiri va farovonligi, vatan taqdiri va uning ravnaqini o‘ylaydilar. Ular mutelikda, qaramlikda yashashni istamaydilar. Sog‘lom avlod – deganda biz faqatgina jismonan baquvvat farzandlarimizni emas, balki ma’naviy boy avlodni, aqliy rivojlangan, axloqiy pok, ma’rifatli farzandlarni, avlodni tushunmog‘imiz kerak. Bunday kishilar o‘zlarida xalqimizning eng ardoqli fazilatlari – imon va insof, mehr-oqibat, shafqat va rahmdillilik, uyat va andisha, or-nomus, o‘zaro hurmat, yuksak Vatanparvarlik, eliga va xalqiga sadoqat kabi qadriyatlarni va g‘oyalarni mujassamlashtirgan bo‘lishlari lozim. Prezidentimiz erkin fuqaro, ozod shaxs, barkamol inson haqida gapirib, quyidagi to‘rt jihatga e’tiborni qaratdi, ya’ni har bir fuqaro: - o‘z haq-huquqini taniydigan bo‘lsin, buning uchun kurashsin; - o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan bo‘lsin, imkoniyatlarini ishga solib, samarasini ko‘rsin; - atrofida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bildira olsin; - shaxsiy manfaatini mamlakat va xalq manfaati bilan uyg‘un holda ko‘rib, faoliyat yuritsin. Barkamol avlod tarbiyasi mamlakatimizda avvalo o‘qituvchilar zimmasiga yuklatilgan eng olijanob vazifadir. Komil inson, o‘qituvchining mashaqqatli mehnati namunasidir. “Inson qalbiga yo‘l avvalo ta’lim–tarbiyadan boshlanadi. Dunyo imoratlari ichida eng sharaflisi maktab bo‘lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o‘qituvchilik va murabbiylikdir”9 deb ta’kidlaydi I.A.Karimov. Bo‘lg‘usi tarbiyachilarda pedagogik mahorati doimiy rivojlanib turadigan, jamiyat talablaridan kelib chiqib, to‘ldirilib boriladigan bir butun tizimga ega. Uning bir-biri bilan bog‘liq quyidagi tarkibiy qismlari o‘qituvchining tarbiyaviy faoliyatida muhim yo‘nalishlar bo‘lib doimo, mazmunan boyitilib boriladi: Guruh rahbarining tarbiyaviy ishlar jarayonida zarur bo‘lgan shaxsiy va kasbiy sifatlar majmuasi: Shaxsiy sifatlar: Bilimlar: Ko‘nikma va malakalar Tashkilotchilik Kommunikativ Gnostik Amaliy Pedagogik mahorat Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling