M. X. Baybayeva Nizomiy nomidagi tdpu "Pedagogika" kafedrasi


O‘quvchining huquq va burchlari


Download 0.96 Mb.
bet44/107
Sana06.04.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1333271
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   107
Bog'liq
2-курс ТИМ МАЖМУА 2022-2023

O‘quvchining huquq va burchlari

  • O‘quvchi – jamiyatimizning kelajagi, kelgusi ishlari-mizning davomchisi - vorisi, merosimiz egasi. O‘quvchi « har bir o‘quvchi uchun yagona talab»ni qasamiyod sifatida qabul qiladi va bajaradi.

  • Bilim yurtining o‘ziga xos qoidalariga, ichki tartibiga bo‘ysunadi va ularga amal qiladi hamda bajarilishida faol qatnashadi.

  • O‘quvchining xuquq va burchi konun bilan himoya qilinadi.

  • O‘quvchi hamma turdagi talim – tarbiya majmuidan foydalanadi.

  • O‘quvchi bilim yurti ra hbarlari, xodimlari, guru h ra hbarlari, fan o‘qituvchilariga ongli ravishda bo‘ysunadi va ular tomonidan berilgan topshiriqlarni so‘ssiz bajaradi.

O‘quvchilar uchun bilim yurti rahbariyati hamda fan o‘qituvchilari tomonidan tashkil etilgan darsdan tashqari turli tarbiyaviy tadbirlarda faol ishtirok etishlari uchun maruza hamda amaliy laboratoriya xonalari, kutubxonalar shuningdek o‘quv binolaridagi barcha jihozlardan bepul foydalanishlari uchun hamma sharoit va imkoniyatlar yaratilgan.
-O‘quvchi bilim yurti mulkini, barcha jihozlarni ko‘z qorachig‘iday ehtiyot qiladi, sanitariya gigiena qoidalariga to‘la rioya qiladi, jamoat hamda o‘z-o‘zini boshqarish ishlarida, bilim yurti matbuoti, yoshlar tashkilotlari ishida faol qatnashadi.
- O‘quvchi bilim yurtida o‘tkaziladigan tur va musobaqa, kecha, mushoira, uchrashuv, ko‘rgazmalar, fan haftaliklari, anjumanlar, bellashuv va festivallarda o‘z guruhi, bilim yurti va shaxsan o‘z sharafini himoya qilishi, anjumanlarda, kengashlarda ishtirok etishi, o‘quvchilar o‘z-o‘zini boshqarish tashkilotlariga saylash va saylanishi, viloyatlar tumanlar bilim yurtlari o‘quvchilari bilan aloqa o‘rnatishi, namunali hulqi uchun rag‘batlantirilishi va mukofatlanishi, bilim yurtini bitirgach o‘z ho hishiga ko‘ra ishga joylanishi kabi xuquqlarga ega.
-O‘quvchi o‘zini ona Vatanini sevishi,oilaviy muammolarni o‘rganib borishi, davlat madhiyasi , gerbi va bayrog‘ini hurmat qilishi, o‘z bilim yurti, o‘qituvchi – tarbiyachilaridan fahrlanish, his – tuyg‘usini diliga jo qilishi va ularga sodiq qolishi, o‘zida do‘stlik, o‘rtoqlik, birodarlik, ona Vatanga, o‘z xalqiga mehr-muhabbat, sadoqat kabi tuyg‘ularni tarbiyalab borishi, o‘z madaniy saviyasini oshirib borishi lozim.
- O‘quvchi o‘z ota-onasini, qarindosh urug‘larini, guruh rahbari, o‘qituvchi - murabbiylari, guruhdoshlarini, hamqishloqlarini hurmat qilishi, qadrlashi lozim. Ular bilan uchrashganda eng yaxshi tilak-istak bildirib ochiq che hra bilan, madaniyat bilan ularni hurmatini joyiga qo‘yishi kerak.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling